Get Mystery Box with random crypto!

️Yoshlarning ko'pchiligi chetga chiqib ketmoqda. 2022-yilda 14 | Davlat Test Markazi

️Yoshlarning ko'pchiligi chetga chiqib ketmoqda. 2022-yilda 140.000 yoshlar xorijda oʻqishni tanlashgan

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 11 oyida 138,9 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida xorijga chiqqan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida oʻzbekistonlik talabalar oʻqish maqsadida eng koʻp safar qilgan davlatlar:

Qirgʻizston – 52 291 kishi
Tojikiston – 47 213 kishi
Rossiya – 13 128 kishi
Qozogʻiston – 10 646 kishi
Turkiya – 5 265 kishi
Janubiy Koreya – 4 645 kishi
AQSH – 987 kishi
Buyuk Britaniya – 971 kishi
Belarus R. – 928 kishi
Germaniya – 772 kishi

Yaqin xorij mamlakatlari oliy taʼlim muassasalari eʼlonlarida imtihonlarning nisbatan yengilligi, yoki umuman kirish imtihonlarining yoʻqligi, kontrakt narxini pastligiga alohida urgʻu beriladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan oʻquv yilida bakalavriyat yoʻnalishlariga turli shakllarda oʻqish uchun umumiy hisobda 110 mingdan ortiq kvotalar berilgan.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy