Get Mystery Box with random crypto!

#YODLAB_OLING 'Ulug'bek xazinasi' romanidan 'Sohibi toj so | BADIIY ASARLAR|AFROSIYOB

#YODLAB_OLING
"Ulug'bek xazinasi" romanidan

"Sohibi toj so'zi bu ulamoyi kiromlar uchun vojib ul-imtisoldir" deb kim aytgan?
J: Mirzo Ulug'bek
"Fozil-u fuzalo qorong'ida adashib yurgan bashariyatning qo'lidagi yorug' mash'aldur" deb kim aytadi?
J: Ulug'bek
Tarnob jangida muzaffar yorlig'i kimning nomiga bitilgan edi?
J: Abdulaziz
Ulug'bek qaysi qal'adagi Amir Temur tillalarini Abdullatifdan tortib olgan edi?
J: Ixtiyoriddin qal'asida
"Ota rozi—Xudo rozi" deb kim aytadi?
J: Ulug'bek
"Al qasos ul-minalhaq" deb kim aytadi?
J: Ulug'bek
Ali Qushchi bilan to'rt tuyani yetaklab Urgut tog'lariga ketayotgan Ulug'bek madrasasining o'n olti-o'n yetti yashar mullavachchasi kim?
J: Miram Chalabiy
Abu Rayhon Beruniyning qaysi kitoblari bir qop bo'ldi?
J: "Al-Qonun al-Ma'sudiy"
"Mezon ul-hikmat"
"Kitob us-saydana"
Abu Ali Ibn Sinoning qaysi kitoblarini qopga joylashdi?
J: "Kitob ush-shifo"
"Kitob un-najot"
Bo'lakcha ishlov berilib, qog'ozday mayinlashtirilgan ohu terisiga ko'chirtirilgan Ulug'bekning suyukli risolasi qaysi?
J: "Devonu lug'otit-turk"
"Riyoziyot"ni kim bitgan?
J: jannatmakon Qozizoda Rumiy
Xorazmiyning "Al jabr val-muqobala" si nimaga o'ralgandi?
J: baxmalga
Ali Qushchi tanlab olgan asarlar necha qop chiqdi?
J: qirq qopdan oshiq
Ali Qushchi "Ajdar qush"ni qachon ko'rgan edi?
J: o'n besh-o'n olti yil avval
Mirzo Ulug'bek qaysi ovni yaxshi ko'rardi?
J: arxar ovini
Ulug'bek arxar oviga ellik chog'li yigiti bilan kuz faslida qayerga boradi?
J: Urgut tog'lariga
Ali Qushchi " Shohizinda" qabristoni yaqinida uchratgan, paxtasi chiqib ketgan eski takya kiygan bu "gado", dorussaltanada nomi chiqqan bu shoir kim edi?
J: Miryusuf Xilvatiy
"Sabab gulday' deb qayer tasvirlanadi?
J: Yassi
Ravishlari pok, nafaslari otashok kim?
J: Ahmad Yassaviy
Temur Samarqandiy necha yoshda edi?
J: 80 yosh

BOSHQALARGA HAM ULASHING!
@BADIIY ASARLAR

Eng sara kanallarimizga a'zo bo'ling!

Ona tili | Badiiy | Quiz | Motivatsiya