Get Mystery Box with random crypto!

DO'ST Hayotda kasb tanlash, yo'l tanlash, juft tanlash, ustoz | Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog

DO'ST

Hayotda kasb tanlash, yo'l tanlash, juft tanlash, ustoz tanlash kabi murakkab ishlar bor. Shunday bir murakkab ish borki, hammasidan mushkul. Bu do'st tanlash ishidir.

Do'st kishining tubanlashishi va yuksalishini belgilovchi eng muhim omildir.

"Kishi do'stining dinidadir"
"Do'sting kimligini ayt, sening kimligingni aytaman" kabi ko'p hikmatlarni eshitgansiz. Bular ayni haqiqatdir!

Do'st sizning irodangizdan kuchli!
Yana takrorlayman sizning irodangizdan ko'ra do'st kuchli!

Bu nima degani? Siz bir ishni eplay olmasligim sababi irodasizligim deysiz. Irodasizlikdan ham ko'ra katta ta'sir kuchi bu do'stlardir. Ya'ni, do'stlaringiz yaxshi bo'lsa, irodasizlik sizni yenga olmaydi.

Kishi hayotda muhabbatni kimga yo'naltirishi, husumatni kimga yo'naltirishini juda aniq bilib olishi lozim. Husumat fosiq va fojirlarga, muhabbat solih va muxlislarga bo'lishi lozim.

Agar muhabbatingiz fosiq va fojirlarga bo'lsa, kun kelib siz ham o'shalar safidan joy olishingiz aniq. Shu sabab, kimga mehr qo'yayotganingizga, atrofingizda kimlar yig'ilganiga, siz kimlar bilan ko'proq muloqot qilayotganingizga ahamiyat bering. Ularga qarang, ularda o'zingizni ko'rasiz.

-----
Izoh:
- fosiq - tili va dili boshqa bo'lgan, tilida musulmon, qalbida esa unga befarq bo'lgan yoki teskari bo'lgan, amal qilmaydigan kishi.
- fojir - qizlarga, yigitlarga tikilishdan, ular bilan harom ishlar qilishdan tap tortmaydigan, behayo kishi.
- solih - tili va qalbi ham musulmon bo'lgan, amali ham musulmon bo'lgan kishi
- muxlis - ixlosli kishi. Ya'ni, har amalini xolis Alloh uchun qiladigan kishi.