Get Mystery Box with random crypto!

Sen AYOLsan... Bir ayol tunda yarim kechasi yoki bomdoddan a | Doctors of Philosophy (PhD)

Sen AYOLsan...

Bir ayol tunda yarim kechasi yoki bomdoddan avval turib, ibodat qiladi, Alloh taologa munojot qiladi. Shu tariqa u Alloh taologa bog‘lanishning eng oliy darajasiga yetadi. Biroq soat oltidan keyin charchab, bolalariga taom tayyorlash, kiyimlariga qarash, darslarini qildirish kabi ishlarini qila olmaydi. Bolalar e’tiborsiz qoladi. Boshqa yana bir ayolni olaylik. U quyosh chiqishidan yarim soat oldin turadi, xonani isitadi, taom tayyorlaydi, bolalariga qaraydi, darslarini tayyorlatadi, u bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish masalasida dildan suhbatlashadi. Mana shu ayol birinchi ayoldan ko‘ra Alloh taologa yaqinroq bo‘ladi. Chunki ikkinchi ayol Alloh taolo unga bergan vazifani ado etgan holda U Zotga ibodat qilmoqda. Demak, ayollarimiz Robbimiz ularning oldiga qo‘ygan vazifani bajarish bilan U Zotga ibodat qiladi.

Insonning ibodati ham uning holatiga qarab o‘ziga xos bo‘ladi. Agar boy bo‘lsang, birinchi o‘rinda senda molingdan ehson qilish turadi. Sen kimsan, sen kuchlimisan? Sening birinchi o‘rindagi ibodating o‘sha kuchning haqqini berish bo‘ladi. Kimsan? Sen olimsan, sening birinchi o‘rindagi ibodating ilm berish bo‘ladi. Sen kimsan?

Sen AYOLsan
Demak, sening birinchi o‘rindagi ibodating, ering va bolalaringni rioyasini qilishdir. Qizlarning rioyasi esa, ota-onasining rioyasini qilish bo‘ladi. Oilali ayolning rioyasi esa, eri va bolalarining rioyasi bo‘ladi...
Shuning uchun Islom dinida ayolning mavqei oliy maqomga ko‘tarildi.

@Donishmandlik_uyi