Get Mystery Box with random crypto!

#readyourself Kitob mutolaasi ko‘ngil xohishi bilan bog‘liq m | by honeybee

#readyourself

Kitob mutolaasi ko‘ngil xohishi bilan bog‘liq mashg‘ulot. Albatta, hech kim birovni kitob o‘qishga majburlay olmaydi. Aksincha, mutolaaga da’vat etish mumkin xolos.

Kitob o‘qimagan odam yashay olmaydi degan gap yo‘q, ammo yashashda ham yashash bor-da! Kitoblar insonga o‘zlikni, dunyoni anglash, hayot mazmunini tushunish imkonini beradi. Kitob o’qishdan olinadigan umumiy maqsad, ilm olish albatta. Lekin kitob ilm beribgina qolmaydi, amalga ham undaydi.

Kitob so’z boyligini oshirishini, diqqatni jamlashini mendan ham yaxshi bilasiz. Barcha eng a’lo xislatlarni o’zida birlashtirgan yagona kitob - Qur’onligi ham sir emas.

O’qiyman, ammo eslab qolmayman deyishingiz mumkin. O’qib har bitta gapni eslab qolishingiz kerak degan qoida yo’q. Ba’zida 200 sahifalik kitobdan bir qator xulosa olinadi. Ikkita kitob o’qib, amallarimga ta’sir qilmayapti, foydasini sezmayapman deyishingiz ham mumkin. Siz o’qiyvering, hayotingizga qanday tatbiq qilayotganingizni o’zingiz sezmay qolasiz.

@byhoneybee