Get Mystery Box with random crypto!

#Infografika #FHDY_xizmatlari #Bu_qiziq 17 yoshgacha bo'lg | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Infografika #FHDY_xizmatlari #Bu_qiziq

17 yoshgacha bo'lgan yoshlar oʻrtasida nechta nikoh qayd etildi?

Oila kodeksiga asosan nikoh yoshi erkak va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

Alohida hollarda (homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi (emansipatsiya) nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga koʻra, tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan nikoh yoshi koʻpi bilan bir yilga kamaytirilishi mumkin.

FHDY organlari tomonidan 2021-yil davomida nikoh yoshi 1 yilga qisqartirilgan 94 nafar, 2022-yilning 5 oy davomida 31 nafar fuqaroning nikohi rasmiylashtirib berilgan.

Eng yuqori koʻrsatgich: Surxondaryo viloyati (36 ta), Jizzax viloyati (16 ta), Toshkent viloyati (13 ta) va Samarqand viloyati (11 ta) .

Ushbu davrda eng koʻp – Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hokimi tomonidan 15 nafar va Uzun tumani hokimi tomonidan 5 nafar fuqaroning nikoh yoshi 1 yoshga qisqartirilgan.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat