Get Mystery Box with random crypto!

........ Soʻnmas Sevgim ....... 'K𝘦𝘭𝘢 | SeVgi HiKoYaLaRi

........ Soʻnmas Sevgim .......

"K𝘦𝘭𝘢𝘴𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘥𝘢 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰'𝘭𝘢𝘺𝘭𝘪𝘬"

3-qism


Bu sir sinoatli hayotda yolgʻiz qolganimni eslatuvchi bir yomon tush koʻrdim Qoʻrqib uygʻonib ketdim. Qiz hali ham oʻziga kelganicha yoʻq. Meni hayolimda unga nimadir boʻlganga oʻxshab tuyulardi Lekin xayriyatki u koʻzini ochdi. Ammo hech ham gapirmay bir nuqtaga tikilgancha qotib turardi Uni chalgʻita olmadim menda yanada kuchli qoʻrquv uygʻonardi. Ilojsiz kun yarmiga kelib shifokor chaqirdim Uning aytishicha juda qoʻrqib ketgan hozir stress holatida qanday boʻlmasin uni bu holatdan chiqarishga harakat qiling. Boʻlgan nohush voqeani eslatmang. Shifokor ketdi ammo nima qilishni bilmay qoldim.

Eng avval hayolimga kelgan ish bu getarada kuy chalib kuylash boʻldi. Oʻzim sevgan kuyni chala boshladim va qoʻshiq xirgoya qildim Ammo u hali ham bir ahvolda yotardi. Uni na suv ichishga va na ovqatlanishga koʻndira oldim. Bir ogʻiz soʻz demasdi. Shu bilan kitob oʻqib berdim ammo oʻzgarish yoʻq. Kunni kech qildik u uxlab qoldi. Men esa nima qilishga hayron edim. Ertalab turganimda u hali ham uxlab yotardi. Xonadan endi chiqaman deganimda
-Kechirasiz men qayerdaman?
Degan ovoz keldi. Quvonganimdan
-meni uyimdasiz dedim
-Anniqrogʻi nima boʻlganini tushintirolmaysizmi???
-Avval siz oʻrningizdan turing qoʻl yuzingizni yuvib chiqing bafurja hammasini gapirib beraman. Ha aytgancha yuvinish xonasi oʻng qoʻl birinchi eshik
Qizga eʼtibor bermaganday xonadan chiqdim. Quvonchim ichimga sigʻmas edi. Shu 1 kun davomida qoʻl telefonim qayerdaligini bilmasdim. Telefon jiringlashidan u oshxonadaligini bildim. Qoʻngʻiroq qilayotgan Samiya ekan. Ulgurmadim oʻchdi. Kechadan buyon 21- oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroq ekan SMS lardan esa hozir telefonim portlasa kerak. Qaytib Samiyaga qoʻngʻiroq qildim.
-Alo
-Haa nega qoʻngʻiroqlarimga javob bermaysiz
-Tinchlan telefonim mashinada qolipti eshitmapman. Nima gaping bor edi?
-Qayerdasiz? Nega u qiz bilan ketdiz?
Oyoq qadamlarini eshtib darrov Samiyaga
-Mayli xayr keyin hammasini aytib beraman
- Shoshmaaaang...
Eshitmay qoʻngʻiroqni qoʻydim.
-Assalomu aleykum bezofta qilganim uchun uzr. Endi iltimos tushuntira olasizmi??
-Ha albatta avval keling nonushta qilaylik. Sizga barchasini dasturxon boshida aytib beraman
Men unga barchasini aytib berdim. U hatto baʼzi voqealarni eslolmadi. Eng asosiysi meni tanimadi ertalab gul doʻkonida koʻrgani esidan chiqibdi Eng asosiysi ismi Nafisa bolalar uyida katta boʻlganligini yoshi endi 20da ekanligini bildim. Maryam xola uni doʻkonga yaqinda ishga olgan ekan. Yana kechasi ofitsiantlik qiladigan restaran boshligʻi uni bayramga xizmatga yuborgan ekan va bu yogʻini hamma biladi. Oʻzi oʻqituvchilik yoʻnalishida Universitetda oʻqir ekan shu bahona tanishib oldik.
- Mayli sizga katta rahmat barcha yordamingiz uchun endi ketishim kerak.
- Meni oʻrnimda boshqa kishi boʻlsa ham xuddi shunday qilgan boʻlardi
- Ammo sizdan boshqa odam yordam bermadiku
- Hmmm...
-Men bora qolay siz bilan tanishganimdan xursand man
- Men ham Shoshmang oʻzim olib boraman
- Yoʻq rahmat oʻzim boraman
- Shu ahvolda-ya
Egnida hali ham oʻsha kiyim yengi qon boʻlgan. Noiloj rozi boʻldi. Uyi koʻp qavatli juda eski uyligi koʻrinib turardi. Ijaraga turar ekan. Yaqinda talabalar yotoqxonasiga koʻchishini aytdi. Shu bilan xayrlashdik u men bilan boshqa koʻrishmasligiga amin holda mashinadan tushdi. Men esa u bilan yana va yana koʻrishib shirin suhbat qurmoqchi edim. Hayollarimni boʻlgan qoʻngʻiroq ovozi qoʻrqitib yubordi.
- Eshtaman??? Ha xop hozir yetib boraman

Davomi bor...

Muallif:#Salikha