Get Mystery Box with random crypto!

Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog

Telegram kanalining logotibi doctor_shavkatovichblog — Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog D
Telegram kanalining logotibi doctor_shavkatovichblog — Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog
Kanal manzili: @doctor_shavkatovichblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2022-10-16 07:29:16
15 viewsДиёрбек Обиджонов, 04:29
Ochish/sharhlash
2022-10-12 13:16:19
17 viewsДиёрбек Обиджонов, 10:16
Ochish/sharhlash
2022-10-11 19:59:29
2 viewsДиёрбек Обиджонов, 16:59
Ochish/sharhlash
2022-10-11 18:02:02
#Shunchaki yoqdi

@Doctor_Shavkatovichblog
2 viewsДиёрбек Обиджонов, edited  15:02
Ochish/sharhlash
2022-10-09 21:24:30 Padarimiz aytardilar:-"Biror ish qilsangiz o'zingizni ko'ngilgiz to'ladigan darajada qiling-ko'ngildan chiqarib qiling". Yoshlikda uncha ahamiyat bermasdim bu gapning ma'nosiga. Endi biroz tushunyapmiz. Gapning ildizi odamlarni rozi qilishga borib taqalar ekan. Yordam so'raganni rozi qil, bozorda savdogarni rozi qil, bemorni rozi qil. Yoningda do'stingni rozi qil, iltimos qilgani rozi, sevganingni, yaqinlaringni, hamma hammani rozi qil. Xoh amal bilan, xoh so'z bilan bandani rozi qilish ekan bu gaplarning ma'nosi...

Zero, bandasiga berganimizni Allohdan qaytarib olamiz

@Doctor_Shavkatovichblog
2 viewsДиёрбек Обиджонов, edited  18:24
Ochish/sharhlash
2022-10-05 07:08:47 Baytullohdan live video
Yaqinlarimizdan
2 viewsДиёрбек Обиджонов, edited  04:08
Ochish/sharhlash
2022-10-05 07:07:39
2 viewsДиёрбек Обиджонов, 04:07
Ochish/sharhlash
2022-10-01 20:09:33 Aslida har kunimiz bugungi sanadek o'tishi kerakmasmi?
Ustozlar faqat bugun emas, har kuni shundayin e'tirof va e'tiborga loyiq emasmilar?
Bayram bahonasida bizga to'g'ri yo'l ko'rsatgan va ko'rsatayotgan, ilm va oxirat yo'lida o'zimiz uchun haqiqiy ustoz deb bilganlarimizni bir yodga olib, kanalga muhrlab qo'yishga qaror qildik. Qani unda Bismillah...
Avvalo, butun ummat ustozi, janobi Payg'ambarimiz al-amiyn Muhammad Mustafo (s.a.v)! Bu zotdan o'rganadiganlarimiz qiyomatgacha yakun bilmaydi....

Hayot va ilm yo'lidagi chinakam ilk ustozlarim otajonim va volidam. Ularning haqqini ado qila olish nasib etsin!

Maktabdagi birinchi ustozim Sultonova Munisxon. Manga harf tanitmagan bo'lsalar, ilk saboqlari hamon yodimda ustozni. Alloh rozi bo'lsin. O'zi shifo bersin...

Saida Mamajonova. IDUMI da ilk bor bizga ustozlik qilganlar. Madaniyat va muomala bo'yicha juda ko'p didaktikalar berganlar bizga. Hamon aytganlariga amal qilamiz. Alloh rozi bo'lsin...

Odinaxon Xaydarova. Ona tili faniga chindan qiziqishimizga sabab bo'lgan inson. Ham yaxshi inson, ham bilimlari juda ham kuchli edi. Alloh rozi bo'lsin. O'rganganlarimiz ko'p ustozdan.

Olimova Mahbuba. Siyrat haqidagi hikoyalari hamon yodimizda. O'rta Asr adabiyotiga mehr qo'yishimizda hissalari katta. Alloh rozi bo'lsin

Ozoda Madaminova. Pul bilan hamma narsa ham o'lchanavermasligini shu ustoz misolida ko'rganmiz. 100 lab abituriyent tayyorlardilar. Tekinga!!! Duo qilib qo'yarsizlar derdilar xolos. Yaqinda og'ir jarrohlik amaliyotini o'tkazdilar Hindistonda. Alloh komil shifo bersin. O'zi rozi bo'lsin...

Islom Jo'rayev va Omonjon Karimov. Tabiiy fanlarga mehr qo'yishimizga sababchi bo'lganlar. Ilk kimyo va biologiyadan saboqlarni shulardan olganmiz. Yaxshi insonlar. Alloh rozi bo'lsin...

Shavkat Rahimov. Ham dinda, ham hayotda ustozim. Alloh rozi bo'lsin...

Behzod Mamatqodirov va Dilbar Mamatqodirovalar. Abituriyentlikning so'nggi yilida shulardan o'rganganmiz tabiiy fanlarni. Meni kuchli depressiyadan olib chiqib keta olganlar. Yaxshi ko'ramiz. Hurmat qilamiz. Alloh rozi bo'lsin

Shuningdek,
Elyor Turaboyev
Dovudbek Tursunov
Javohir Muhammadjonov
Egizak Babaxanovlar
Tohir Abdurahmonov
Muslimbek Esonaliyev
Azamat Yuldashev
Ulug'bek Yusupov
Bular hozirgi kundagi ustozlarimizdan. Barchalaridan Alloh rozi bo'lsin.
3 viewsДиёрбек Обиджонов, 17:09
Ochish/sharhlash
2022-10-01 18:21:48 Биттагина авлод керак!

Эркин фикрловчи мустақил шахслардан иборат биттагина авлодни яратиб олсак, қолгани уланиб кетаверади. Мутеликни, қулликни ҳар қачон рад этадиган Озод миллатга, Озод мамлакатга айланамиз. Бу ишнинг йўриғида фақат сизларнинг меҳнатингиз ётади.

Байрам муборак, устозлар!

(с) Отабек Бакиров

Каналга обуна бўлинг
@Chinormasjidi
3 viewsДиёрбек Обиджонов, 15:21
Ochish/sharhlash