Get Mystery Box with random crypto!

Anvarov’s blog

Telegram kanalining logotibi anvarovsblog — Anvarov’s blog A
Telegram kanalining logotibi anvarovsblog — Anvarov’s blog
Kanal manzili: @anvarovsblog
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.28K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanish bo’yicha ustoz va ijtimoiy loyihalar asoschisi.
“Yonish kerak, yondirish kerak”
Hamkorlik | Reklama : @aj_reklama

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-05-24 16:23:25 "O'qishni bilsangiz, har bir inson bir kitobdir"

-Ali ibn Abu Tolib

Shunda, siz o'qigan eng yaxshi kitob qaysi?

@anvarovsblog
10.1K views13:23
Ochish/sharhlash
2024-05-24 09:10:08
Yuragi boʻshlar koʻrmasin, sevib qolishi mumkin!

@anvarovsblog
11.4K views06:10
Ochish/sharhlash
2024-05-24 06:46:09 Ajoyib bir tush ko’ribman, uyg’onib ketdim…

O’zi nasib qildirdi, bugun tushumda onamni ko’rdim. Ora-orada tushlarimda mehmon bo’lib turadilar, har doim juma kuni ko’raman, tong vaqtiga yaqin qolganida keladilar.

Bugun bir ajoyib suhbat qilibmiz:
Tushimda onam bilan birga doktorga boribmiz va qandaydir tashxisdan keyin onam menga qarab “O’g’lim, doktorni aytishicha men yurolmaydigan bo’lib qolaman ekan, oyoqlarim ishlamay qolarkan” dedilar, keyin men o’ylanib o’tirmay “Ona, butun umr yelkamda ko’tarib yurishga tayyorman, yonimda duo qilib, hayot bo’lsangiz bas” debman…

Shu suhbatdan keyin onam erkalab peshonamdan o’pdilar va biroz sayr qildik, keyin uyg’onib ketdim.

Eng katta xulosam shunda-ki, siz ota yoki onangizni yo’qotganingizdan keyin “qani endi ular tirik bo’lsalar… Qo’l-oyoqlari ishlamay, faqat imo-ishora bilan yashaydigan bo’lganida ham boshimda ko’tarib yurardim, bor imkonim bilan xizmatini qilardim” deb qolasiz ekan…

Lekin, tiriklik vaqtlarida bularni anglab yetish va ularni qadrini bilib, tushunish hammaga ham nasib qilmas ekan…

Xulosa o’zingizdan! Afsus qilib qoladiganlardan bo’lmang.

Xabar oling, yaxshi ko’rishingizni ayting.

@anvarovsblog
12.0K views03:46
Ochish/sharhlash
2024-05-21 20:45:53
2 hafta, cheksiz ovqat, telefon va intenetsiz…

Borarmidingiz?

Ha
Yo’q

@anvarovsblog
14.8K views17:45
Ochish/sharhlash
2024-05-21 20:24:27
Kimdur: Mushaklariz baquvvat ekan, necha kilo tosh ko’tarasiz?

Men ko’taradigan “toshlar” :
15.1K views17:24
Ochish/sharhlash
2024-05-21 17:38:16
16.9K views14:38
Ochish/sharhlash
2024-05-21 14:13:12 Takliflarni hammasini o’qib chiqdim, kechroq biror reja qilamiz)
16.4K views11:13
Ochish/sharhlash
2024-05-21 13:27:23 Hozir Sergeli tarafdan ofisga qaytyotgandim, tasodifan “mardikor bozor” yonidan o’tib qoldim…

40-50 nafar zabardast erkaklar, yigitlar turibdi, o’tgan-ketgan mashinaga nazar solib, umid bilan…

Qani endi kimdur kelsa-yu, biror ishni qildirish uchun olib ketsa.

Kun yakuniga yetay deb qoldi, shu sabab hammasini kayfiyati yo’q…

Kim bilsin, balki hayolida “bugun ham ish bo’lmadi, yana uyga quruq qaytamanmi?” degan hayol aylanauotgandur.

Yuragim ezildi.

Erkak kishini hissiyotini tushunadigan erkak sifatida - juda g’alati bo’ldim, og’rig’ini his qildim.

Boshqacha ta’sir qildi. Hammalariga O’zi yengillik bersin.
17.8K views10:27
Ochish/sharhlash
2024-05-21 13:19:14 Uyga kevurinchi brat :)
14.2K views10:19
Ochish/sharhlash
2024-05-21 13:16:31 Bir kun shunaqa chellenj qilsammikan:

Kun davomida 24 soat kim meni ko’chadami, uydami, ishdami ko’rib qolsa va yonimga kelib “kitob” desa, unga bitta kitob beraman.

24 soat, nechta odam kelsa, hammasiga.

Qayerlarga borishimni oldindan e’lon qilib turaman.

Nima deysizlar?

@anvarovsblog
15.7K views10:16
Ochish/sharhlash