Get Mystery Box with random crypto!

Allim Tv - 🇰🇷🌐 Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!

Telegram kanalining logotibi allimtv — Allim Tv - 🇰🇷🌐 Koreya va boshqa joylarga grant, programalar! A
Telegram kanalining logotibi allimtv — Allim Tv - 🇰🇷🌐 Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!
Kanal manzili: @allimtv
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.49K
Kanalning ta’rifi

🇰🇷🌐Koreya va boshqa davlatlarda grantga o'qish, talabalar uchun qo'shimcha stipendiyalar, TOPIK imtixoni darslari va bosh.

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-07 18:55:02 7 – KBS World Radio notiqlik tanloviga yozilish

Bu tanlovga yozilish muddati 8-avgust sahargi 06:00 gacha(Koreya vaqti bilan ertalabki 10:00 gacha)

Shundan so'ng tanlovga yozilishni iloji bo'lmaydi.
Agar sizda video tayyor bo'sa tezda uni youtubega yuklab, yozilish uchun ariza yuboring.

Tanlovga ariza tashlash manzili:
https://world.kbs.co.kr/special/kbscontest_2022/section/preliminary/preliminary.html?lang=KO

Ps. Men ham o'tgan yili oxirgi kuni tanlovga yozilganman:)

@allimtv
2.1K views15:55
Ochish/sharhlash
2022-08-03 15:53:38
Koreys tili markaziga yozilish.

Keyingi haftadan Toshkentdagi Koreys tili markazi 2022-yil 2-semestrga yozilish boshlanadi.

Onlayn ro'yxatdan o'tish shu hafta davomida bo'ladi.
10-avgustdan 14-avgustgacha

Qolgan ma'lumotlar uchun link: https://tashkec.uz/ru/news/312/2022-8/

Ps. Rasm markaz telegram kanalidan. Darslar offlayn shaklida bo'ladi.

@allimtv
3.8K views12:53
Ochish/sharhlash
2022-08-02 15:08:35 Ishga: O'zbekistondagi Koreya elchixonasi ishga taklif etadi

Lavozim:
Diplomat yordamchisi
Hujjat topshirish muddati: 7-avgustgacha


Koreya elchixonasining diplomati yordamchisi lavozimiga loyiq nomzod qidirilyapti.

Nomzodlarga:
1- Koreys, O’zbek, Ingliz tillarini yaxshi bilish
2- Adminstratsiya ishlari bilan shug'ullana olish
3- Matbuot bilan ishlash
4- Og'zaki va yozma tarjimalarni yaxshi qilish va boshqa talablar qo'yiladi.

Shu bilan birga kompyuterni yaxshi ishlata olish va MS Office programmasidan foydalanishni bilish kerak.

Kerakli hujjatlar:
1) Rezyume(rasm bilan);
2) Sudlanmaganlik haqida hujjat.

Muhim! Agar Koreyada bo'lgan bo'lsangiz rezyumeda ko'rsatishingiz kerak.

Koreys tilini bilish sertifikati(TOPIK) bo'lsa, albatta topshirish kerak.

Oylik: 750 USD(soliqlar bilan)

Nomzodning ish tajribasiga qarab oylik kelishiladi.
Ishga olingan nomzod 3 oylik sinov muddatidan so'ng doimiy ishga qolish uchun baholanadi.
Baholashdan yuqori bal olgan nomzod doimiy ishga olib qolinadi.

Siz bu ishga Uzjobs sayti orqali yozilishingiz mumkin yoki hujjatlaringizni elchixonaning qorovulxonasida qoldirishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun Uzjobsdagi link: https://uzjobs.uz/r/vakansy_view-28190.html

Ma'lumot uchun telefon: +998-71-252-3151(Elchixona raqami)

@allimtv
3.0K views12:08
Ochish/sharhlash
2022-08-02 07:05:16 Koreys tilidan notiqlik san'ati tanlovi (Speech contest - 말하기 대회)

Har yili Kyunghee universiteti tomonidan o’tkaziladigan Koreys tili notiqlik san’ati tanloviga ro’yxatdan o'tish boshlandi.
Bu yilgi tanlov 24-si bo'ladi.

Bu tanlovda Koreys tilini biladigan barcha chet elliklar qatnashishlari mumkin. (Koreyada yashayotgan)

Tanlovga yozilish muddati: 2022-yil 18-avgustgacha

Tanlovga yozilish va qo'shimcha ma'lumotlar uchun link: https://iie.khu.ac.kr/bbs/board.php?bo_table=speech_kor

Sayt orqali ro’yxatdan o’tib, nutqingiz mazmuni yoritilgan faylni yuklashingiz kerak.
Birinchi bosqich natijalari 2022-yil 24-avgust kuni e’lon qilinadi.

Bu yilgi tanlov mavzulari:
1) Corona virusdan keyingi hayot (코로나19 이후, 우리의 일상)
2) Koreys tilini o'rganishimning sababi (그래서 나는 한국어를 배운다)

Tanlov g'oliblariga:
1-o'rin uchun 1 500 000 won
2-o'rin uchun 1 000 000 won(2 qatnashchiga)
3-o'rin uchun 800 000 won(2 qatnashchiga)
Keyin eng yaxshi 3 qatnashchiga 500 000 wondan beriladi.

Ps. O'tgan yili bu tanlovda O'zbekistonlik qiz g'olib bo'lgan.

@allimtv
2.0K viewsedited  04:05
Ochish/sharhlash