Get Mystery Box with random crypto!

........ Soʻnmas Sevgim ....... 'K𝘦𝘭𝘢 | SeVgi HiKoYaLaRi

........ Soʻnmas Sevgim .......

"K𝘦𝘭𝘢𝘴𝘪 𝘩𝘢𝘺𝘰𝘵𝘥𝘢 𝘣𝘪𝘳𝘨𝘢 𝘣𝘰'𝘭𝘢𝘺𝘭𝘪𝘬"

2-qism

- Ha u kishi hozir kasalxonada biroz toblari boʻlmay qolgandi
- Ha unda menga 21 ta qizil atirgul oʻrab bering
Mayingina jilmayib
- xop deb gullarni taxlashga tushdi
U meni oʻziga shunchalik tordardiki koʻzlarimni uzolmay mahliyo boʻlib qolgandim Hayotimda yuzidan nur yogʻilib turgan qizni ilk bor uchratyapman. U esa menga eʼtibor ham qilmay oʻz ishini qilardi. Ichimda qandaydir begona tuygʻular paydo boʻldi. Nimaligini hech ham anglolmasdim.
Shu Hayollar bilan turgandim mayin ohangda
- Boʻldi mana tayyor sizdan ..... shuncha degan ovoz jarangladi va butun xayollarim uchib ketdi
- Rahmat deb ayta oldim xolos. Pulini berdimu doʻkondan chiqib ketdim. U yerdan chiqqach Samiyani oldiga borgim kelmasdi. Ammo bugun tugʻilgan kuni bormasam boʻlmaydi Shunday qilib Samiyani ham tabrikladim va uning yonidan chiqib jurnalist bilan suhbatga bordim. Mana hozir ham shu suhbat tugashini kutyapman ammo qoʻqqisdan
-Bu bizning oxirgi savol. Barchaga qiziq savollardan biri desam mubolagʻa boʻlmaydi. Sizning sevgan qizingiz bormi???
-.... Nima desam boʻladi haligi
- Eshtishimiz boʻyicha mashhur aktrisa Samiya Ibragimovna sizning sevgan qizingiz shumdaymi???
-Yoq yoo hali sevgan qizim yoq. Samiya bilan esa yaqin doʻstlarmiz xolos
-Mana shu bilan bugungi suhbatimiz ham tugadi tashrif uchun rahmat
-Sizga ham mezbonlik uchun katta rahmat ishlaringizga omad

KECHASI SAMIYANING TUGʻILGAN KUN BAZMI:

Samiya qoʻyarda qoʻymay tugʻilgan kun bazmiga chaqirib oldi Aslida bunaqa bazmlarga kamdan kam boraman. Men kelganda ancha mehmonlar kelib boʻlgan edi. Bazm avjida hamma oʻynab kulardi. Men ham doʻstlarim bilan suhbatlashib turgandim birdan yerga zarb bilan tushgan shisha ovozi eshitildi hamma jimib qoldi Bir ofitsiant qiz tizzalab shisha sinigʻini terardi. Uning tepasida vajohat bilan Akmal turardi. Bir qoʻli bilan ofitsiant qizni siltab oʻrnidan koʻtardi shisha siniqlari yana yoyilib ketdi. Akmal baqirgancha
- Senga bir kecha dedim nima oʻzingni olib qochib yaxshi qilib koʻrsatayapsan. Sendakalarni nechtasini bilaman avval nozlanib keyin karomatini koʻrsatadi. Qiz yigʻlagancha qoʻlini tortib olmoqchi edi ammo Akmal bir siltab uyga tomon torta boshladi. Sochilib ketgan shisha siniqlari qizni yaralagan shekilli qon oqardi. Men esa chidolmadim. Aslida Akmal bilan yaqin emas ammo salom alik qilib yuradigan doʻst edik. Ammo bugungi ishi oʻtib ketdi. Oʻzimni ushlab turolmay Akmalni bir musht urdimu qizni yetaklab chiqib ketdim. Hammani koʻzi shu tomoshada edi. Samiya orqamdan shoshma deb qoldi ammo men u qiz bilan chiqib ketdim. Mashinaga oʻtqizdim lekin qayerga ketishni bilmasdim. Bir necha daqiqa oʻtib ne koʻz bilan qarasamki yonimdagi qiz bugungi gul doʻkonidagi gulchi qiz.
Indamay toʻgʻri yoʻlda xaydab borardim. Qiz esa yigʻlagancha uxlab qolibdi. Men esa uni manzilini bilmayman Uyga olib borishimga toʻgʻri keldi. Uni mehmonlar xonasiga chiqardim-u, qoʻlidagi qonlarni artib jarohatni tozalab bogʻlab qoʻydim. Shu lahza qiz shunchalik begʻubor koʻrinardiki xuddi yosh qizchalar kabi begʻam yotardi. Meni esa u kimligi nima uchun bunaqa ishlarda ishlashi qiziqtirardi Xayollar bilan unga termulib oʻziga tortib turgan jamoliga toʻymasdim Ammo zarrachalik bundan foydalanish niyatim yoq edi. Faqatgina unga termulib turgim kelardi. Ammo koʻzim ilinib boshimni qoʻlini yoniga qoʻyib uxlab qolipman

Davomi bor...

Muallif:#Salikha