Get Mystery Box with random crypto!

DTM Sirdaryo viloyati bo'limi

Telegram kanalining logotibi dtmsirdaryo — DTM Sirdaryo viloyati bo'limi D
Telegram kanalining logotibi dtmsirdaryo — DTM Sirdaryo viloyati bo'limi
Kanal manzili: @dtmsirdaryo
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 513
Kanalning ta’rifi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Sirdaryo viloyati bo'limining rasmiy telegram kanaliga hush kelibsiz! Murojaatlar, takliflar va savollarni shu yerga yuboring @sirdaryodtm_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-16 14:48:59
#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Test topshiriqlarini ishlash uchun abituriyentlarga qancha vaqt beriladi? Abituriyentda chet tili sertifikati mavjud bo‘lsa, unga beriladigan vaqt o‘zgaradimi?

Mazkur savollarga yuqoridagi videoda to‘liq javob berilgan.

To‘liq intervyu:



Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19 views11:48
Ochish/sharhlash
2022-07-16 14:11:35
#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Tanlov ustuvorligi nima? Qaysi tanlov ustuvorligini tanlagan ma’qul? Abituriyent davlat granti ustuvorligi tanlasa, to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok eta olmaydimi?

Mazkur savollarga yuqoridagi videoda to‘liq javob berilgan.

To‘liq intervyu:



Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
37 views11:11
Ochish/sharhlash
2022-07-16 12:02:07
#Qabul2022

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9-iyuldan my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari ishga tushirilgan bo‘lib, abituriyentlar mazkur saytlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Qoraqalpog‘istondagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida abituriyentlarni ro‘yxatga olish yo‘lga qo‘yilgan.

Davlat xizmatlari markazlaridan tashqari 100 dan ziyod maktabda ham abituriyentlar ro‘yxatga olinmoqda.

Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar uchun maxsus koll-markaz (55 105-32-34) ishga tushirilgan.

10-11-iyul kunlari Qoraqalpog‘istondagi barcha abonentlarga my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkinligi to‘g‘risida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida SMS-xabar yuborilgan.

Izoh: abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 27-iyul (chet tilidan ijodiy imtihon bo‘ladigan yo‘nalishlarda 17-iyul) ga qadar uzaytirildi.

To‘liq intervyu:



Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
57 views09:02
Ochish/sharhlash
2022-07-15 20:24:14 ​​#O‘qishni_ko‘chirish

Oʻqishni koʻchirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi

2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:

transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.

Qabul 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha _(shu kuni ham)_ davom etadi.

Kerakli hujjatlar
:
ariza (onlayn tarzda)
transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
akademik ma’lumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun).

Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Ogoh bo‘ling, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan, oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba oʻtish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Abituriyentlar uchun maxsus @eduuzuniversalbot

@eduuz
100 views17:24
Ochish/sharhlash
2022-07-15 20:17:54
#Qabul2022
Davlat test markazi tomonidan Qoraqalpog‘istondagi abituriyentlar uchun yaratilayotgan qulayliklar

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
27 views17:17
Ochish/sharhlash
2022-07-15 20:17:54 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 15-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 662 442 nafar.

Shundan:

300 126 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
362 316 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 401 081 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 242 857 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 14 705 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 3 799 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 76 579 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 75 500 nafar.
Toshkent viloyati — 65 156 nafar.
Farg‘ona viloyati — 61 920 nafar.
Surxondaryo viloyati — 54 809 nafar.
Andijon viloyati — 46 522 nafar.
Namangan viloyati — 42 121 nafar.
Toshkent shahri — 40 934 nafar.
Buxoro viloyati — 39 461 nafar.
Jizzax viloyati — 37 406 nafar.
Xorazm viloyati — 34 659 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 34 656 nafar.
Navoiy viloyati — 29 053 nafar.
Sirdaryo viloyati — 23 667 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
79 views17:17
Ochish/sharhlash
2022-07-15 20:16:10 #Qabul2022
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
75 views17:16
Ochish/sharhlash
2022-07-15 13:32:58 Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 3-son qaroriga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etilgan.

Unga ko‘ra “Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari)” ta’lim yo‘nalishiga faqatgina fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari tavsiyanoma asosida o‘qishga kirishlari mumkin.

Bunda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan hamda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari belgilangan tartibda talabalikka tavsiya etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda boshqa toifadagi abituriyentlar “Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari)” ta’lim yo‘nalishi uchun tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari bo‘lmagan abituriyentlarda mazkur ta’lim yo‘nalishi chiqmaydi.

Qayd etish kerakki, oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash)” ta’lim yo‘nalishi ham mavjud bo‘lib, abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishda mazkur ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
119 views10:32
Ochish/sharhlash
2022-07-15 13:32:58
105 views10:32
Ochish/sharhlash
2022-07-15 07:25:13 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, o‘tish ballari bilan info.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
109 views04:25
Ochish/sharhlash