Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi D
Kanaldagi mavzular:
Расман
Qabul
Abituriyentlar
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi
Kanaldagi mavzular:
Расман
Qabul
Abituriyentlar
Abituriyent
Kanal manzili: @dtmuz_info
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.57K
Kanalning ta’rifi

Bilim va malakalarni baholash agentligi norasmiy telegram kanali!
✯︎Ta'limdagi eng so'ngi yangiliklar!
✯︎Ta'limga doir savollarga javoblar!
«Abituriyentlarga omad yor bo'lsin!»
📊Reklama |

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-03-06 21:54:13
Qanday qilib Yaponiya Xalqaro Universitetida Grant asosida oʻqib, yiliga $30000 maoshlik ishga ega boʻlish mumkin ?

Ushbu savolga bizni 7-mart kuni boʻlib oʻtadigan vebinarimiz orqali javob topishingiz mumkin.

Samarqandda joylashgan JIU- universiteti, bitiruvchilarni Yaponiyada kafolatlangan $30.000 yillik maosh bilan taʼminlaydi.

Aytgancha, vebinar qatnashuvchilar uchun maxsus sovgʻalarimiz bor.

Vebinarga roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu linkni ustiga  bosing.
http://jiuuz.info/kswn
526 views18:54
Ochish/sharhlash
2023-03-05 04:48:14Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

Eslatib o'tamiz
, 2023-yil 30-aprel kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 3-apreldan 16-aprelga qadar my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi ona tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatini e'lon qildi. Ro'yxat bilan tanishing:

“Dunyoning ishlari” qissasi (O‘tkir Hoshimov).
“Ruhlar isyoni” dostoni (Erkin Vohidov).
“Qorako‘z majnun” hikoyasi (Said Ahmad).
“Hayotga muhabbat” hikoyasi (Jek London).
“Hellados” hikoyasi (Nodar Dumbadze).

Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
28 viewsedited  01:48
Ochish/sharhlash
2023-03-04 17:27:40Ertaga abituriyentlar uchun onlayn test. Yutuqqa 600.000 qo'yilgan!

Talabalar ham qatnashishi mumkin

( Agar kallada nimadir qolgan bo'lsa)

Bugun, 5-mart kuni Oliygoh.uz platformasida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 29-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Onlayn imtihon xuddi DTM standartida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

Yutuq fondi: 600.000 so'm
G'oliblar soni: 12 nafar
Imtihonda qatnashish: BEPUL

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash

Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish
474 views14:27
Ochish/sharhlash
2023-03-02 08:15:04
️Yoshlarning ko'pchiligi chetga chiqib ketmoqda. 2022-yilda 140.000 yoshlar xorijda oʻqishni tanlashgan

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 11 oyida 138,9 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida xorijga chiqqan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida oʻzbekistonlik talabalar oʻqish maqsadida eng koʻp safar qilgan davlatlar:

Qirgʻizston – 52 291 kishi
Tojikiston – 47 213 kishi
Rossiya – 13 128 kishi
Qozogʻiston – 10 646 kishi
Turkiya – 5 265 kishi
Janubiy Koreya – 4 645 kishi
AQSH – 987 kishi
Buyuk Britaniya – 971 kishi
Belarus R. – 928 kishi
Germaniya – 772 kishi

Yaqin xorij mamlakatlari oliy taʼlim muassasalari eʼlonlarida imtihonlarning nisbatan yengilligi, yoki umuman kirish imtihonlarining yoʻqligi, kontrakt narxini pastligiga alohida urgʻu beriladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan oʻquv yilida bakalavriyat yoʻnalishlariga turli shakllarda oʻqish uchun umumiy hisobda 110 mingdan ortiq kvotalar berilgan.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
603 viewsedited  05:15
Ochish/sharhlash
2023-03-02 06:59:02
Yaponiya xalqaro standartlari asosidagi zamonaviy va yangi formatdagi Japanese International University’da GRANT asosida talaba bo’lish imkoniyatini qo’ldan boy bermang.

Yaponiya Xalqaro Universiteti (JIU) o'z talabalariga qanday afzalliklarni taqdim etadi?

- Universitetning 2023-yilgi bahorgi semestiriga Grant asosida o'qishga kirish;
- Yaponiya ta’lim dasturi doirasida amaliy tajribaga ega mutaxassislardan bilim olish imkoniyati;
- 2-kursdan Yaponiyada “Study and Work” dasturi doirasida faoliyat olib borish;
- Yiliga $30,000 gacha maosh beradigan kafolatlangan ishga ega bo'lish.


Universitet o’z talabalariga quyidagi yo’nalishlarni taklif qiladi:

IT (Axborot texnologiyalari) yo‘nalishi;
Biznes boshqaruv;
Moliya;
Pedagogika;
Turizm.

Bir vaqtning o’zida JIU universiteti talabasi bo'lish hamda ta’lim, amaliyot, sayohat va yuqori maosh olish imkoniyatidan unumli foydalanish istagida bo’lsangiz quyidagi link orqali ariza qoldiring!

https://jiuuz.info/llc
665 views03:59
Ochish/sharhlash
2023-02-11 17:32:19 ️​10-11 sinf o‘quvchilariga fanlarni tanlab o‘qish imkoniyati yaratiladi

Joriy yilgi Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.

Bunda:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1–4 sinflarida o‘quvchilarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish;

5–9-sinflarda o‘quvchilarga umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar berish;

10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.

Qayd etilishicha, buning natijasida, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jamoa bo‘lib ishlash, muloqot qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari asosida o‘quvchini mantiqiy fikrlashga, o‘z fikrini ifoda eta olishiga va darslarda erkin muhitni shakllantirishga e’tibor beriladi.

10–11-sinflarda 14 ta majburiy fanlardan haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etadi. Takomillashtirilgan o‘quv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyati yaratiladi.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
584 viewsedited  14:32
Ochish/sharhlash
2023-02-11 17:29:02
Америкалика қўшма штатларда жойлашга

ГАРВАРД УНИВЕРСИТЕИ Битирувчи талабалар томонида тайёрланга ИЕЛТС АУДИО ВИДЕО китобларни Муалифлик хуқуқи асосида ЭАСЙИЕЛТС cомпанй сотиб олди

Агар сиз ИЕЛТС имтиҳонига тайёргарлик кўраётган бўлсангиз бу янгилик айнан сиз учун!

Америкада 20 000 мингдан ошиқ талабалардан синовдан ўтган Эасй ИЕЛТС аудио ва видео китоблари энди Ўзбекистонда нашр қилинди.

IELTS Academic Listening; audio
IELTS Academic Reading; video
IELTS Academic Writing; video
IELTS Academic Speaking; audio
IELTS Topic vocabulary;
IELTS Topic articles

Китобларининг барчасига эга бўлишингиз мумкин.

Маълумот ва мурожаатлар учун:

@easyieltsadmin1

Нарх 117 000
563 views14:29
Ochish/sharhlash
2023-01-31 13:01:20Oxirgi 5 oyda 25 ta xususiy oliygoh ochildi

Nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari kanaliga ko'ra, 2022-yilning 20-sentyabridan bugungi kunga qadar O‘zbekistonning 9 ta hududida jami 25 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyati litsenziyalangan.

Raqamlarni hududlar kesimida tahlil qilinganda o‘tgan 4 oy davomida faoliyati litsenziyalangan nodavlat OTMlarning eng ko‘p ulushi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda – 9 ta.

Keyingi o‘rinlarni esa Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent viloyatlari (3 tadan), Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyati (2 tadan) hamda Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm viloyati (1 tadan) egallab turibdi.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
726 views10:01
Ochish/sharhlash
2023-01-31 12:00:57
Accounts Receivable Manager

Вакансия иш тажрибаси бўлмаган битирувчилар учун тўғри келади.

Компания: Pharmbills (American outstaff company)

Локация: масофадан туриб ишлаш

Иш ҳақи: $600 (gross)

Талаблар:
инглиз тилини билиш даражаси Upper-Intermediate ва ундан юқори (ҳар куни америкалик мижозлар билан мулоқот қилиш учун юқори сўзлашув даражаси);
иш тажрибасининг бўлиши шарт эмас;
инглиз тили ва мантиқ бўйича тестни топшириш.

Илтимос, ариза берилгандан сўнг почтани ва спам-папкани текшириб кўринг. Тестлар автоматик тарзда келади.

Нима таклиф этилади:
3/12 ой босқичларида иш ҳақини қайта кўриб чиқиш имконияти;
иш кунининг 18:00 да бошланиши (full time);
онлайн ишлаш имконияти;
зарур техника билан таъминланиш;
тиббий суғурта;
халқаро тренинглар ва шахсий менторлик;
расмий ва узоқ муддатли контракт.

Мажбуриятлар:
ҳисоботлар;
молиявий маълумотлар таҳлили;
банк ҳужжатлари билан ишлаш.

Ариза бериш: http://go.academy.pharmbills.com/57vr
775 views09:00
Ochish/sharhlash
2023-01-28 20:07:02 ​​ Bitiruvchilar ID karta olishlari shart!

Bo'lmasa o'qishga kira olmaydi

Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz, deya Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yozmoqda.

Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
1.7K viewsedited  17:07
Ochish/sharhlash