Get Mystery Box with random crypto!

#YODLAB_OLING 'Ulug'bek xazinasi' romanidan Qalabdarga hu | BADIIY ASARLAR|AFROSIYOB

#YODLAB_OLING
"Ulug'bek xazinasi" romanidan

Qalabdarga hush kelgan aka-uka temirchilar kimlar?
J: Bosqonbek, Qalqonbek
Usta to'rtta tuyani qayerdan topib keladi?
J: Zarafshon sohilidan
Xo'ja Bahovuddin hazratlariga yetti tanga atagan obraz qaysi?
J: Xurshida Bonu
Bonuning eri kimning farzandi edi?
J: Amir Ibrohimbekning o'g'li
Ulug'bekning eng yaqib muqarrabi bo'lgan, hamisha Ulug'bek bilan yurgan va oxirida unga xiyonat qilgan shaxs kim?
J: Amir Sulton Jondor
Elliklarga borgan, chuvakkina, nihoyatda muloyim bir odam kim?
J: Shohizinda xojalaridan Muhammad Xisrav
"Bog'i maydon"ning qoq o'rtasida qanday koshona bo'lar edi?
J: "Chil ustun" koshonasi
"—Haqiqat nedur?
—Dedikim:ilmdur.
—Dedilar:ilm nedur?
—Dedikim:haqiqatdur!", deb kim aytgan?
J: Abubakir Tohir Abhariy
Barcha nodir kitoblar necha tuya, necha sandiqqa joylandi?
J: o'n olti sandiq, to'rt tuya
Qalandar Qarnoqiy Ali Qushchilarni qaysi tog' etagida kutib oldi?
J: Ko'hak tog'i etagida
"Vodarig'! Nechun shunday! Nechun bu koinot, bu tabiat, bu qir va adirlar bunday sof va musaffo! Nechun odamlar bunday nopok, nosamimiy yashaydilar? Shon shuhrat, toj-u taxt uchun bu yolg'on dunyoda bir-biriga shunchalar nobakorlik qiladilar, bir-birini ko'rolmaydilar" gapi asarda kim tomonidan aytiladi?
J: Ali Qushchi
Ali Qushchi va Ulug'bek oxirgi marta qayerda ko'rishib qolishdi?
J: Dimishq da
Qachon Ulug'bek va Ali selda qolgan edi?
J: arxar ovida
Ali va Mavlono Muhiddin necha yil bi rmadrasada tshsil ko'rib, mudarrislik qilishdi?
J: yigirma yil
Ulug'bek qayerdagi madrasaning tuprog'ini yalab o'tmoqchi ekanligini aytadi?
J: Istambul yo Qohira
"Maydonga tushgan alp manglayini qashimaydur" gapi kim tomonidan aytiladi?
J: Ali Qushchi
Ulug'bek qachon hammomga tushgan odamday yengil tortdi?
J: Ali Qushchilar bilan xayrlashib, Kesh yo'liga chiqib olganda
Burni puchuq tund yuzi, qora telpakli katta boshi gulxan shu'lasida Ulug'bekka qora quzg'unday ko'ringan shaxs kim?
J: Sayid Abbos
Ulug'bekka "Yulduzlar—osmonda uchib yurgan Xudoning farishtalaridur! Farishtalar mehribon bo'ladur. Uyqung kelmasa, yulduzlarga qaraysen" deb kim aytadi?
J: Saroymulk xonim
Mavlono Muhiddin Ulug'bek o'lganini kimdan eshitadi?
J: Salohiddin zargar

BOSHQALARGA HAM ULASHING!
@BADIIY ASARLAR

Eng sara kanallarimizga a'zo bo'ling!

Ona tili | Badiiy | Quiz | Motivatsiya