Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi Vazirlar Mahkamasining 2021- | DTM Sirdaryo viloyati bo'limi

Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 3-son qaroriga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etilgan.

Unga ko‘ra “Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari)” ta’lim yo‘nalishiga faqatgina fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari tavsiyanoma asosida o‘qishga kirishlari mumkin.

Bunda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan hamda kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari belgilangan tartibda talabalikka tavsiya etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda boshqa toifadagi abituriyentlar “Ijtimoiy ish (fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari)” ta’lim yo‘nalishi uchun tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari bo‘lmagan abituriyentlarda mazkur ta’lim yo‘nalishi chiqmaydi.

Qayd etish kerakki, oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash)” ta’lim yo‘nalishi ham mavjud bo‘lib, abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishda mazkur ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube