Get Mystery Box with random crypto!

Anvarov’s blog

Telegram kanalining logotibi anvarovsblog — Anvarov’s blog A
Telegram kanalining logotibi anvarovsblog — Anvarov’s blog
Kanal manzili: @anvarovsblog
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 45.97K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanish bo’yicha ustoz va ijtimoiy loyihalar asoschisi.
“Yonish kerak, yondirish kerak”
Hamkorlik | Reklama : @aj_reklama

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-15 15:09:15 Guys, maqollarni kitob, mutolaaga moslab o’zgartirish kerak. Kimda qanday g’oya bor?

Masalan:
Gap desa qop-qop,
Mutolaa desa - betob

Kimda bundan-da kreativroq taklif bor?
9.4K views12:09
Ochish/sharhlash
2024-05-15 08:38:46 — Tarixdagi biror shaxs bilan uchrashib, birga suhbatlashish imkoni bo’lganida, kim bilan suhbatlashishni tanlagan bo’lardingiz?

@anvarovsblog
10.9K views05:38
Ochish/sharhlash
2024-05-14 21:52:33
12.2K views18:52
Ochish/sharhlash
2024-05-14 19:13:27
Bu shart esingizdami? Yuborgan gullarim onalarga yetib boribdi :)

@anvarovsblog
12.1K views16:13
Ochish/sharhlash
2024-05-14 16:12:51 Stress. Depressiya. Apatiya.

Bular qanday tushuncha o'zi?
Ular bir-biridan farq qiladimi?

Hozirgi kungi hayotimizda yuqoridagi "stess, depressiya, apatiya" so'zlariga juda ko'p duch kelyabmiz. Insonlar o'zlarining negativ emotsional holatlarini shu so'zlar bilan ta'riflashga ancha o'rganib qolmoqdalar.

Xo'sh, aslida hamma ham o'sha so'zlar orqali ifodalanayotkan holatni aniq tushunadimi? Keling birma-bir ko'rib chiqamiz.

-Stress. U organizmning jismoniy yoki psixologik bosimlarga reaksiyasi. Stressni o'zining har xil turlari bor bo'lib, ular ham turli xil bo'lishi mumkin. Masalan: ishdan/o'qishdan olingan stress, munosabatlar stressi, hayotdagi muammolar beradigan bosim sabab paydo bo'ladigan stress va hokazo. Stressning eng ko'p uchraydigan alomatlari - ko'p bezovtalik, biror mashg'ulotga aniq diqqat qarata olmaslik va kuchli charchoq bo'lishi mumkin.

-Depressiya. Ko'pchilik stress va depressiyaning farqi nimada ekanligini bilmaydi. Depressiya bu - kunlab davom etadigan kayfiyatsizlik, umidsizlik, xursandchilik his qilolmaslik va hayotga bo'lgan qiziqishning yo'qolishi bilan belgilanadigan ruhiy holat. Bu holatni boshdan o'tkizayotkan insonlar oddiy narsalardan ham zavqlana olish hissini yo'qotadilar. O'zlarini qo'lga olmaguncha xotira va diqqat muammolari, uyqusizlik yoki haddan tashqari uyquchanlik, ishtaha yo'qolishlari, ba'zi vaqtlar hattoki o'z joniga qasd qilish fikrlari kabi jiddiy jarayonlardan ham o'tishlari mumkin.

-Apatiya. Odamdagi qiziqish va motivatsiyaning umuman yo'qolishi yoki sezilarli darajada pasayishi bilan belgilanadi. Bu insonda - hayotga, atrofdagi voqealarga nisbatan anchayin befarqlik holati. Apatiya ko'p xollarda depressiya bilan bog'liq bo'ladi. Uzoqroq vaqtli depressiyani boshdan o'tkazgan inson apatiya holatiga tushib qolish ehtimoli katta. Ya'ni endi unga atrof muhit, insonlar hayoti, o'zining keyingi hayoti deyarli qiziq bo'lmay qoladi. Hayotning rang barang ranglarini faqat bitta - kulrang rangida ko'rayotkandek hisob.

Menimcha endi bu 3 xil tushunchaning aniq belgilarini yaxshiroq anglab oldingiz.

@anvarovsblog
13.1K views13:12
Ochish/sharhlash
2024-05-14 15:56:19 Anchadan beri long-read postlar yozmagandim ekan, bugun ko'pchilik chalkashadigan mavzuda yozdim - depressiya, stress, apatiya...

Mashetta bo'selar bittadan yurakcha bossangiz va u 777ta bo'lsa, yuboraman
12.4K views12:56
Ochish/sharhlash
2024-05-14 15:38:54 Hozirgi kunda eng ko'p nimani his qilyabsiz?
12.7K views12:38
Ochish/sharhlash
2024-05-14 13:59:42 Ayni kunda qaysi kitobni mutolaa qilyabsiz?
13.1K views10:59
Ochish/sharhlash
2024-05-13 08:04:16 U avval o’zi videoxabar yubordi, keyin esa jiyanini rasmini yuborgandi, jiyan rasmiga 3 barobar ko’p reaksiyalar bosildi, so’ngra u “bu hayotda nimanidur xato qilyabman” deb, postlarni o’chirib yubordi. Ha azizlar…
14.5K views05:04
Ochish/sharhlash
2024-05-12 19:26:22 Kitobli o’yinlarni sog’inganlar, bitta “olovli yurakcha ” bosib qo’ysin, ertaga batafsil gaplashamiz :)

@anvarovsblog
14.8K views16:26
Ochish/sharhlash