#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | DTM Sirdaryo viloyati bo'limi
#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot(2022-yil 15-iyul 18:00 holatiga)
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 662 442 nafar.
Shundan:
300 126 nafari — joriy yil bitiruvchilari; 362 316 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
Kunduzgi ta’lim shakli — 401 081 nafar; Sirtqi ta’lim shakli — 242 857 nafar; Kechki ta’lim shakli — 14 705 nafar; Masofaviy ta’lim shakli — 3 799 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:
Samarqand viloyati — 76 579 nafar. Qashqadaryo viloyati — 75 500 nafar. Toshkent viloyati — 65 156 nafar. Farg‘ona viloyati — 61 920 nafar. Surxondaryo viloyati — 54 809 nafar. Andijon viloyati — 46 522 nafar. Namangan viloyati — 42 121 nafar. Toshkent shahri — 40 934 nafar. Buxoro viloyati — 39 461 nafar. Jizzax viloyati — 37 406 nafar. Xorazm viloyati — 34 659 nafar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 34 656 nafar. Navoiy viloyati — 29 053 nafar. Sirdaryo viloyati — 23 667 nafar.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Sirdaryo viloyati bo'limining rasmiy telegram kanaliga hush kelibsiz! Murojaatlar, takliflar va savollarni shu yerga yuboring @sirdaryodtm_bot...