Get Mystery Box with random crypto!

Bilimni baholash agentligi

Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi B
Telegram kanalining logotibi baholashuz — Bilimni baholash agentligi
Kanal manzili: @baholashuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 89.76K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-05-22 13:18:00
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda

Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi.

Bunda nomzodlarning:
tinglab tushunish
o‘qish
gapirish
so‘z boyligi va grammatika
yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi.

Test sinovi 13-iyunda tashkil etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 12-iyun ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m.

Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati).

Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

@bba_ilmiy_markaz

(95) 515-68-68

@IlmiyMarkazUz
9.2K views10:18
Ochish/sharhlash
2024-05-22 13:18:00
TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon uchun to‘lov my.uzbmb.uz (“Ilmiy markaz” bo‘limi) platformasi orqali amalga oshirilmoqda va 12-iyun soat 10:00 ga qadar davom etadi.

Imtihon 13-iyun kuni Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma'lum bo‘ladi.

TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)

Imtihon topshirish narxi 1 050 000 so‘m

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma

@dtmtoefl

(95) 515-68-68

@IlmiyMarkazUz
9.2K views10:18
Ochish/sharhlash
2024-05-21 13:36:49 Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 26-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
34.9K views10:36
Ochish/sharhlash
2024-05-21 12:45:36
Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 20-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bosh binosida aholi vakillari, talabalar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.1K views09:45
Ochish/sharhlash
2024-05-20 17:44:11
Bilimni baholash agentligi tomonidan har oy o‘tkazib kelinayotgan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar soni borgan sari oshib bormoqda.

Eng quvonarlisi, mazkur imtihonlarda yosh yigit-qizlar ham ishtirok etmoqda va chet tilidan tegishli sertifikatlarga ega bo‘lmoqda.

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
37.3K views14:44
Ochish/sharhlash
2024-05-20 14:17:33 Majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun telegram boti ishlamoqda!

Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMning bakalavriatiga kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlarini ishlash uchun @BMB_Quiz_bot telegram boti ishga tushirilgan.

Mazkur bot orqali majburiy fanlardan test topshiriqlarini elektron shaklda ishlash va bu orqali majburiy fanlardan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish mumkin.

Ushbu botning yangilangan variantini /start buyrug‘i orqali faollashtirish mumkin!

@BMB_Quiz_bot

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
34.0K views11:17
Ochish/sharhlash
2024-05-20 10:50:46
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 18-19-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 32,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 49 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
35.9K views07:50
Ochish/sharhlash
2024-05-19 08:58:00
#Sayyor_qabul

Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul

Bilimni baholash agentligi rahbariyati tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 20-may kuni soat 12:00 da – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti asosiy binosida bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
27.2K views05:58
Ochish/sharhlash
2024-05-18 09:28:40
#Video_chat   #Milliy_sertifikat   #Rash

Milliy sertifikat imtihonlarining natijalarini hisoblashda Rash modeli bo‘yicha 2024-yil 16-may kuni o‘tkazilgan videochat (2-qism)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10.5K views06:28
Ochish/sharhlash
2024-05-18 09:28:12
#Video_chat   #Milliy_sertifikat   #Rash

Milliy sertifikat imtihonlarining natijalarini hisoblashda Rash modeli bo‘yicha 2024-yil 16-may kuni o‘tkazilgan videochat (1-qism)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
10.2K views06:28
Ochish/sharhlash