Get Mystery Box with random crypto!

Elektron kutubxona

Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona E
Kanaldagi mavzular:
Koʻrilma
Telegram kanalining logotibi e_kutubxona — Elektron kutubxona
Kanaldagi mavzular:
Koʻrilma
Kanal manzili: @e_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38.36K
Kanalning ta’rifi

O'qi va ko'taril!
Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK
Kitob almashish guruhi: t.me/ Tj96NSH4NrMyZDgy
Murojaat uchun: @kutubxonachibot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2023-04-08 05:14:38 Kitob mutolaasi haqida (davomi)

Inson tarbiyasiga emas, tabiatiga amal qildi deguncha, bolaga aylanadi va buyumlarni o‘ynay boshlaydi. Shunda non yerosti yo‘li qazilgan toqqa, ko‘rpa esa g‘orga yoki qor bosgan dalaga aylanadi. Shunday bolalarga xos soddalikdan va bu o‘yinchi dahodan ikkinchi turdagi kitobxonga nimadir yuqadi. Bu o‘quvchi asar mazmuni yoki shaklini qanchalik qadrlasa, uning haqiqiy, yanada muhimroq qadr-qimmatini ham shunchalik yuqori baholaydi. Bu kitobxon bolalarga o‘xshab, har bir narsaning ehtimol o‘n yoki yuz mazmun-mohiyati, ahamiyati va qadr-qimmati borligini yaxshi biladi. Mazkur o‘quvchi, masalan, yozuvchi yoki faylasufning voqea, hodisalar, narsalarga nisbatan o‘z bahosini o‘z-o‘ziga yoxud kitobxonga majburan qabul qildirishga urinayotganini kuzata borib, jilmayib qo‘yishi hamda muallifning erkinligi va asossizligi bo‘lib ko‘rinayotgan narsa aslida sustkashlik va majburlashdan boshqa narsa emasligini payqab olishi mumkin. Bu kitobxon professor-adabiyotshunoslar va adabiyot munaqqidlariga ko‘pincha butunlay noma’lumligicha qoladigan jihatni: mazmun va shaklning erkin tanlovi degan tuturiqsiz gapning mutlaqo mavjud emasligini ham yaxshi biladi. Ya’ni, adabiyot tarixchisi, Shiller falon yili falon syujetni tanlab olib, uni besh bo‘g‘inli yamb (vazn) orqali ifodalashga ahd qilgan, deydi. Kitobxon esa na syujet, na yamb shoirning erkin tanloviga sabab emasligini, unga rohat bag‘ishlagan yagona narsa – shoir syujetni nima qilishi emas, balki syujet shoir bilan nimalar qilganini ko‘rish istagidir.
Shu xildagi fikrga kelganda, estetik deb ataladigan qadriyatlar deyarli butunlay o‘z qimmatini yo‘qotadi va aynan har qanday xato, kamchilik va nomukammalliklar ulkan jozibadorlik kasb etishi mumkin. Chunki bunday kitobxon yozuvchi ketidan izvoshchiga ergashgan otga o‘xshab emas, balki o‘ljaning iziga tushgan ovchidek boradi va poetik erkinlik bo‘lib ko‘rinayotgan narsa tomon nogoh tashlangan nazar, shoirning sustligi va zo‘rakiligini payqagan nigoh, soz texnika hamda nafis so‘z san’atining barcha go‘zalliklaridan ham ko‘ra ko‘proq zavq-shavq, shodlikka noil bo‘lmog‘i mumkin.

- Hermann HESSE

@e_kutubxona
1.7K views02:14
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:16:43
Turk tili tez va Oson
Hamma magistratura va doktorantura uchun sertifikatli bölayotgan bir paytda siz haliyam öylab ötiribsizmi?
İkkilanmang, biz bilan 2-tilni mukammal örganib sertifikatga ega böling!

Bizning darslarimizda:
-Siz A1 dan B2 darajaga qadar Turk tilini örganib borasiz;

-Har bir bölimdan söng ichki imtihondan ötasiz;

-Siz bilan A2 daraja bosqichidan boshlab öqish, yozish, tinglash va sözlashuv qobiliyatlari ustida ishlanadi. Bunday usul hozirda deyarli hech kimda yöq. Agar qattiq harakat qilsangiz tezroq natija olishingiz mumkin;

-Darslar haftada 4 marotaba bölib ötadi. 3kun dars + 1kun suhbat klubi quriladi. Ya’ni siz Turk tilida tezroq sözlasha boshlaysiz;

-Darslar tanlovingizga köra guruh (250ming) yoki individual tarzda (2ta odam olinadi 500ming) tashkil etiladi.

Öqituvchi Turk tilidan C1 darajadagi 2ta sertifikatga ega

darsga yoziling, guruh ochildi @pray_always

Kanal: @turkdili_online1
433 views12:16
Ochish/sharhlash
2023-04-07 06:00:01 "Fozil odamlar shahri"
Abu Nasr Farobiy
5.1 MB
PDF
100 sahifa

@e_kutubxona
1.7K views03:00
Ochish/sharhlash
2023-04-06 06:40:31 #Kitob_koʻrgazmasi

6-7-aprel kunlari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Hazrati Imom majmuasi maydonida ochiq osmon ostida “Kitob - kamolot kaliti” xalqaro ilmiy-ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasi va savdosi o‘tkaziladi.

Ramazon oyi munosabati bilan o‘tkaziladigan ushbu ko‘rgazmada yurtimizdagi va xorijdagi 30 dan ortiq nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob do‘konlari ishtirok etishadi.

Shuningdek, taniqli yozuvchilar bilan ma’rifiy suhbat, mashhur adiblar bilan uchrashuv, xattotlik bo‘yicha mahorat darslari hamda tarixiy fotosuratlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.

Kitoblar ko‘rgazmasida barchangizni kutib qolamiz!

6-7-aprel, 10:00 - 21:00
Manzil: Toshkent shahar, Hazrati Imom majmuasi

@e_kutubxona
2.2K viewsedited  03:40
Ochish/sharhlash
2023-04-05 16:09:15 #Oy_tavsiyalari
Aprel oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari

• Diniy-ma'rifiy:
"Kimyoi saodat" (Abu Homid G'azzoliy)

• Jahon adabiyoti:
"Jeyn Eyr" (Sharlotta Bronte)

O‘zbek adabiyoti:
"Halqa" (Akrom Malik)

• Biografik:
"Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan" (Dunkan Klark)

• Shaxsiy rivojlanish:
"Savdogarlar ustozi" (Ahadquli Holmuhammad O‘g‘li)

Mumtoz:
"Fozil odamlar shahri" (Abu Nasr Farobiy)

• Tarix:
"Buyuk Temur" (Yevgeniy Berezikov)

• Ilmiy-ommabop:
"G'oyam" (Najmiddin Erbaqon)

@e_kutubxona
2.5K views13:09
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:45:21 Kitob mutolaasi haqida (davomi)

Kitobxonlarning uch turi: SODDA KITOBXON

Har qanday kishi ham atrofidagi odamlarni yoshligida o‘zi uchun muhim xarakterlar bilan o‘zaro o‘xshashligiga qarab, ko‘pincha g‘ayrishuuriy bir tarzda guruhlarga bo‘lib chiqishi tabiiy. Bunday bo‘linishlar, qanchalik jozibali va yoqimli bo‘lmasin, sof shaxsiy tajribaga yoki qandaydir ilmiy tipologiyaga asoslanishidan qat’i nazar, har qanday odamda ham har qaysi turga xos xususiyat, belgilar va o‘ta qarama-qarshi xarakterlar hamda mizojlar, bir-biri bilan o‘zaro almashinib turadigan holatlar yanglig‘, har bir alohida shaxsda uchrashi mumkinligini ta’kidlab, tajribaning yangi kesimini belgilab olish ba’zan o‘rinli va samarali bo‘lishi mumkin.

Shunday qilib, men quyida kitobxonlarning uch turi yoki boshqacha qilib aytganda, uch darajasi xususida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Albatta, bu bilan kamina kitobxonlarning butun dunyosi uzil-kesil mana shu uch toifaga bo‘linadi, demoqchi emasman. Zero, har birimiz o‘z shaxsiy hayotimizning turli davrlarida goh u, goh bu guruhlarga mansub bo‘lishimizga to‘g‘ri kelishini ham unutmasligimiz lozim.
Shunga ko‘ra, eng avvalo, sodda kitobxonni olib ko‘raylik. Har birimiz ham dam-badam ana shunday o‘quvchi qiyofasida namoyon bo‘lib turamiz. Bunday kitobxonlar – hindular haqidagi kitobchani o‘qiyotgan bolakay yo graf ayol hayoti to‘g‘risida hikoya qiluvchi romanni mutolaa qilayotgan oqsoch yoki Shopenhauerni o‘rganishga kirishgan talaba – barchasi, ovqatni paqqos tushiradigan sertomoq xo‘randa singari, kitobni yutib yuboradi. Bunday o‘quvchining kitobga munosabatini bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga munosabatidek, deb bo‘lmaydi, balki aksincha, ot suliga yoki izvoshchiga qanday qarasa, xuddi shunday deyish mumkin. Kitob yetaklaydi, kitobxon esa unga ergashadi. Kitob syujeti xolisona, beg‘araz voqelik sifatida idrok qilinadi. Syujetning o‘zi bo‘lsa koshkiydi! Badiiy adabiyotning tuppa-tuzuk bilimga ega ashaddiy o‘quvchilari ham borki, ular butkul sodda kitobxon sinfiga mansubdir. Garchi ular syujetning o‘zi bilangina kifoyalanib qolmasalar-da, romanda qancha aza yoki qancha to‘y tasvir etilganiga qarab baho bermaydilar, shu bilan birga, muallifning o‘zini tushunib, kitobning estetik mohiyatini xolisona qabul qiladilar. Ular asar muallifining barcha zavq-shavq, quvonchiga va ilhomiga sherikdirlar, uning dunyoqarashiga butkul qo‘shilib, muallifning tasavvur mahsulini, turlicha ma’no berish holatlarini hech bir e’tirozsiz qabul qiladilar. Oddiy odamlarni asar syujeti, undagi vaziyat, voqea va harakatlar qiziqtirsa, o‘tkir aql sohiblari uchun esa muallif mahorati, tili, bilimi, ma’naviy saviyasi muhim. Ular buning barchasini qandaydir xolisona voqelik sifatida – adabiyotning so‘nggi va eng yuksak boyligi sifatida – Karl May muxlisi bo‘lmish navqiron o‘quvchi “Eski paypoq” asaridagi voqealarni mavjud voqelik deb qanday idrok etsa, xuddi shunday tushunadilar.
Bunday sodda kitobxon, mutolaaga munosabatiga ko‘ra, umuman, shaxs hisoblanmaydi, balki o‘zi bilan o‘zi andarmon o‘quvchi, xolos. U romandagi voqealarning keskinligiga, xavf-xatarga to‘la sarguzashtlariga, ishqiy lavhalarga boyligiga, tasvirning dabdabali yoki ojizligiga qarab baholaydi yoki buning o‘rniga, muallifning o‘zigagina baho berib qo‘yaqoladi, ya’ni uning muvaffaqiyatlarini shunday andaza bilan o‘lchaydiki, bu me’yor oxir-oqibatda doimiy odatga aylanadi. Bunday o‘quvchi kitob, umuman, his qilib, tushunib o‘qish va mazmuni yoki shakliga munosib baho berish uchungina yaratilgan deb o‘ylaydi, bunga shak-shubha qilmaydi. Ya’ni, kitob – non yoki ko‘rpa-to‘shakka o‘xshagan narsa, deb hisoblaydi.
Biroq dunyodagi mavjud barcha narsalarga nisbatan bo‘lganidek, kitobga ham o‘zgacha munosabat joiz.

- Hermann HESSE

@e_kutubxona
2.4K views10:45
Ochish/sharhlash
2023-04-04 10:05:02 "Kimyoi saodat"
Abu Homid G‘azzoliy
1.5 MB
PDF
233 sahifa

Asrlar davomida "Hujjatul Islom" deb ulug'lanib kelayotgan muallifning ko'p qismdan iborat, g'oyat keng qamrovli mashhur "Ihyou ulmiddin" asarining muxtasar mazmuni o'laroq yaratilgan ushbu kitobda o'sha jarayonda insonning abadiy barhayot ruxi, unga asosiy ko'makchi bo'lmish akdi qanday ishtirok etishi ishonchli misollar yordamida ko'rsagib berilgan. Ular tanadagi har bir a'zoni, his-tuyg'u va sezgini qay tariqa boshqarishi qiziqarli dalillar bilan isbotlanib, odamlar orasidagi munosabatlar zamirida ayni shu omillar yotishi xususida bizning ongu shuurimiz, tafakkurimizga kuchli ozuvqa berguchi g'oyat teran, keng mulohaza yuritilgan.

@e_kutubxona
2.1K views07:05
Ochish/sharhlash
2023-04-03 09:13:16
Bunaqa xalq bilan qo‘ylar singari muomala qilib bo‘lmaydi!

- Abdulqodir Samarqandiy

@e_kutubxona
553 views06:13
Ochish/sharhlash
2023-04-02 07:43:32
Kitob mutolaasi haqida (davomi)

Agar har bir o‘qilgan kitob quvonch va alam, shijoat hamda ruhiy tazarru olib kelmasa, jahon adabiyoti tarixini bilishdan ma’no yo‘q. Fikr-mulohaza qilmasdan o‘qish – xushmanzara tabiat qo‘ynida ko‘zni bog‘lab yurmoq demak. Biz o‘zimizni va turmushimizni unutish uchun emas, balki hayot jilovini yanada ongliroq ravishda anglash uchun o‘qishimiz kerak. Kitobga dimog‘dor o‘qituvchiga qaragan qo‘rqoq o‘quvchi singari emas, balki eng baland cho‘qqini zabt etmoqqa shaylangan shiddatkor alpinist kabi yondashmoq talab etiladi.

- Hermann HESSE

@e_kutubxona
2.1K views04:43
Ochish/sharhlash
2023-04-01 17:18:52 #Hikoya

Anton Chexov. "GO‘L" (hikoya)

   Ancha bo‘ldi...xonamga bolalarimning murabbiyasi Yuliya Vasilyevnani maoshini berish uchun chaqirdim:
- Yuliya, o‘tir! Hisob-kitob qilaylik. Bilib turibman, pulga ehtiyojing bor. Ammo xijolat bo‘lib o‘z haqingni ham so‘ray olmayapsan.
  Xo‘o‘p, sen bilan ish boshlashdan oldin bir oyda o‘ttiz rubl maosh olishingni belgilab olgan edik. To‘g‘rimi?
- Qirq rubl...
- Yo‘q! O‘ttiz rubl. Men daftarimga yozib qo‘yibman. Murabbiyalarga doimo o‘ttiz rubl beraman. Ikki oy ishlabsan.
- Ikki oy-u besh kun...
- Ikki oy ishlagansan. Aniq. Menda yozig‘liq turibdi. Demak oltmish rubl bo‘ladi. O‘nta yakshanbani chiqarib tashlaymiz. Yakshanbada dars bermagansan. Faqat bolalar bilan sayr qilgansan. Uch kun bayram bo‘lgan uni ham chiqarib tashlaymiz.
  Uning yuzlari qizarib qo‘li bilan kuylagi popuklarini behuda g‘ijimlay boshladi. Bir og‘iz ham gapirmadi. Davom etdim..
- Demak uch kun bayramni chiqarib tashlaymiz. Hammasi o‘n ikki rubl bo‘ladi. Kolya to‘rt kun bemor bo‘ldi. Faqatgina Varyaga dars bergansan. Uch kun tishing og‘rigan. Xotinim tushdan so‘ng senga javob bergan. Demak o‘n ikkiga yettini qo‘shsak o‘n to‘qqiz bo‘ladi. Ayirib tashlasak qirq bir rubl qoladi. Shundaymi?
  Yuliya Vasilyevnaning chap ko‘zi qizarib yoshga to‘ldi. Iyaklari titrab yo‘taldi va yutindi. Ammo bir og‘iz ham gapirmadi. Men davom etdim:
- Yangi yildan oldin bitta piyola va tovoqni sindirgan ekansan. Bunga ikki rubl chiqarib tashlaymiz. Piyola bundan qimmatroq turadi. U bizga meros qolgan. Ammo yaratgan seni kechirsin. O‘rniga boshqasini olaqolamiz. Sening e’tiborsizliging tufayli Kolya daraxtga chiqqan va pidjakini yirtgan. Sening aybing bilan Varyaning oyoq kiyimini xizmatkor o‘g‘irlagan. Sen hamma narsaga e’tibor berishing lozim edi. Shunday qilib yana besh rubl chiqaramiz. O‘ninchi yanvarda mendan o‘n rubl olgansan.
  Yuliya Vasilyevna pichirladi:
- Olmaganman!
Men:
- Olgansan. Daftarimda yozilgan turibdi.
- Xo‘p. Shunday bo‘la qolsin.
Davom etdim...
- Qirq birdan yigirma yettini ayiramiz. O‘n to‘rt rubl qoladi.
  Uning ko‘zlari yoshga to‘ldi. Uzun va chiroyli burunlari ustida ter ko‘rindi. Bechora qiz! U titroq ovozda dedi:
- Bir marta olganman. Bir marta uch rubl olganman. Boshqa olganim yo‘q!
Men:
- To‘g‘ri aytding. Men shuni yozmagan ekanman. O‘n to‘rtdan uchni ayirsak o‘n bir qoladi. Mana pullaring azizam. Uch...uch... uch va bir...bir...
  Unga o‘n bir rubl berdim. U qo‘llari qaltirab pulni olib cho‘ntagiga soldi va "rahmat" dedi.
    Men asabiylashib xonada uyoqdan buyoqqa borib kela boshladim. Gʻazabim chiqdi:
- "Rahmat"?! Nega rahmat?
- Pul uchun.
- Jin ursin! Axir men seni taladim-ku! Tortib oldim-ku haqingni, o‘g‘irladim-ku! Sen nega rahmat deyapsan?!
U dedi:
- Boshqa joylarda menga hech narsa berishmagan.
- Hech narsa berishmagan?! Sen indamaganmisan? Men sen bilan hazillashdim. Senga qattiq dars berdim. Senga hamma pulingni beraman. Mana bu konvertda turibdi. Ammo sen shu darajada  ham ojiz bo‘lasanmi?! Nima uchun hujjatlashmaysan? Nega sukut saqlaysan? Bu dunyoda tirnoqlaring o‘tkir bo‘lmasligi mumkinmi? Shu darajada go‘l bo‘lish mumkinmi?
  U ojizona tabassum qilib: "Mumkin", dedi.
Undan qattiq sabog‘im uchun kechirim so‘rab sakson rublni berdim. U xijolat bo‘lib "rahmat" , deb chiqib ketdi. Men uning ortidan qarab fikr qildim:
  "Bu dunyoda zaif bo‘lmoq qanchalar jirkanch!".

@e_kutubxona
1.7K views14:18
Ochish/sharhlash