Get Mystery Box with random crypto!

#Sayyor_xizmatlar Sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi dav | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Sayyor_xizmatlar

Sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi davom etmoqda!

“Oʻzimiz keldik” loyihasi doirasida 2022-yilning 1-choragida Respublika boʻylab tashkil etilgan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish tadbirlari natijalari bilan infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Sayyor davlat xizmatlari orqali jami 179 936 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Eng ko‘p foydalanilgan davlat xizmatlari:

Elektron raqamli imzo olish – 87 015 ta ariza;
Kommunal sohadagi davlat xizmatlari – 3 845 ta ariza;
Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish – 2 697 ta ariza.

Eng ko‘p sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan hududlar:

Samarqand viloyati – 25 941 ta davlat xizmati;
Namangan viloyati – 25 423 ta davlat xizmati;
Toshkent viloyati – 23 793 ta davlat xizmati;

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat