Get Mystery Box with random crypto!

#YODLAB_OLING 'Ulug'bek xazinasi' romanidan Ulug'bek Abdu | BADIIY ASARLAR|AFROSIYOB

#YODLAB_OLING
"Ulug'bek xazinasi" romanidan

Ulug'bek Abdullatifga yo'llagan ikki maktubida nimalarni so'ragan edi?
J: 1-qolgan umrini ilm-ma'rifatfa bag'ishlashga imkon berishini
2-otalik nasihatini qilmoqchi, adolatga chaqirmoqchi
Abdullatif o'tkazgan xutbada kim unga yukunib, a'lo hazratlaridan xun dovlagan edi?
J: Sayid Abbod
Sayid Abbosning soxta dovini birgina kim rad qilgan?
J: Xoja Miskin
Bo'tako'zli ma'yus kanizak kimning darsxonasid ta'lim olgan muslimalardan edi?
J: Mavlono Muhiddin
Mirzo Ulug'bekka qarigan chog'ida hayot in'om etgan bir oftob kim?
J: bo'tako'zli ma'yus kanizak
Dorussaltana qoziyul quzzoti kim?
J: Xoja Miskin
"Murofaa" so'zining ma'nosi nima?
J: diniy sud
Ulug'bek shahzodani so'raganida, kim "ul shahnatun najaf dahriy shoh ila yuzlashmoqni gunohi azim, deb biladur" deb aytadi?
J: Shayx
"Mo'minlarni yo'ldan urgan murtadni murtad demoq gunoh emas, savobi azim" erur, - deb kim aytadi?
J: Shayx
"Yaxshilik ham, yomonlik ham—bari Allohdandir" deb kim aytgan?
J: Shayx
Ilm o'rganmoq har bir erkak va ayolga farzdir", deb kim aytgan?
J: Ulug'bek
O'rta bo'y, to'ladan kelgan, bitta ham oq tushmagan saqichday qop-qora soqoli ko'kragini qoplagan, tasbeh o'girgan yo'g'on, kalta barmoqli inson kim?
J: Eshon Ubaydullo Xo'ja Ahror
Ulug'bekning xayolidan "Bul shayx ul-mashoyix ham Shoshdan yetib kelibdur-da" degan fikr o'tganda kimni nazarda tutadi?
J: Ubaydullo Xo'ja Ahror
Nimasi bilandir Amir Temurga o'xshagan, bobosiday novcha, qotma, qiyg'ir burun, ko'zlari sal qisiq, alang-jalang ko'zida bobosiga yot bo'lgan allaqanday sarosima bo'lgan shaxs kim?
J: Abdullatif
"Bu toj-u taxtd ne sehr, ne sir-asror bor ekankim, unga o'ltirgan har bir kimsa darhol o'zgaradi" deb kim aytgan?
J: Ulug'bek
Ulug'bekning fikricha, "qora burgut" kim?
J: Abdullatif
Amir ush-shuaro kim?
J: Umar Xayyom
Abdullatifdan shafqat tilamoq ajdahodan jon tilamoq bilan barobar ekanligini kim aytgan?
J: Ulug'bek
Bir qinga ikki qilich sig'maydi deb qo'rqqan shaxs kim?
J: Abdullatif
"Fatvoi ulamo—muhri Xudodir" deb kim aytadi?
J: Abdullatif

BOSHQALARGA HAM ULASHING!
@BADIIY ASARLAR

Eng sara kanallarimizga a'zo bo'ling!

Ona tili | Badiiy | Quiz | Motivatsiya