Get Mystery Box with random crypto!

by honeybee

Telegram kanalining logotibi byhoneybee — by honeybee B
Telegram kanalining logotibi byhoneybee — by honeybee
Kanal manzili: @byhoneybee
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 492
Kanalning ta’rifi

Birinchi post: https://t.me/byhoneybee/15
Founder of - @honeybee_academy
girl’s zone 🥑 - https://t.me/ r5smHkgb5ZpmZTdi
Avval o’zimga, keyin sizga.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-29 12:41:06
#bilibolganyaxshi

Eng yaxshi nonushta bo’ladigan superfood

Rasmda superfoodlarga kiruvchi mahsulotlarning bir qismi bor (avakadoni sinab ko’rmaganlar, yeb ham ko’rmanglar, xo’p )

Chia seeds - ya’ni chia urug’ida eng asosiysi B guruhiga kiruvchi niatsin bor. Natriy, Omega-3, fosfor, temir, selenni aytmasa ham bo’ladi. 100 gr mahsulotda 15 gr oqsil bor. Tanadan xolesterin, toksin, kanserogenlarni chiqarib tashlaydi. Qandli diabetda ham qondagi qand miqdorini me’yorda ushlab turadi.

Buni o’zini yesa ham bo’ladi. Ammo bitta yeb qaytib yemasligingiz oldini olish uchun pudding qilib yegan yaxshiroq. Buning uchun:

2 osh qoshiq chia seeds
sut 100 gramm
asal 1 choyqoshiq
banan yarimta

Hozir qayerdan olgansiz so’raysiz. Ko’p joydan olsa bo’ladi. Shaxsan men https://t.me/banafa_uz dan olganman.

@byhoneybee
173 viewshoneybee, 09:41
Ochish/sharhlash
2022-12-29 10:10:58 Foydali kanallar ro’yhati

https://t.me/hadis_ilmi_Shayx_Muhiddin_domla

https://t.me/tartil_asoslari_nuralikhuja

https://t.me/qiyomat_alomatlari_nuralikhuja

https://t.me/mabdaulqiraat

https://t.me/aqiydatut_tahoviya

https://t.me/fiqhulakbarkitobi

https://t.me/kaboirkitobi

https://t.me/bidatkitobi

https://t.me/jannatvadozahsifatlari

https://t.me/fitnalarkitobi

https://t.me/mabdaun_nahv

https://t.me/maqsud_sarf_darsligi

https://t.me/at_talvih_fiy_sharhil_fasiyh

https://t.me/sharhi_miat_amil

https://t.me/nuruliyzoh

https://t.me/olim_va_qabr

https://t.me/hanafiyfiqhi_nuralikhuja

https://t.me/aqiyda_at_Tahoviyya

https://t.me/on_xil_qiroat

https://t.me/ar_rahiq_ul_maxtum

https://t.me/on_xil_qiroat

Go’yibonaga cheksiz minnatdorchiligimizni bildiramiz
https://t.me/+Nlkgi7IhBcg4YmQy
158 viewshoneybee, edited  07:10
Ochish/sharhlash
2022-12-28 15:14:33
​Muslima ayolning asl vazifasi onalikdir. 10 ta universitetni tamomlagan boʻlsa ham, asl vazifasi onalik boʻlib qolaveradi. Shuningdek, asl vazifasi onalik degani, uyga mahkum boʻlib qolishini anglatmaydi.

Bolaga onaga qarab baho berganlaridek, onaga ham bolaga qarab baho beradilar.

@byhoneybee
170 viewshoneybee, edited  12:14
Ochish/sharhlash
2022-12-28 09:20:53 #readyourself

Kitob mutolaasi ko‘ngil xohishi bilan bog‘liq mashg‘ulot. Albatta, hech kim birovni kitob o‘qishga majburlay olmaydi. Aksincha, mutolaaga da’vat etish mumkin xolos.

Kitob o‘qimagan odam yashay olmaydi degan gap yo‘q, ammo yashashda ham yashash bor-da! Kitoblar insonga o‘zlikni, dunyoni anglash, hayot mazmunini tushunish imkonini beradi. Kitob o’qishdan olinadigan umumiy maqsad, ilm olish albatta. Lekin kitob ilm beribgina qolmaydi, amalga ham undaydi.

Kitob so’z boyligini oshirishini, diqqatni jamlashini mendan ham yaxshi bilasiz. Barcha eng a’lo xislatlarni o’zida birlashtirgan yagona kitob - Qur’onligi ham sir emas.

O’qiyman, ammo eslab qolmayman deyishingiz mumkin. O’qib har bitta gapni eslab qolishingiz kerak degan qoida yo’q. Ba’zida 200 sahifalik kitobdan bir qator xulosa olinadi. Ikkita kitob o’qib, amallarimga ta’sir qilmayapti, foydasini sezmayapman deyishingiz ham mumkin. Siz o’qiyvering, hayotingizga qanday tatbiq qilayotganingizni o’zingiz sezmay qolasiz.

@byhoneybee
171 viewshoneybee, edited  06:20
Ochish/sharhlash
2022-12-27 20:00:17
Chiroq o’chganda laptopdagi klavishlar butun uyni yoritishga yetadi :)

@byhoneybee
170 viewshoneybee, 17:00
Ochish/sharhlash
2022-12-27 14:49:12 O’qiyversang, o’qiyversang.
Umring tugamasa.

@byhoneybee
181 viewshoneybee, 11:49
Ochish/sharhlash
2022-12-27 10:25:16
Seni kutishayotganini bilsang tezroq yura boshlaysan.

@byhoneybee
183 viewshoneybee, edited  07:25
Ochish/sharhlash