Get Mystery Box with random crypto!

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti A
Telegram kanalining logotibi avloniyuz — A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti
Kanal manzili: @avloniyuz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 116.73K
Kanalning ta’rifi

Facebook
https://www.facebook.com/avloniy.uz
Website
http://avloniy.uz/
YouTube
https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA
Қайта тайёрлов:
https://t.me/avloniy_qayta_tayyorlov
LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-18 10:29:06
#tinglovchi_fikri

Menejerlik o'quv kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar ushbu kurslar haqida qanday fikrda?

Batafsil videolavhada

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube   |  Instagram
10.8K views07:29
Ochish/sharhlash
2024-05-15 20:28:52
#yangiliklar
#xalqaro_hamkorlik
#Ozarbayjon

Baku shahrida hamkorlik memorandumi imzolandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari S.Radjabov boshchiligidagi delegatsiyaning Bakuga tashrifi doirasida А.Аvloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori А.Ismailov Ozarbayjon Respublikasi Taʼlim institutida bo‘lib, faoliyati bilan tanishdi.

Ozarbayjon Respublikasi Taʼlim instituti rektori Аliyev Elnur Gazanfar o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Xususan, maktab rahbarlari salohiyatini rivojlantirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy taʼminotni yaxshilash, shuningdek, baholash natijalaridan rivojlanish maqsadlarida foydalanishda tajribalar almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring


Telegram | Facebook
YouTube | Instagram
23.7K views17:28
Ochish/sharhlash
2024-05-15 19:01:02
#Jonli_efir

Hurmatli pedagoglar!


Ertaga — 16-may kuni soat 12:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.

Xususan:

9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari uchun belgilangan fanlar va imtihonlarning bo‘lib o‘tish tartibi, sanalari,

Imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, imtihon savollari spesifikatsiyasining ishlab chiqish jarayonlari,

Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga yakuniy attestatsiya imtihonlarida beriladigan imtiyozlar,

Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga taqdim etiladigan oltin va kumush medallarining berilish tartibi va shartlari haqida so'z yuritiladi.

Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.

Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
17.8K views16:01
Ochish/sharhlash
2024-05-15 17:49:45
#yangiliklar_Ozarbayjon

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘yicha delegatsiya aʼzolari xizmat safari bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turibdi.

Bugun Baku shahrida o‘tkazilayotgan PISA bo‘yicha II ICESCO vazirlar konferensiyasida A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining rektori, PISA boshqaruv kengashi aʼzosi A.Ismailov "Maktabda taʼlim olish muhiti hamda o‘quvchilarning osoyishtaligi” mavzusida taqdimot qildi.

Konferensiya tafsilotlari to‘g‘risida keyingi postlarda.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube | Instagram
27.8K views14:49
Ochish/sharhlash
2024-05-15 13:57:21
DIQQAT!

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA PSIXOLOG SIFATIDA FAOLIYAT YURITISH ISTAGIDAGILAR UCHUN YANGILIK

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti umumta'lim maktablari psixologi huquqini berish bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi.

Kursga qabul qilinishingiz uchun oliy ma’lumotli pedagog (5 yillik, bakalavr yoki magistr) bo‘lishingizning o‘zi kifoya!

Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67(2)
yoki
telegram: https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul

Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham ma'lumotlar olishingiz mukmkin!

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
22.3K viewsedited  10:57
Ochish/sharhlash
2024-05-14 12:21:18
#onlayn_kurslar

DOQQAT!

”Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasidagi malaka oshirish kurslari faollashtirilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug’iga muvofiq malaka oshirish yo’nalishlari bo’yicha tayanch muassasalar belgilangan bo’lib, ular tomonidan malaka oshirish kurslari uchun kontentlar ishlab chiqish belgilangan.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida birinchi navbatda quyidagi fanlar bo’yicha kurslar faollashtirildi:

Iqtisodiy bilim asoslari
Nemis tili


Qolgan fanlar bo'yicha ham malaka oshirish kurslari bosqichma-bosqich faollashtirib borilishini ma’lum qilamiz.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
34.5K viewsedited  09:21
Ochish/sharhlash
2024-05-13 14:54:05 DIQQAT!

BIOLOGIYA FANIDAN DARS BERISH HUQUQIGA EGA BO'LISHNI ISTAYSIZMI?

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti umumta'lim maktablarida biologiya fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarini e’lon qiladi

Bunda quyidagi oliy ma’lumotli mutaxassislar qayta tayyorlash kurslarida o‘qishlari mumkin:

Ekologiya va tabiatdan foydalanish
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Genetika
Farmatsiya
Agronomiya
Davolash ishi
Biologiya (turlari bo‘yicha)
Zootexnika
Veterinariya

Tuproqshunoslik
Ekologiya (5 yillik)
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (5 yillik)


Murojaat uchun
telefon: (55) 508-06-67(2)
yoki
telegram: https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul

Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham ma'lumotlar olishingiz mukmkin!

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram
28.9K viewsedited  11:54
Ochish/sharhlash
2024-05-11 20:31:35
Barcha muhandislik yo'nalishi talabalariga grant ajratiladi

Barchamizga ma'lumki, hozirda davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik ta'lim yo'nalishlariga juda katta e'tibor qaratilmoqda.

Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev huzurida o'tkazilgan taqdimotda mamlakatimizda yiliga 3 mingdan ziyod sanoat korxonalari tashkil etilib, ularda yiliga 25 mingdan ziyod muhandis va texnologlarga ehtiyoj borligi aytildi.

Shu maqsadda keyingi o'quv yilidan Mexanika muhandisligi hamda Kimyo va materialshunoslik muhandisligi ta'lim dasturlarida tahsil oluvchi talabalarning barchasiga 4 yillik 40% grant ajratiladi.

Bundan tashqari talabalar bir yillik 50%, 70% va 100% lik grant asosida ham tahsil olishlari mumkin.

O'qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply

Kvota doirasida joylar soni chegaralangan. Hoziroq o'qishga ariza topshiring va o'z grant joyingizni band qiling.

English

#Qabul2024 #admission2024 #grant

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
13.6K views17:31
Ochish/sharhlash
2024-05-11 18:38:10
#PISA_2025_tajriba_sinov

PISA 2025 tadqiqoti doirasida tajriba-sinov jarayonlari davom etmoqda


Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi 103-son IDUM maktab o’quvchilari ham PISA 2025 tajriba sinovda ishtirok etdi.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube   |  Instagram
17.0K views15:38
Ochish/sharhlash
2024-05-10 17:09:21
Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilarining yakuniy sinovlari boshlandi

Kurs tinglovchilari tanlanma mavzular doirasida tadqiqot ishini olib borib, muammoli vaziyatlarni o‘rgandilar hamda ularga yechim topishda mahalliy va xorijiy tajribalarni tahlil qilib, yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdilar.

Bugun nomzodlar mazkur mavzulari doirasida amaliy topshiriqlar taqdimotini himoya qildilar.

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube | Instagram
22.9K views14:09
Ochish/sharhlash