Get Mystery Box with random crypto!

Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog

Telegram kanalining logotibi doctor_shavkatovichblog — Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog D
Telegram kanalining logotibi doctor_shavkatovichblog — Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog
Kanal manzili: @doctor_shavkatovichblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-01-25 06:42:25
"وَلَا تَحْسَبَنَّ اللَّهَ غَافِلًا عَمَّا يَعْمَلُ الظَّلِمُونَ إِنَّمَا
يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ الْأَبْصَرُ". (ابراهيم، ٤٢)

"Sen hargiz, Alloh zolimlarning qilayotgan qilmishidan g‘ofil, deb gumon qilma. Faqatgina, ularni ko‘zlar qotib qoladigan kungacha kechiktirib qo‘yadir, xolos". ("Ibrohim" surasi, 42-oyat)
25 viewsДиёрбек Обиджонов, 03:42
Ochish/sharhlash
2023-01-23 19:14:17 Haqiqiy uzlat, uyini va vatanini tark etib, bir burchakka chekinish emas. Asl uzlat yomon odatlardan voz kechish va ularning o‘rniga yaxshi fazilatlarga erishishdir.

Abdulkarim Qushayriy
19 viewsДиёрбек Обиджонов, 16:14
Ochish/sharhlash
2023-01-21 05:27:48 Noqobil kishilar ichida tug'ulish, ular orasida o'sish aqlni tanimaguncha, Alloh taoloni tanimagunicha ayb emas.

Lekin, aqlini tanigach, yaxshi va yomonning farqiga yetgach, oq va qorani ajratishni boshlagach, u oqni tanlamasa, yaxshiga yaqinlashib, yomondan qochmasa u aybdor bo'ladi.

Ertaga borganda ular yoshlikdan birga katta bo'lgan jigarlarim edi deb bahona qila olmaymiz. Ular bilan imtixon qilingan bo'lamiz va imtixondan "jigarchilik" sabab o'ta olmagan bo'lamiz.

Uzoqlashish yo'li:

- ular bilan kamroq gaplashing
- ular bilan har xil o'tirish, yig'ilishlarda birga bo'lmang
- ular bor bo'lgan davralarda uzoq o'tirmang
- salomlashish va hol-ahvol so'rashdan uyog'iga o'tmang, uzoq suhbatlashmang

Uzoqlashish deganda "Men sen bilan bugundan boshlab do'st emasman" deyish bilan bo'lmaydi, noto'g'ri tushunmanglar))

Elyorbek ustoz

°Copied
23 viewsДиёрбек Обиджонов, edited  02:27
Ochish/sharhlash
2023-01-21 05:27:48 DO'ST

Hayotda kasb tanlash, yo'l tanlash, juft tanlash, ustoz tanlash kabi murakkab ishlar bor. Shunday bir murakkab ish borki, hammasidan mushkul. Bu do'st tanlash ishidir.

Do'st kishining tubanlashishi va yuksalishini belgilovchi eng muhim omildir.

"Kishi do'stining dinidadir"
"Do'sting kimligini ayt, sening kimligingni aytaman" kabi ko'p hikmatlarni eshitgansiz. Bular ayni haqiqatdir!

Do'st sizning irodangizdan kuchli!
Yana takrorlayman sizning irodangizdan ko'ra do'st kuchli!

Bu nima degani? Siz bir ishni eplay olmasligim sababi irodasizligim deysiz. Irodasizlikdan ham ko'ra katta ta'sir kuchi bu do'stlardir. Ya'ni, do'stlaringiz yaxshi bo'lsa, irodasizlik sizni yenga olmaydi.

Kishi hayotda muhabbatni kimga yo'naltirishi, husumatni kimga yo'naltirishini juda aniq bilib olishi lozim. Husumat fosiq va fojirlarga, muhabbat solih va muxlislarga bo'lishi lozim.

Agar muhabbatingiz fosiq va fojirlarga bo'lsa, kun kelib siz ham o'shalar safidan joy olishingiz aniq. Shu sabab, kimga mehr qo'yayotganingizga, atrofingizda kimlar yig'ilganiga, siz kimlar bilan ko'proq muloqot qilayotganingizga ahamiyat bering. Ularga qarang, ularda o'zingizni ko'rasiz.

-----
Izoh:
- fosiq - tili va dili boshqa bo'lgan, tilida musulmon, qalbida esa unga befarq bo'lgan yoki teskari bo'lgan, amal qilmaydigan kishi.
- fojir - qizlarga, yigitlarga tikilishdan, ular bilan harom ishlar qilishdan tap tortmaydigan, behayo kishi.
- solih - tili va qalbi ham musulmon bo'lgan, amali ham musulmon bo'lgan kishi
- muxlis - ixlosli kishi. Ya'ni, har amalini xolis Alloh uchun qiladigan kishi.
21 viewsДиёрбек Обиджонов, 02:27
Ochish/sharhlash
2023-01-19 03:08:13 Robbim mehribonsan. Boshimizni silaguvchi O'zing. Sensiz bir onimizni tasavvur eta olmaymiz ham. Dard berasanda, darmoni O'zing bo'lasan. Sinov berasanda, yechimiga O'zingga chorlaysan. Ishq berasanda, O'zing mahbubaga aylanasan.
Yashashga chorlaysan, sevishga, adl bo'lishga, haliym va solim, qanoatli va shijoatli, halol va sodiqlikka chorlagan O'zing. Mening buyuk dardim emas, mening o'lchovsiz Robbim bordir, deya xursand qilgan ham O'zing.
21 viewsДиёрбек Обиджонов, 00:08
Ochish/sharhlash
2023-01-09 21:31:04 Аллоҳумма лакал-ҳамду кама ямбаги ли жалали важҳика ва ли аъзийма султоник
6 viewsДиёрбек Обиджонов, edited  18:31
Ochish/sharhlash
2023-01-09 06:06:33 "101 ulug' sahobiy"dan – Telegraph
https://telegra.ph/101-ulug-sahobiydan-01-09
3 viewsДиёрбек Обиджонов, 03:06
Ochish/sharhlash
2023-01-07 04:56:08 Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog pinned «Bismillah I. Qur'on va Hadisdan keyin eng kuchli dalillar: "Aqvol as-sahoba" "Ijmo' as-sahoba" "Ijtihod as-sahoba" II. Ifq voqeasining o'zi uchungina 10 ta oyat nozil bo'lgan. III. Ammor r.a.-tayammum, Ali va Xuzayfa r.a.lar-masx ilmi bilimdonlari IV.…»
01:56
Ochish/sharhlash
2023-01-07 04:54:12 Bismillah
I. Qur'on va Hadisdan keyin eng kuchli dalillar:
"Aqvol as-sahoba"
"Ijmo' as-sahoba"
"Ijtihod as-sahoba"

II. Ifq voqeasining o'zi uchungina 10 ta oyat nozil bo'lgan.

III. Ammor r.a.-tayammum, Ali va Xuzayfa r.a.lar-masx ilmi bilimdonlari

IV. Sahobiylar martabalari:
1. Abu Bakr Siddiq
2. Xulafoi roshidinlar
3. "Asharai mubashshara" ga kiruvchi
● Abdurahmon ibn Avf
● Sa'd ibn Abu Vaqqos
● Zubayr ibn Avvom
● Talha ibn Ubaydulloh
● Ubayda ibn Jarroh
● Sa'd ibn Zayd
4. Badr jangi qatnashchilari
5. Uhud jangi qatnashchilari
6. Hudaybiyadagi Rizvon bay'ati ishtirokchilari

V. Eng ko'p hadis rivoyat qilgan sahobalar
1. Abu Hurayra (5374);
2. Abdulloh ibn Umar (2630);
3. Anas ibn Molik (2286);
4. Hazrati Oisha (2210);
5. Abdulloh ibn Abbos (1660);
6. Jobir ibn Abdulloh (1540);
7. Abu Said Xudriy (1170).

VI. a). Eng oxirgi muhojir-Abbos ibn Abdulmuttalib r.a
b). "Abodila" atamasi 4 Abdulloh:
-ibn Abbos
-ibn Umar
-ibn Zubayr
-ibn Amr ibn Os r.a.larga nisbatan ishlatiladi
c). Abu Bakr Siddiq va halifai roshidiynlarga nisbatan "kibor as-sahoba" (Sahobiylarning kattalari) atamasi ishlatiladi.
d). "As'hob as-suffa" ni Islom tarixidagi ilk madrasa sifatida e'tirof etadilar: bularga Abdulloh ibn Mas'ud, Abu Dardo, Abu Hurayra, Abdullah ibn Umar, Bilol ibn Raboh, Xuzayfa, Salmon Forsiy kabi jami 93 ta sahobiy r.a. lar kiradilar

VII. Allohga qurbat hosil qiladigan har qanday amal-jihoddir. Eng muhimi nafs jihotidir
3 viewsДиёрбек Обиджонов, edited  01:54
Ochish/sharhlash
2023-01-06 18:19:28
AQSH aholisi musulmon boʻlmagan jamiyat boʻlib unda hatto islomofobiya bor. Lekin, bu u yerdagi musulmonlarning huquqlarini aslo cheklolmaydi. Musulmonlar istagan yerida namoz oʻqishi, diniy ta’lim berishi va olishi, mansablarda erkin ishlay olishi va hatto hijobida ham politsiya boʻla olishi mumkin.

Aksariyat aholisi va davlati musulmonlardan iborat boʻlgan bizning mamlakatda esa ishxonasida ibodat qila olishi, diniy ta’lim olishi va berishi yohud oddiy roʻmolida oʻquv dargohiga kirishi ham muammo sanaladi. Mansab va politsiya boʻlishini hayollariga ham keltirishmaydi.

Bularning barchasi inson va u tashkil qilgan davlatchilikning negizida inson huquqi turish va turmasligi bilan farqlanadi.

@umarhalil
3 viewsДиёрбек Обиджонов, 15:19
Ochish/sharhlash