2024-03-05 16:16:53
“
Uddaburon” talabgorlar imtihondan chetlatildi 2024-yil
3-mart kuni o‘tkazilgan
biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonida
25 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
Mazkur raqam boshqa imtihonlardagi qoidabuzarliklar sonidan anchagina ko‘p bo‘lib, ularning
barchasi telefon va aloqa vositalari bilan bog‘liq. Jumladan:
12 nafar talabgor imtihon o‘tkaziladigan binoga
telefon yoki aloqa vositalarini olib kirishga uringani uchun;
13 nafar talabgor imtihon vaqtida
telefon yoki aloqa vositalaridan foydalangani uchun chetlatilgan.
Shuningdek, telegram kanallarda rasmi tarqatilayotgan
biologiya fanidan savollar aks etgan
8311323 raqamli test topshiriqlari kitobi
Surxondaryo viloyatida imtihon ishtirok etgan talabgorga tegishli bo‘lib, mazkur talabgor ham imtihonda taqiqlangan vositalardan foydalangani aniqlanib, jarayondan chetlatilgan.
Bunda talabgor imtihonga aloqa qurilmasi bilan birga
kiyimga maxsus joylashtirilgan mini kamera bilan kirgan bo‘lib, test topshiriqlari kitobi ushbu mini kamera bilan rasmga tushirilgan.
Hurmatli talabgorlar! Turli qing‘ir yo‘llar bilan sertifikatga ega bo‘lishni emas, balki imtihonlarga puxta tayyorlangan holda o‘z bilimingiz bilan sertifikat olishni maqsad qiling. Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
36.3K views13:16