Get Mystery Box with random crypto!

#Jonli_efir Hurmatli pedagoglar! Ertaga — 16-may kuni so | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

#Jonli_efir

Hurmatli pedagoglar!


Ertaga — 16-may kuni soat 12:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.

Xususan:

9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari uchun belgilangan fanlar va imtihonlarning bo‘lib o‘tish tartibi, sanalari,

Imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, imtihon savollari spesifikatsiyasining ishlab chiqish jarayonlari,

Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga yakuniy attestatsiya imtihonlarida beriladigan imtiyozlar,

Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga taqdim etiladigan oltin va kumush medallarining berilish tartibi va shartlari haqida so'z yuritiladi.

Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.

Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin