Get Mystery Box with random crypto!

SeVgi HiKoYaLaRi

Telegram kanalining logotibi dardli_baxtli_sevgi_hikoyalari — SeVgi HiKoYaLaRi S
Telegram kanalining logotibi dardli_baxtli_sevgi_hikoyalari — SeVgi HiKoYaLaRi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 934
Kanalning ta’rifi

❤️🥀Xush kelibsiz eng yaxshi hikoyalar sizlar uchun!🥀❤️
Hikoya joylash uchun: @Hikoyachim
🥀Hikoya va sherlarni topish ❤️👇
@sevgi_hikoyalarim_bot 🥀

Hikoya yuborish👇
@Jmkabadiy 💘
Reklama: @Hikoyachim

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar

2022-09-02 13:59:53 ........ Soʻnmas Sevgim ....... "K𝘦𝘭𝘢𝘴𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘥𝘢 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰'𝘭𝘢𝘺𝘭𝘪𝘬" 8-qism Hech qanday fikr kelmagach boʻsh qoʻl bilan borishga qaror qildim. Ammo uni aylantirishga olib chiqmoqchi edim. Hali ham uyda ekan ishga…
40 views , 10:59
Ochish/sharhlash
2022-09-02 13:59:48 ........ Soʻnmas Sevgim .......

"K𝘦𝘭𝘢𝘴𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘥𝘢 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰'𝘭𝘢𝘺𝘭𝘪𝘬"

8-qism

Hech qanday fikr kelmagach boʻsh qoʻl bilan borishga qaror qildim. Ammo uni aylantirishga olib chiqmoqchi edim. Hali ham uyda ekan ishga chiqmabdi. Nazarimda bir kunda ariqlab qolganday edi. Juda tushkun ahvolda edi. Oʻzimni hech nima boʻlmaganday tutdim.
-Salom
-Assalomu aleykum tinchlikmi
-Ha tinchlikka tinch shu sila tomonda qor yogʻayotgan ekan deb eshitdim. Qor koʻray deb toʻgʻri kelaverdimda.
-Haziliz ham bor boʻlsin nima boʻpti debman
-Yuring sizni olib ketishga keldim
-Qayerga bugun borolmayman
-Bormasayiz boʻlmaydi juda zarur
Majburlab olib chiqdim lekin qayerga borishga hayron man. Nihoyat bir qarorga keldim.
-Istirohat bogʻi
-Ha ancha boʻldi kelmaganimga siz bahona mana keldim
-Ha men ham anchadan buyon kelmagan edim.
Shunday qilib kechgacha turli argʻimchoq uchishu muzqaymoq yeyish bilan kunni oʻtkazdik. Nafisa ancha oʻziga keldi. Oʻsha kundan boshlab har kun uchrashadigan boʻldik. Bir soʻz bilan aytganda juda yaqin doʻstlar edik. Kunlar oʻtdi kunlar ortidan oylar oylarni yil ham quvib oʻtdi. Mana Nafisa bilan tanishganimga ham bir yil boʻldi. Hayotimda xuddi yangi sahifa ochilganday edi. Sahifalarda esa men va Nafisadan ortiq hech kim yoʻq edi. Bir yillik tanishish kuniga atab uchrashishga qaror qildik. Mana hozir ham uni kutyapman. Aytilgan vaqtdan ancha oldin keldim. Bugun unga sevgi izhor qilmoqchiman. Qoʻlimda bir dasta qiziq atirgul. Atrof sharlar bilan bezatilgan. Soat hali endi olti boʻldi. Kechki yettida koʻrishamiz deb kelishganmiz. Hayollar orasida Nafisa bilan oʻtgan ilk bayram yangi yil esimga tushdi.

Bir yil oldin.
YANGI YILDAN BIR KUN OLDIN

- Aloo eshtaman
-Haa nega qoʻngʻiroqlarimga javob bermaysiz?
-Ha senmiding keyinroq gaplashamiz
-Mayli soat 10 da har doimgi joyimizda kutaman
-Mayli kelmasayiz oʻzizdan oʻpkalang
Gapini eshitib ham oʻtirmay goʻshakni qoʻydim. Shirin uyqum ham endi tark etdi shekilli qaytib uxlay olmadim. Aytgancha nima gapi boʻlsa axir orani ochiq qilganimga bir oy boʻldi. Nechuk endi yana eslab qoldi. Nima boʻlsa boʻlar qutila qolay shu gʻalvadan. Oʻsha kelishilgan joyga bordim. Vaqtli kelibdi shekilli kutib turgan ekan.
-Tinchlikmi
-Xa tinchlik yordamingiz kerak.
-Qanaqa yordam bemalol
-Ertaga uydagilar kelishyapti shu munosabat bilan bazm uyushtirdik. Ota-onam siz bilan ayrilganimizni bilishmaydi buni bir oʻzim aytolmayman shu uchun oxirgi bor keling.
-Samiya yigʻlama nima uchun yigʻlaysan xop boraman lekin bu oxirgi marta. Bilasan biz faqatgina doʻst edik bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi.

Davomi bor...

Muallif:#Salikha
38 views , 10:59
Ochish/sharhlash
2022-09-02 13:59:47 ........ Soʻnmas Sevgim .......

"K𝘦𝘭𝘢𝘴𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘥𝘢 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰'𝘭𝘢𝘺𝘭𝘪𝘬"

7-qism

Bugun ishga bormadim. Boshim yorilgudek ogʻrimoqda. Biron aqlli odam aytmaydiki shuncha ichib zaril keptimi? Bor undan koʻra biron foydali ish qil Uyda yotoqdaman lekin xayolim Nafisani yonida boʻlsa kerak chunki undan boshqa hech narsani oʻylamayapman Vaqt shunchalik tez oʻtibdiki kech tushib qolganini payqamapman
Kuz kirib kelganiga koʻp boʻlmagan boʻlsa ham havo anchagina sovib qoldi. Daraxtlar esa sovuq isini sezib shosha pisha bargini sargʻaytirishga urinayotgandek edi ammo ishi xali chala qolgan odamga oʻxshardi. Barglarining yarmi xali yozni qoʻyib yuborgisi kelmayotgandek yam-yashil baʼzilari esa kuz kelganidan bahramand boʻlib sariq rangni oʻziga olgandi.
Uyda nima qilishni bilmay uyoqdan buyoqqa oʻzimni urardim. Ammo hech qanday fikr hech qanday ish boshga kelmadi. Eng yaxshisi ertagina kirib uxlash kerak dedimu aytganimni qildim. Axir aytishganku " - Hech ham dangasalik qilma, Uyqing keldimi kirib uxla''
Mana tong yorishdi. Bugun budilnikdan oldin turibmab. Yaxshi kayfiyat bilan kunni boshladim. Yasanib kiyindimu ishga yoʻl oldin. Kirishimdan sal oldinroq Samiya gaplashib olaylik deb qoʻngʻiroq qildi. Kelishini xoxlamay tursamda ammo rozi boʻldim. Mana xoz qarshimda mendan oldin kelib olibdi. Oʻzi Samiya juda yaxshi qiz lekin .... eee mayli birovni muxokama qilish manga emas.
- Assalomu aleykum
-Vo aleykum salom xoʻsh tinchlikmi?
-Yoq tinchlik emas. Siz nega anavi kuni u qiz bilan ketdingiz. Nima u tanishingizmi? Aytgancha nechchi marta qoʻngʻiroq qildim.
-Xa tanishim. Qoʻngʻiroqlarga kelsak eshitmapman.
-Qanaqa tanish?
-Tanishdaka tanish sen tanimaysan. Tergov tugagan boʻlsa marhamatingiz bilan endi ishlasam. Eshikni yopmay qoʻya qol biroz havo almashsin
-Tugatmapman xali
-Samiyaaa
-Mayli hali yana kelaman
Xayriyat ketdi. Qanday qutulaman xali bundan. Hozir bu meni qiziqtirmaydi. Boya Nafisani eslatganiga yodimga tushdi. Tushlikda uni koʻrgani boraman. Shuni oʻylab oʻzimdan oʻzim quvonardim. Bir joyda oʻtirgim kelmadi. Tushlikkacha bugungi ishlarni bitirdim. Endi hech ikkilanmay Nafisani koʻrgani borsam ham boʻladi. Ammo bir muammo oʻzim bilan birga nima olib boray ekan-a???

Davomi bor...

Muallif:#Salikha
22 views , 10:59
Ochish/sharhlash
2022-09-02 13:59:47 ........ Soʻnmas Sevgim .......

"K𝘦𝘭𝘢𝘴𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘥𝘢 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰'𝘭𝘢𝘺𝘭𝘪𝘬"

6-qism

Shu bilan kunlar oʻtar Nafisani koʻrmay turolmaydigan boʻlib qoldim. Tez tez yoniga borardim. Har gal har xil bahona oʻylab topaverardim. Bir kun kelib jinnilik kunlarim tugashini bilardim va oʻsha kun keldi. Oʻsha kuni ham yoniga bordim ammo ne koʻz bilan qarasam doʻkonda Nafisa yoʻq
Mariyam xola doʻkonga chiqibdi.
-Assalomu aleykum xolalarning guli
-Vo aleykum salom erkatoy. Xa nima qilib yuribsiz biz tomonlada
-Shunday oʻzim bir sizni koʻrib ketay degandimda
-Xa yaxshi qilibsan kelib oʻzi zerikib turuvdim. Nafisa ham ketdi kechroq kelaman bugun deb. Oʻrniga mana xudoyim seni yubordiyeee
-Iiii Nafisa qayerga keta qoldi sizday gulni tashlab
-Voyyy qoyaver bugun uchrashuvga chiqdi.
-Uchrashuv..?
-Xa bolam bilasan Nafisa oʻzimni qizimday gap. Hamma gaplarini kelib aytadi doim. 1 yo 1 yarim oy oldin bir yigit bilan gaplashdi koʻrishdi va bir birlarini yaxshi koʻrib qolishdi ekan. Bolani koʻrsang moʻmin qobil yaxshigina yigit. Bugun uchrashuvlari bor ekan yoʻq demadim ketishdi
Xolam aytgan gaplardan xayron-u lol edim. Afsus kech qolibman
-Mayli xola ishim bor edi unutibman men yana kelaman oʻzizni asrang
-Bolam sen ham oʻzingni asra koʻrishguncha
U yerdan chiqib qayerga borishni ham endi nima qilishni ham bilmasdim. Uyga qaytgim kelmadi. Har doimgi mehmonxona bariga bordim. Yonimdagi shisha yarimlab qolganda qandaydir ovozlar oʻziga torta boshladi etibor bermay yana ichishni davom etdim. Ammo bu safar etibor bermay iloj qolmadi.
-Jonim boʻldi shuni ich ketamiz
-Yoʻq Jasur aka icholmayman
-Unda sharbatdan ich
-Keyin ketamiza???
-Albatta ketamiz
Birozdan soʻng
-Jasur aka boshim aylanyapti oʻzimni yomon his qilyapman keta qolaylik
-Mayli ketdik
Xayriyat ketishdi shekilli. Yigit xozir nima qilishini sezib tursamda oʻz xayollarim bilan ovora edim. Men ham keta qolay deb oʻrnimdan turdim ammo bu ahvolda mashina hayday olmasligimni bilib har doimgi xonaga chiqmoqchi edim. Xonamga endi kirmoqchi edim oldinroqda Nafisani yetaklab xonaga kirib ketayotgan odamni koʻrdim. Kapalagim uchib ketdi. Kayfim bir soniyada tarqaldi. Jon holatda yugurdim xayriyat xona eshigi xali qulflanmagan ekan
Kirishim bilan Nafisaga tegishga harakat qilayotgan bolaga bir mush tushirdim-u Nafisani koʻtargancha xonadan olib chiqdim. Oʻzimni xonamga borar ekanman bardagi suhbat esimga tushdi va qanchalik xatoga yoʻl qoʻyganimni bildim. Xayriyat kech qolmadim. Bir lahzaga kech qolganimda.....
Yoʻq oʻzimni kechira olmasdim.
Allohga shukur gulim oʻzga qoʻllarda emas mana mening qoʻlimda. Nafisani yotoqqa qoʻyganim esimda boshqa hech narsani bilmayman chunki uxlab qolibman
Ertalab yigʻi ovozini eshtib uygʻonib ketdim
-Tinchlikmi ???
Koʻzimni ochsam u bilan bir yotoqdaman oʻzim qoʻrqib ketdim, ammo hech narsa boʻlmadi faqatgina uxlab qoldim. Kechagi voqealarni esladim
-.....
Nafisa esa yuzini yashirgancha gapirmay yigʻlardi
- Voy yigʻi nimaga endi kerak ekan boʻlar ish boʻldi
-Nima
-Ha nima qilamiz ilojimiz qancha endi
-Tushuntirib ayting nima boʻldi? Faqat yolgʻon deng iltimos
-Nima yolgʻon hammasi chin haqiqat
-Nima kecha siz..... men.... kecha...
Yana yigʻlab yubordi men esa gʻashiga tegishni davom ettirdim.
-Ha Siz kecha oʻzingiz xoxladingizku
-Yoq yolgʻon boʻlishi mumkin emas deb yigʻi aralash mushti bilan ura boshladi ammo urishga ham xoli yoʻq edi
-Boʻldi boʻldi nimaga buncha yigʻlaysiz. Sizni xonaga olib kelganimda charchagan edim. Ogʻir ekansiz ariqlashiz kerak ekan. Shunday qilib bilmay koʻzim ketib qolibdi. Shunga shunchami
-Lekin bu yerga qanday kelib qoldim
Barchasini aytib berdim. Shunchalik xafa ediki yigʻlab koʻzi qizarib ketdi. Yigʻlashdan toʻxtata olmadim. Nonushta ham qilmadi. Shunday qilib uyiga olib borib qoʻydim. Aslida oʻzi shuni xoxladi.

Davomi bor...

Muallif:#Salikha
26 views , 10:59
Ochish/sharhlash
2022-09-02 13:59:47 ........ Soʻnmas Sevgim .......

"K𝘦𝘭𝘢𝘴𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘥𝘢 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰'𝘭𝘢𝘺𝘭𝘪𝘬"

5-qism

Shunda ikkalamiz ham kulib yubordik
-Qanaqa gul kerak xoʻsh
-Eee qoying gul kerak emas. Bugun ovqatlanishga sherik topolmadim. Kecha siz meni mehmon qildiz bugun meni navbatim
-Yoo borolmayman doʻkonga qarash kerak
- Ertaroq yoping dedimu kech boʻldi
- .....
- Oʻzim doʻkonni yopaman ungacha siz tayyorlanib chiqing
Majburlab amallab koʻndirdim Ovqatlangani bordik u yerda afsuslar boʻlsinki Samiyani koʻrib qoldim u ham shu yerda ekan.
Koʻrishi bilan oʻylamay yonimizga kela boshladi. Nima qilishni bilmas edim . Keldiyu ofitsiantga meni yonimga stul olib kelishni buyurdi. Nafisa hech nima boʻlmaganday oʻzini tutardi ammo men nima qilishimni bilmadim .
-Salom deb stulga oʻtirdi.
-Assalomu aleykum deya Nafisa kulib oʻtirardi
Men noiloj ularni tanishtirdim.
-Nafisa tanishing bu meni yaqin doʻstim Samiya. Samiya tanish bu Nafisa
Tanishtirishga tanishtirdimu endi nima deyishni ham bilmasdim.
Avvaliga jimgina ovqatlana boshladik keyin esa Samiya gap boshladi
Samiya:- Kechirasiz sizni qayerdadir koʻrgandekman?
Nafisa:- Bilmasam men eslolmadim
Samiya:-Xmm
Ayni damda oʻzimni ikkita xotinli erkakka oʻxshatardim. Va shu payt bunday insonlarga qanday qiyin ekanini tushundim. Samiya esa menga suykalishni boshladi. Tashqaridan xuddi sevishganlarga oʻxshardik shekilli Nafisa oʻngʻaysizlanib oʻtirardi. Biroz vaqt oʻtgach
Nafisa:- Uzr men bora qolay kech boʻlib qoldi
Samiya:- Yaxshi boring
Nima qilay bunisi bilan qolaymi yoki unisini kuzatib qoyaymi?
Eee nima boʻlsa boʻlsin
-Shoshmang sizni men taklif qildimmi oʻzim kuzatib qoyaman
Shu payt Samiyaga qaragim ham kelmasdi
Nafisa:- Yogʻe sila bemalol oʻzim yetib olaman deya
Narsalarini oldiyu eshik tomon yura ketti. Men ham Samiyaga keyinroq gaplashamiz dedimu Nafisani ortidan ketdim. Samiyaning jaxli chiqqani yaqqol bilinib turardi.
Yugurgancha Nafisaga yetib oldim.
-Buncha tez yurasiz amallab yetib oldimu
-Yogʻe sekin sekin ketyapmanu
-Unda sekiniz shu boʻlsa yugursayiz qanaqa boʻlarkana
-Aytgancha nega chiqdiz doʻstiz yolgʻiz qoldilar
-Hech qisi yoo doʻstim bir oʻzi kelgani yoo yonida dugonalari bor
-Ha yaxshi
-Sizchi nega tez ketib qoldiz
-Shunchaki oʻzim
-Keyingi safar meni kuting unda
-Oʻylab koʻraman
-Yoo demadiz shunisiga ham shukur
Shu tariqa bekatgacha keldik. Avtobus tez keldi. Uni avtobusda boʻlsa ham kuzatib qoʻydim. Mashinamni olish uchun qaytishga toʻgʻri keldi.

Davomi bor...

Muallif:#Salikha
28 views , 10:59
Ochish/sharhlash
2022-09-02 13:59:47 ........ Soʻnmas Sevgim .......

"K𝘦𝘭𝘢𝘴𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘥𝘢 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰'𝘭𝘢𝘺𝘭𝘪𝘬"

4-qism

Shunday qilib ishlar bilan boʻlib qoldim. Ammo xayolimdan Nafisa chiqmasdi . Bir kun doʻkonga bordim.
-Assalomu aleykum deb iliq tabassum bilan Nafisa kutib oldi
-Vo aleykum salom
-Xoʻsh qanday gul kerak?
-Bugun Mariyam xola yoqtirgan gullardan kerak Ishlar bilan boʻlib shifoxonaga ham xabar olishga borolmadim Hech boʻlmasa tugʻilgan kunlari bilan tabriklab kelay.
-Xop unda xolajon yaxshi koʻradigan gullarni oʻrab beraman
-Mayli kutaman
-Xa aytgancha meni nomimdan ham sovgʻamni yetkazolmaysizmi ?
-Nega men oʻziz bersangiz yaxshi boʻlmaydimi
-Toʻgʻri lekin doʻkonni yopa olmayman. Kechgacha qolib ketaman sovgʻani kech berishimga toʻgʻri keladida
-Ha unda keling bunday qilamiz. Doʻkonga qarab turish uchun odam topamiz-u darrov shifoxonaga borib kelamiz
- Doʻkonga tekinga kim ham oʻtirardi
-Siz xop dengchi Buyogʻini menga qoyib bering
-Mayli unda men narsalarimni almashtirib chiqay

Shu bilan doʻkonga qarash uchun doʻstimni chaqirdim. Baxtimga vaqti bor ekan. Biz esa xolamni koʻrishga bordik. Mariyam xola bizlarni koʻrib shunchalik quvondiki hatto kasali esidan chiqdi. Shifoxonada ancha qolib ketdik. U yerdan chiqib ovqatlanishga borishni taklif qildim lekin Nafisa rozi boʻlmadi. Uni doʻkonga olib keldim u esa
- Keling qorniz ochiqqan boʻlsa ovqat tayyorlab beraman ungacha Siz doʻkonga qaraysiz dedi. Bu gap moydek yoqib ketdi . Chunki u bilan koʻproq vaqt oʻtkazgim kelardi. Biz kelgach doʻstim Amir oʻz ishiga ketdi. Men doʻkonda qoldim Nafisa esa kichkina doʻkon oshxonasiga kirib ketdi. Ovqatga keling deb chaqirguncha nechta mijoz kelib ketdi. Oshxonaga kirganimni bilaman dimogʻimga mazzali hidlar urila boshladi Ovqatlandik juda maroqli suhbat qurdik. Oʻsha voqeadan soʻng Nafisa ofitsiantlikdan boʻshagan ekan. Hozir faqat gul doʻkonda ishlar ekan. Gul doʻkon 24 soat ochiq ekan. Avvallari doʻkon kech tushmay yopilardi hozir esa bu begʻubor qiz sababli bu yerning chirogʻi oʻchmaydi. Kunim qanday oʻtganini bilmay qoldim bir pasda qorongʻu tushibdi. Shu bilan uyga qaytdim.

Kuzning sovugʻi yaqin hatto yoz tugamay saharga yaqin yomgʻir tomchilay boshladi. Men esa kechagi kunimdan ichimga sigʻmas darajada xursand edim. Bugun ham uni koʻrgim kelardi...

Jurnalist bilan boʻlgan intervyu chiqibdi. Ertalabdan qoʻngʻiroq tahmin qilganimday Samiya
-Sizga men kimman deb baqirdi
- Tinclikmi
- Sizdan soʻrayapman men siz uchun kim man
- Eng yaqin doʻstimsan nima boʻldi
-.....
Telefonni oʻchirib qoʻydi
Uni nimaga bunday qilganini va oʻzini bunday tutishining sababini bilsamda oʻzimni bilmaganga solardim. Uning arazlashi koʻpga choʻzilmasligini bilaman shuning uchun koʻp xavotir olmadim . Shu payt yana Nafisa koʻz oʻngimdan oʻtardi. Uni ishdan keyin koʻrgani borishni rejalashtirdim va kechga yaqin doʻkonga bordim. Hali ham doʻkonda mijozlar bor. Ularning ketishini kutib eshik tagidan uni kuzatardim. Nihoyat mijozlar ketishdi men esa endi kelganday oʻzimni koʻrsitib
- Yaxshi qiz menga oʻzizga oʻxshagan gul berolmaysizmi degandim orqasi bilan turgan Nafisa qoʻrqib sapchib tushdi
-Jinnimisiz nimaga odamni qoʻrqitasiz dedi
-Ha agar rostan bu paytda shunaqalar kelganida nima qilardiz??
- Gapizni shamol uchirsin bunaqalar kelmaydi dedi
- Undan koʻra kechgacha ishlamay ertaroq doʻkonni yoping shunda hech kim hech nima qilolmaydi
- Haa lekin... Mayli oʻzi tinchlikmi qaysi shamol uchirdi
- Gul doʻkondagi bir gulni shamoli uchirib shu yerga olib keldi

Davomi bor...

Muallif:#Salikha
46 views , 10:59
Ochish/sharhlash
2022-09-02 13:12:02 Hammaga salom kanalimizda comics nimaligini biladigan yozuvchilar bormi ?

Camentda yozilar
339 viewsJmk Abadiy ( Terabayt ), 10:12
Ochish/sharhlash
2022-09-01 12:17:49 Maroqli oqish tilaynan
1.9K views , 09:17
Ochish/sharhlash
2022-09-01 12:17:49 ........ Soʻnmas Sevgim .......

"K𝘦𝘭𝘢𝘴𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘥𝘢 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰'𝘭𝘢𝘺𝘭𝘪𝘬"

3-qism


Bu sir sinoatli hayotda yolgʻiz qolganimni eslatuvchi bir yomon tush koʻrdim Qoʻrqib uygʻonib ketdim. Qiz hali ham oʻziga kelganicha yoʻq. Meni hayolimda unga nimadir boʻlganga oʻxshab tuyulardi Lekin xayriyatki u koʻzini ochdi. Ammo hech ham gapirmay bir nuqtaga tikilgancha qotib turardi Uni chalgʻita olmadim menda yanada kuchli qoʻrquv uygʻonardi. Ilojsiz kun yarmiga kelib shifokor chaqirdim Uning aytishicha juda qoʻrqib ketgan hozir stress holatida qanday boʻlmasin uni bu holatdan chiqarishga harakat qiling. Boʻlgan nohush voqeani eslatmang. Shifokor ketdi ammo nima qilishni bilmay qoldim.

Eng avval hayolimga kelgan ish bu getarada kuy chalib kuylash boʻldi. Oʻzim sevgan kuyni chala boshladim va qoʻshiq xirgoya qildim Ammo u hali ham bir ahvolda yotardi. Uni na suv ichishga va na ovqatlanishga koʻndira oldim. Bir ogʻiz soʻz demasdi. Shu bilan kitob oʻqib berdim ammo oʻzgarish yoʻq. Kunni kech qildik u uxlab qoldi. Men esa nima qilishga hayron edim. Ertalab turganimda u hali ham uxlab yotardi. Xonadan endi chiqaman deganimda
-Kechirasiz men qayerdaman?
Degan ovoz keldi. Quvonganimdan
-meni uyimdasiz dedim
-Anniqrogʻi nima boʻlganini tushintirolmaysizmi???
-Avval siz oʻrningizdan turing qoʻl yuzingizni yuvib chiqing bafurja hammasini gapirib beraman. Ha aytgancha yuvinish xonasi oʻng qoʻl birinchi eshik
Qizga eʼtibor bermaganday xonadan chiqdim. Quvonchim ichimga sigʻmas edi. Shu 1 kun davomida qoʻl telefonim qayerdaligini bilmasdim. Telefon jiringlashidan u oshxonadaligini bildim. Qoʻngʻiroq qilayotgan Samiya ekan. Ulgurmadim oʻchdi. Kechadan buyon 21- oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroq ekan SMS lardan esa hozir telefonim portlasa kerak. Qaytib Samiyaga qoʻngʻiroq qildim.
-Alo
-Haa nega qoʻngʻiroqlarimga javob bermaysiz
-Tinchlan telefonim mashinada qolipti eshitmapman. Nima gaping bor edi?
-Qayerdasiz? Nega u qiz bilan ketdiz?
Oyoq qadamlarini eshtib darrov Samiyaga
-Mayli xayr keyin hammasini aytib beraman
- Shoshmaaaang...
Eshitmay qoʻngʻiroqni qoʻydim.
-Assalomu aleykum bezofta qilganim uchun uzr. Endi iltimos tushuntira olasizmi??
-Ha albatta avval keling nonushta qilaylik. Sizga barchasini dasturxon boshida aytib beraman
Men unga barchasini aytib berdim. U hatto baʼzi voqealarni eslolmadi. Eng asosiysi meni tanimadi ertalab gul doʻkonida koʻrgani esidan chiqibdi Eng asosiysi ismi Nafisa bolalar uyida katta boʻlganligini yoshi endi 20da ekanligini bildim. Maryam xola uni doʻkonga yaqinda ishga olgan ekan. Yana kechasi ofitsiantlik qiladigan restaran boshligʻi uni bayramga xizmatga yuborgan ekan va bu yogʻini hamma biladi. Oʻzi oʻqituvchilik yoʻnalishida Universitetda oʻqir ekan shu bahona tanishib oldik.
- Mayli sizga katta rahmat barcha yordamingiz uchun endi ketishim kerak.
- Meni oʻrnimda boshqa kishi boʻlsa ham xuddi shunday qilgan boʻlardi
- Ammo sizdan boshqa odam yordam bermadiku
- Hmmm...
-Men bora qolay siz bilan tanishganimdan xursand man
- Men ham Shoshmang oʻzim olib boraman
- Yoʻq rahmat oʻzim boraman
- Shu ahvolda-ya
Egnida hali ham oʻsha kiyim yengi qon boʻlgan. Noiloj rozi boʻldi. Uyi koʻp qavatli juda eski uyligi koʻrinib turardi. Ijaraga turar ekan. Yaqinda talabalar yotoqxonasiga koʻchishini aytdi. Shu bilan xayrlashdik u men bilan boshqa koʻrishmasligiga amin holda mashinadan tushdi. Men esa u bilan yana va yana koʻrishib shirin suhbat qurmoqchi edim. Hayollarimni boʻlgan qoʻngʻiroq ovozi qoʻrqitib yubordi.
- Eshtaman??? Ha xop hozir yetib boraman

Davomi bor...

Muallif:#Salikha
1.9K views , 09:17
Ochish/sharhlash
2022-09-01 12:17:49 ........ Soʻnmas Sevgim .......

"K𝘦𝘭𝘢𝘴𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘥𝘢 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰'𝘭𝘢𝘺𝘭𝘪𝘬"

2-qism

- Ha u kishi hozir kasalxonada biroz toblari boʻlmay qolgandi
- Ha unda menga 21 ta qizil atirgul oʻrab bering
Mayingina jilmayib
- xop deb gullarni taxlashga tushdi
U meni oʻziga shunchalik tordardiki koʻzlarimni uzolmay mahliyo boʻlib qolgandim Hayotimda yuzidan nur yogʻilib turgan qizni ilk bor uchratyapman. U esa menga eʼtibor ham qilmay oʻz ishini qilardi. Ichimda qandaydir begona tuygʻular paydo boʻldi. Nimaligini hech ham anglolmasdim.
Shu Hayollar bilan turgandim mayin ohangda
- Boʻldi mana tayyor sizdan ..... shuncha degan ovoz jarangladi va butun xayollarim uchib ketdi
- Rahmat deb ayta oldim xolos. Pulini berdimu doʻkondan chiqib ketdim. U yerdan chiqqach Samiyani oldiga borgim kelmasdi. Ammo bugun tugʻilgan kuni bormasam boʻlmaydi Shunday qilib Samiyani ham tabrikladim va uning yonidan chiqib jurnalist bilan suhbatga bordim. Mana hozir ham shu suhbat tugashini kutyapman ammo qoʻqqisdan
-Bu bizning oxirgi savol. Barchaga qiziq savollardan biri desam mubolagʻa boʻlmaydi. Sizning sevgan qizingiz bormi???
-.... Nima desam boʻladi haligi
- Eshtishimiz boʻyicha mashhur aktrisa Samiya Ibragimovna sizning sevgan qizingiz shumdaymi???
-Yoq yoo hali sevgan qizim yoq. Samiya bilan esa yaqin doʻstlarmiz xolos
-Mana shu bilan bugungi suhbatimiz ham tugadi tashrif uchun rahmat
-Sizga ham mezbonlik uchun katta rahmat ishlaringizga omad

KECHASI SAMIYANING TUGʻILGAN KUN BAZMI:

Samiya qoʻyarda qoʻymay tugʻilgan kun bazmiga chaqirib oldi Aslida bunaqa bazmlarga kamdan kam boraman. Men kelganda ancha mehmonlar kelib boʻlgan edi. Bazm avjida hamma oʻynab kulardi. Men ham doʻstlarim bilan suhbatlashib turgandim birdan yerga zarb bilan tushgan shisha ovozi eshitildi hamma jimib qoldi Bir ofitsiant qiz tizzalab shisha sinigʻini terardi. Uning tepasida vajohat bilan Akmal turardi. Bir qoʻli bilan ofitsiant qizni siltab oʻrnidan koʻtardi shisha siniqlari yana yoyilib ketdi. Akmal baqirgancha
- Senga bir kecha dedim nima oʻzingni olib qochib yaxshi qilib koʻrsatayapsan. Sendakalarni nechtasini bilaman avval nozlanib keyin karomatini koʻrsatadi. Qiz yigʻlagancha qoʻlini tortib olmoqchi edi ammo Akmal bir siltab uyga tomon torta boshladi. Sochilib ketgan shisha siniqlari qizni yaralagan shekilli qon oqardi. Men esa chidolmadim. Aslida Akmal bilan yaqin emas ammo salom alik qilib yuradigan doʻst edik. Ammo bugungi ishi oʻtib ketdi. Oʻzimni ushlab turolmay Akmalni bir musht urdimu qizni yetaklab chiqib ketdim. Hammani koʻzi shu tomoshada edi. Samiya orqamdan shoshma deb qoldi ammo men u qiz bilan chiqib ketdim. Mashinaga oʻtqizdim lekin qayerga ketishni bilmasdim. Bir necha daqiqa oʻtib ne koʻz bilan qarasamki yonimdagi qiz bugungi gul doʻkonidagi gulchi qiz.
Indamay toʻgʻri yoʻlda xaydab borardim. Qiz esa yigʻlagancha uxlab qolibdi. Men esa uni manzilini bilmayman Uyga olib borishimga toʻgʻri keldi. Uni mehmonlar xonasiga chiqardim-u, qoʻlidagi qonlarni artib jarohatni tozalab bogʻlab qoʻydim. Shu lahza qiz shunchalik begʻubor koʻrinardiki xuddi yosh qizchalar kabi begʻam yotardi. Meni esa u kimligi nima uchun bunaqa ishlarda ishlashi qiziqtirardi Xayollar bilan unga termulib oʻziga tortib turgan jamoliga toʻymasdim Ammo zarrachalik bundan foydalanish niyatim yoq edi. Faqatgina unga termulib turgim kelardi. Ammo koʻzim ilinib boshimni qoʻlini yoniga qoʻyib uxlab qolipman

Davomi bor...

Muallif:#Salikha
1.7K views , 09:17
Ochish/sharhlash