Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi D
Kanaldagi mavzular:
Расман
Qabul
Abituriyentlar
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi
Kanaldagi mavzular:
Расман
Qabul
Abituriyentlar
Abituriyent
Kanal manzili: @dtmuz_info
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.57K
Kanalning ta’rifi

Bilim va malakalarni baholash agentligi norasmiy telegram kanali!
✯︎Ta'limdagi eng so'ngi yangiliklar!
✯︎Ta'limga doir savollarga javoblar!
«Abituriyentlarga omad yor bo'lsin!»
📊Reklama |

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-08-29 08:36:55 Nodavlat va xorijiy oliygohlardan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirsa bo'ladimi? 

Ha, albatta!

Ushbu faylda oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlganlar uchun turdosh va noturdosh yoʻnalishlar roʻyxati bor. Bir guruhda boʻlsa turdosh har xil guruhlarda boʻlsa noturdosh boʻladi.

Nodavlat oliygohlardan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni ikki xil usulda koʻchirish mumkin:

. Imtihon asosida – mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchira olasiz;
. Imtihonsiz – noturdosh taʼlim yoʻnalishlariga oshirilgan kontrakt asosida oʻqishni koʻchirishingiz mumkin.



@BahoIashUz
5.4K viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2023-08-24 09:01:49
OTMlarga bu yilgi o‘rtacha o‘tish ballari malum qilindi, ballar pasaygan

Davlat granti asosida o'rtacha o'tish balli — 119,3 ball (o'tgan yili 121,2 ball bo'lgan)

To‘lov-kontrakt asosida — 93,3 ballni (o'tgan yili 95,9 ball bo'lgan) tashkil qilgan.

Bu yil 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan. Shundan 42 655 nafari davlat granti, 150 766 nafari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

@BahoIashUz
4.5K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-08-15 09:40:26
Mandat chiqmasdan turib o‘qishga kirganini qanday bilish mumkinligini yana bir bor tushuntiraman.
#abituriyent

1-qadam: avval https://mandat.uzbmb.uz saytini ochasiz;

2-qadam: "Kengaytirilgan qidiruv" degan joydan o‘zingiz tanlagan OTM hamda yo‘nalishni qidirib topasiz va “Qidirish” tugmasini bosasiz (1-rasmga qarang);

3-qadam: Shunda umumiy ro‘yxat ochiladi (2-rasmga qarang). O‘sha ro‘yxatda nechanchi o‘rinda turganingizni qidirib topasiz. O‘rinni aniqlash uchun maslahat: har bir sahifada 10 nafardan abituriyent joylashgan bo‘ladi, siz nechanchi sahifadagi nechanchi joydaligingizga qarab, o‘rningizni oson aniqlay olasiz. Masalan, 5-sahifada 3-o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak 43-o‘rindasiz (4 ta to’liq 10 va + 3);

4-qadam: keyin familiyangiz yonidagi “Batafsil” tugmasini bosib, o‘zingizning sahifangizni ochasiz (3-rasmga qarang). O‘sha yerda qaysi yo‘nalishlarga topshirganingiz va ularga nechta kvota berilgani ko‘rsatilgan bo‘ladi;

5-qadam: agar siz kvota doirasidagi o‘rinda turgan bo‘lsangiz, demak, aniq talaba bo‘ldingiz. Masalan, siz topshirgan yo‘nalishda jami 75 ta kvota berilgan, siz esa 68-o‘rinda turibsiz. Bu degani, talabalik bilan sizni tabriklasa bo‘ladi. Nega unaqaligini mana bu yerda tushutirganman:
https://t.me/xushnudbek/20711;

6-qadam: xuddi shu ishni topshirgan beshta yo‘nalishingizda tekshirib chiqishingiz mumkin.

Agar kvota doirasidan tashqarida turgan bo‘lsangiz-chi, unda hammasi tamom deganimi? Yo‘q, bunday emas. Kvotadan tashqaridagilar uchun ham yaxshi imkoniyat bor. Buni mana bu yerda batafsil tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/20711


@xushnudbek
6.2K views06:40
Ochish/sharhlash
2023-07-28 07:39:35 Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2023-2024-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

@BahoIashUz
5.3K views04:39
Ochish/sharhlash
2023-07-21 08:12:49 Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning jami soni 1 mln 18 ming 7 nafarni tashkil etdi.

Lekin bu raqam biroz kamayishi mumkin, chunki to'lovni o'z vaqtida, ya'ni 21-iyul soat 23:59 gacha amalga oshirmagan abituriyentlar bu ro'yxatdan chiqib ketadi va testga qo'yilmaydi.

Joriy yilda abituriyentlar soni o'tgan yilgiga qaraganda salkam 200 ming nafarga kamroq bo'ldi.


@BahoIashUz
5.0K views05:12
Ochish/sharhlash
2023-07-20 08:21:39 Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Bugun, 20-iyul kuni soat 23:59 da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

To’lov 1 kunga uzaytirildi, bu oxirgi muddat.

Avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar o’qish uchun to’lovni ertaga, 21-iyul soat 23:59 ga qadar to’lashlari mumkin.

@BahoIashUz
4.5K viewsedited  05:21
Ochish/sharhlash
2023-07-10 07:04:38 Shoshiling! Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlarga qabul tugayapti

Bugun 10-iyul chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlarga qabulning oxirgi kuni.

Ijodiy imtihon olinadigan OTMlar va yo‘nalishlar

Qabul bugun tugaydi degani – bu yo‘nalishga hujjat topshirayotgan abituriyentlar ertaga ma’lumotlarini tahrirlay olmaydi degani. Shuning uchun ma’lumotlarni yana bir marta tekshirib, biror narsa noto‘g‘ri bo‘lmaganiga to‘la ishonch hosil qilib oling. Agar imtihonda qatnashish uchun to‘lov qiluvchi abituriyentlar toifasiga kiradiganlar bo‘lsa, to‘lovni ham unutmang.

Safimizga qo’shiling
https://t.me/+Sp2DP1tk4XYQDiIu
4.8K viewsedited  04:04
Ochish/sharhlash
2023-07-09 20:38:56
Abituriyent ijodiy imtihonda qatnasha olmasa, nima bo‘ladi?

Ijodiy imtihon uchun har bir abituriyentga alohida sanalar belgilanadi. Agar abituriyent uzrli sabab bilan ijodiy imtihonda qatnasha olmasa, bu haqida imtihondan oldin 24 soat ichida yoki imtihon kunining o‘zida bo‘lsa ham, yozma tarzda Qabul komissiyasini ogohlantirishi kerak. Bunda uzrli sababni asoslantiruvchi hujjat ham taqdim etilishi kerak.

Shundan so‘ng qabul komissiyasi uning murojaatini o‘rganib chiqadi va asosli deb topsa, boshqa kunni ijodiy imtihon topshirishi uchun belgilab beradi.

Safimizga qo’shiling
https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEyr
3.4K viewsedited  17:38
Ochish/sharhlash
2023-06-22 07:40:35
Beshta yo‘nalishni tanlash jarayoniga oid ayrim maʼlumotlar
#abituriyent 

Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha taʼlim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud;

5 ta yo‘nalish degani, 5ta OTM degani emas. Yaʼni abituriyent albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5 ta yo‘nalishini tanlash ham mumkin;

5 ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 1 ta shart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak.

fanlar ketma-ketligi mos bo‘lsin deganda, 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak.

O’tgan yildan boshlab taʼlim shakli bir xil bo‘lishi shart emas. Yaʼni endi bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy taʼlimni tanlash mumkin.

Ijodiy (kasbiy) imtihon bor yo‘nalishlarda faqat bitta yo‘nalish tanlash mumkin, 5 tagacha yo‘nalish tanlab bo‘lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo‘nalishlarga ham taalluqli;

Magistraturada ham faqat 1 ta mutaxassislik tanlash mumkin;

5 ta yo‘nalishlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq bo‘ling. Chunki tanlangan birinchi yo‘nalish ustunlikka ega. Yaʼni siz javoblar chiqqandan keyin balim yetgan istalgan yo‘nalishni o‘zim tanlayman, deb xato o‘ylamang. Mandatdan keyin qayerda o‘qishni tanlay olmaysiz, buni hujjat topshirayotganda yaxshilab o‘ylang. Siz tanlagan ketma-ketlik bo‘yicha tizimning o‘zi qayerga kirganingizni avtomat chiqarib beradi. Javoblar chiqqach, “men ikkinchi yo‘nalishda emas, to‘rtinchisida o‘qimoqchiman” deya olmaysiz.


Iltimos, 5 ta yo‘nalish tanlayotganda o‘z imkoniyatlaringizni yaxshilab hisobga oling, o‘qishga sharoitingiz bor joyni tanlang. “Keyingi yil perevod qivolaman” degan maqsadda, garchi sharoitingiz bo‘lmasa ham, uzoq viloyatlarni tanlamang. Chunki deyarli perevod qilolmaysiz, bu aniq. Farg‘onalik bo‘lsangizu, lekin Surxondaryoda o‘qishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, unda tavakkal qilmang. Keyin qiynalib, o‘zgalardan norozi bo‘lib yurgandan foyda yo‘q.


@xushnudbek
5.6K views04:40
Ochish/sharhlash
2023-06-17 18:53:41 Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi

“2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi paramyetrlari to‘g‘risida”gi pryezidyent farmoyishi qabul qilindi

Farmoyishga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:

bakalavriat bo‘yicha kunduzgi taʼlim shakliga – 34 860 nafar;
magistratura bo‘yicha – 8 923 nafar эtib tasdiqlandi.

Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik byerilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul paramyetrlarini 2023 yil 20 iyungacha tasdiqlaydi.

Safimizga qo’shiling
https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEyr
4.6K viewsedited  15:53
Ochish/sharhlash