Get Mystery Box with random crypto!

Stress. Depressiya. Apatiya. Bular qanday tushuncha o'zi? Ul | Anvarov’s blog

Stress. Depressiya. Apatiya.

Bular qanday tushuncha o'zi?
Ular bir-biridan farq qiladimi?

Hozirgi kungi hayotimizda yuqoridagi "stess, depressiya, apatiya" so'zlariga juda ko'p duch kelyabmiz. Insonlar o'zlarining negativ emotsional holatlarini shu so'zlar bilan ta'riflashga ancha o'rganib qolmoqdalar.

Xo'sh, aslida hamma ham o'sha so'zlar orqali ifodalanayotkan holatni aniq tushunadimi? Keling birma-bir ko'rib chiqamiz.

-Stress. U organizmning jismoniy yoki psixologik bosimlarga reaksiyasi. Stressni o'zining har xil turlari bor bo'lib, ular ham turli xil bo'lishi mumkin. Masalan: ishdan/o'qishdan olingan stress, munosabatlar stressi, hayotdagi muammolar beradigan bosim sabab paydo bo'ladigan stress va hokazo. Stressning eng ko'p uchraydigan alomatlari - ko'p bezovtalik, biror mashg'ulotga aniq diqqat qarata olmaslik va kuchli charchoq bo'lishi mumkin.

-Depressiya. Ko'pchilik stress va depressiyaning farqi nimada ekanligini bilmaydi. Depressiya bu - kunlab davom etadigan kayfiyatsizlik, umidsizlik, xursandchilik his qilolmaslik va hayotga bo'lgan qiziqishning yo'qolishi bilan belgilanadigan ruhiy holat. Bu holatni boshdan o'tkizayotkan insonlar oddiy narsalardan ham zavqlana olish hissini yo'qotadilar. O'zlarini qo'lga olmaguncha xotira va diqqat muammolari, uyqusizlik yoki haddan tashqari uyquchanlik, ishtaha yo'qolishlari, ba'zi vaqtlar hattoki o'z joniga qasd qilish fikrlari kabi jiddiy jarayonlardan ham o'tishlari mumkin.

-Apatiya. Odamdagi qiziqish va motivatsiyaning umuman yo'qolishi yoki sezilarli darajada pasayishi bilan belgilanadi. Bu insonda - hayotga, atrofdagi voqealarga nisbatan anchayin befarqlik holati. Apatiya ko'p xollarda depressiya bilan bog'liq bo'ladi. Uzoqroq vaqtli depressiyani boshdan o'tkazgan inson apatiya holatiga tushib qolish ehtimoli katta. Ya'ni endi unga atrof muhit, insonlar hayoti, o'zining keyingi hayoti deyarli qiziq bo'lmay qoladi. Hayotning rang barang ranglarini faqat bitta - kulrang rangida ko'rayotkandek hisob.

Menimcha endi bu 3 xil tushunchaning aniq belgilarini yaxshiroq anglab oldingiz.

@anvarovsblog