Get Mystery Box with random crypto!

Allim Tv - 🇰🇷🌐 Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!

Telegram kanalining logotibi allimtv — Allim Tv - 🇰🇷🌐 Koreya va boshqa joylarga grant, programalar! A
Telegram kanalining logotibi allimtv — Allim Tv - 🇰🇷🌐 Koreya va boshqa joylarga grant, programalar!
Kanal manzili: @allimtv
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.49K
Kanalning ta’rifi

🇰🇷🌐Koreya va boshqa davlatlarda grantga o'qish, talabalar uchun qo'shimcha stipendiyalar, TOPIK imtixoni darslari va bosh.

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-23 15:56:55 GKS ma'suliyati

Kecha Toshkentdagi Koreys tili markazida bu yilgi GKS-G(magistratura va Phd) Embassy track g'oliblari bilan uchrashuv bo'ldi.
Uchrashuvda Koreys tili markazi rahbariyati, GKS g'oliblari va O'zbekistondagi GKS talabalari tashkiloti a'zolari qatnashdi(Ha bizda shunday tashkilot bor).
Men ham GKS talabalari tashkiloti a'zosi sifatida shu tadbirda qatnashdim va GKS g'oliblariga

Koreyada o'qish davomida kerakli tavsiyalarni berishga harakat qildim.
Tadbir davomida Koreys tili markazi rahbari GKS granti ma'suliyati haqida gapirdi.
GKS grantini yutgan O'zbekistonliklar Koreyada o'qish davomida bunday sharafga loyiq ish tutishlari kerakligi.
Shu bilan birga kelgusida shu grant sohibi bo'ladigan O'zbekistonliklarga qo'ldan kelgancha yordam berishligi kerakligi haqida kuyinib gapirdilar.

Shu joyida o'ylanib qoldim. Men shu ma'suliyat(책임감)ga qanchalik jiddiy yondashyapman? Keyingi avlodga kerakli bo'lgan yordam beryapmanmi?

Shu kanal - Allimtv ni ochish sabablaridan biri ham shu ma'suliyat edi.
Koreyadagi O'zbekistonlik talabalarga qo'shimcha grantlar yutib, tajriba orttirishga yordam berish. Hozir ham shu maqsadga erishish uchun qo'ldan kelgancha harakat qilyapman.
Bu maqsadga qanchalik(nechi foiz) erishganimni esa albatta kanalni kuzatib borayotganlar baholay oladi.
Bundan buyog'iga ham shu maqsadga erishish uchun qo'ldan kelgancha harakat qilaman:)

Ps. Keyin yana GKS O'zbekiston talabalari uyushmasi rahbari o'rinbosari GKS talabalari O'zbekiston yuzi ekanliklari haqida gapirdilar. Har bir talabani ko'rib Koreyslar O'zbekiston va O'zbeklar haqida hulosa qilishlari mumkinligi uchun eng oldi talabalardan bo'lishga harakat qilish kerakligini aytdilar. Men bu gapga qo'shilaman. Lekin faqatgina GKS yutganlar emas, Koreyada o'qiyotgan har bir O'zbekistonlik talaba davlatimiz yuzi deb bilaman.
Shunday og'ir yukni bo'yniga olgan talabalarimizga o'qishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolaman!


@allimtv
1.2K viewsedited  12:56
Ochish/sharhlash
2022-08-23 15:56:53
1.1K views12:56
Ochish/sharhlash
2022-08-19 08:38:45 Koreys tili markazida lotoreya natijasi

Koreys tili markazi 2022-yil Kuzgi semestr lotoreya natijasi e'lon qilindi.

Lotoreya natijasini ko'rish: https://tashkec.uz/ru/news/317/2022-8/

Shu link orqali kirib o'zingiz yozilgan guruh o'quvchilari ro'yxatidan ismingizni topsangiz siz lotoreyadan o'tgan bo'lasiz.

Markazda Koreys tili darslari 5-sentyabrdan boshlanadi.

Ps. Lotoreyadan o'tganlarni tabriklayman.

@allimtv
1.9K views05:38
Ochish/sharhlash
2022-08-18 06:26:14
TOPIK natijasini bilish

Bugun soat 11:00 dan keyin 83-TOPIK imtihonini natijasini bilish mumkin.

Buning uchun siz
https://www.topik.go.kr/TWMAIN/TWMAIN0010.do - shu saytga kirishingiz kerak.

Yuqooridagi saytga kirib, javobni tekshirish(성적확인) degan joyni bosasiz. Shundan so'ng sizda 2-rasmdagi oyna chiqadi.

Bu yerda siz
1) TOPIK raqami - 회차선택(83-imtixon),
2) Tug'ilgan yil, oy, kuningizni - 생년월일
3) Imtixonga registratsiya raqamingizni - 수험번호 ya'ni rasmli blankada yozilgan 12 ta sonli raqamni kiritishingiz kerak.

Bularni kiritgandan so'ng qidirish(검색)ni bossangiz bo'ldi.

P.s. Barchaga o'zi kutgan natija chiqishini tilab qolaman

P.p.s Aytgancha soat 11:00 da saytga kirsez qotib qolishi mumkin. Chunki butun dunyodan TOPIK topshirganlar imtixon javobini tekshirayotgan bo'ladi. Shunga saytga kechroq kirishni maslahat beraman. Agar sabrila chidasa:)

@allimtv
2.1K views03:26
Ochish/sharhlash
2022-08-17 15:34:16
1.6K views12:34
Ochish/sharhlash
2022-08-17 15:33:38 Koreys tili haqida video rolik tanlovi

KBS videolar tanlovi ortda qoldi shunga sizlar uchun yangi tanlov.

Koreys tilini biladigan barcha qatnasha oladigan tanlov.
Koreyada yoki O'zbekistonda yashaysizmi farqi yo'q.

Tanlov shartlari:
1) Koreys alifbosi va tilini o'rgatish(grammatika va boshqa)
2) Koreys alifbosi va tili mavzusida qiziqarli video rolik olish

Video olish shartlari:
1- Video uzunligi 10 daqiqadan oshmasligi kerak;
2- Videoda Youtube studio orqali qo'yilgan subtitrlar bo'lishi kerak(Koreys tildagi subtitrlar);
3- Video sifati 4K, 8K ya'ni FHD darajada bo'lishi kerak;
4- Oldin tayyorlangan videolar bilan ham bu tanlovda qatnashish mumkin(video yuqoridagi qoidalarga to'g'ri kelsa)
5- Tanlovda ikkala yo'nalish bo'yicha ham qatnashish mumkin
6- Videoga rasm qo'ysa bo'ladi, lekin rasm videoning 30% ko'pini egallamasligi kerak
7- Videoda siyosiy qarashlar, so'kinish bo'lmasligi kerak

Tanlovga ariza topshirish sayti: www.klfesta.org

Tanlov muddati: 2022-yil 15-iyuldan - 9-oktyabrgacha

Tanlov g'oliblariga:
Oliy o'rin uchun: 5 000 000 won
1-o'rin uchun: 3 000 000 won
2-o'rin uchun: 2 000 000 won
va boshqa pul mukofotlari beriladi.
(1-va 2-o'rin uchun 2 tadan video tanlab olinadi)

To'liq ma'lumot uchun sayt:
https://www.klfesta.org/

Ps: Video olishga ustasi faranglar uchun ajoyib tanlov:)

@allimtv
1.6K views12:33
Ochish/sharhlash
2022-08-17 09:16:00 7 – KBS World Radio notiqlik tanlovi 1-bosqich javobi

Notiqlik tanlovining 1-bosqich javobi linki:
https://world.kbs.co.kr/special/kbscontest_2022/section/preliminary_result.html?lang=KO

Avval aytib o'tganimdek 200 dan ortiq video orasidan 6 ta video tanlab olinibdi.

Lekin afsuski bu tanlab olinganlar orasidan O'zbekistonliklardan hech kim yo'q.

Shunday bo'lsa ham bu tanlovda qatnashganlar uchun foydali tajriba bo'ldi deb umid qilaman. O'z ustingizda ishlab kelasi yili ham albatta harakat qilib ko'rishingizni maslahat beraman.

Ps. Finalga chiqqan videolarni ko'rib keyingi yilgi tanlovga g'oya tayyorlab qo'yish ham mumkin.

@allimtv
1.3K views06:16
Ochish/sharhlash
2022-08-16 16:13:13 Koreys tili markazida lotoreya

14-avgust 00:00 da Koreys tili markazi Kuzgi semestrga hujjat topshirish tugadi.

Har doimgidek 1-bosqich guruhlari uchun ko'p odam hujjat topshirdi. Shu munosabati bilan 18-avgust 10:00 da hujjat topshirganlarni saralash lotoreyasi bo'lib o'tadi.

Lotoreya javoblari markaz sayti va telegram kanalida e'lon qiladi.

Ps. Barcha hujjat topshirganlarga o'zi madad bersin.

@allimtv
1.3K views13:13
Ochish/sharhlash
2022-08-11 16:07:46 Sharqshunoslik instituti bilan bo'glanmagan taqdir

3 yil Sharqshunoslik institutiga imtihon topshirib, yiqildim. Lekin hozir Sharqshunoslik institutiga kira olmaganim uchun Hudoga shukr qilaman. Nega deysizmi? Chunki shu tufayli GKS bakalavr grantini yutib, Koreyada o'qish nasib qildi.

Hozirda abiturientlar oliy o'quv yurtlariga kirish uchun imtihon topshirishyabti. Hamma imtihon topshirayotganlarga omad tilayman!

Men ham bunday tajribaga egaman. Naqd 3 yil bitta institutga hujjat topshirganman. Lekin tepada aytganimdek natija chiqqan:)
O'sha paytlar mandat chiqsa imtihon javobini tekshirishga qo'rqib qolgandim. 172 bal yig'ib ham Sharqshunoslik institutiga kira olmaganimda o'zimni dunyodagi eng baxtsiz insondek his qilganman.
Test javobini ko'rib, ko'z oldim qorong'ulashib ketgan. Test javobini so'raganlarga nima deyishni bilmay boshim qotgan. Ko'chaga chiqim ham kelmay qolgan. O'qishga kira olmaganimni eshitib menga achingan nigohlarni ko'rish og'ir botgan.

3-yil o'qishga kira olmagandan so'ng O'zbekistonda o'qishga kirishdan voz kechganman. Baxtimni chet eldan izlab ko'rishga ahd qildim. 2007-yildan beri Koreys tilini o'rganayotganim uchun Koreyadagi o'qishlar emailiga hat yoza boshladim. 2013-yilda TOPIK 4-darajani oldim va bu darajaga necha foiz grant yutishim mumkinligini so'rab bir nechta Koreya universitetiga hat yozganman.
Lekin hech bir o'qish menga 100% grant bera olmasligi haqida javob olgandan keyin kayfiyatim tushib ketgan.

Umidlarim so'na boshlaganida GKS(o'sha paytda KGSP) granti haqida eshitib qolganman. Embassy track yo'nalishi bo'yicha hujjat topshirib Allohning inoyati bilan grant sohibi bo'lganman. O'zbekistonda kontraktga ham o'qishga kira olmagan odam Koreyada 100% grant yutib(Kamiga 800 $ oylik stipendiya bilan) o'qishga kirganman.
Shularni o'ylasam 3 yil Sharqshunoslikga kira olmaganim ham bekorga emas ekan deyman o'zimga-o'zim. Shuncha sabr qilib, tinmay o'qishga kirish harakatida bo'lsa o'zi to'g'ri yo'lni ko'rsatib qo'yar ekan. Sabr tegi sariq oltin deganlari shu bo'lsa kerak:)

Shuning uchun imtihon javoblari siz o'ylagandek chiqmasa ham ko'p siqilmang. Oldinga maqsad qo'yib harakat qiling.
Balki siz kutmagan joydan yana ham yaxshiroq tanlov sizni kutib turgandir?

Ps. Bu imtihoni yomon topshirsam ham bo'ladi degani emas Shunchaki o'z oldingizga qo'ygan maqsad sari olg'a boring degani!

@allimtv
2.2K views13:07
Ochish/sharhlash
2022-08-09 15:47:29 UPD: Koreys tili markazida onlayn darslar

O'tgan hafta kanalda yozganimdek ertadan Koreys tili markazi Kuzgi semestr darslariga onlayn registratsiya boshlanadi.

Batafsil ma'lumot uchun:https://tashkec.uz/ru/news/312/2022-8/

Lekin bu semestr ham onlayn darslar uchun alohida guruhlar ochilar ekan.

Faqat onlayn darslar 1-va 2-daraja guruhlari uchungina ochiladi. 1-daraja(boshlang'ich) uchun 110 va 111guruhlari. 2-daraja uchun 210 va 211 guruhlarida onlayn shaklda dars o'tilishi aytilgan.

Yuqori daraja masalan 3-4-5-6, 유학반 va 토론반 onlayn dars guruhlari ochilmaydi.

Onlayn guruhga yozilmoqchi bo'lganlar darsda qatnashish uchun barcha sharoitlarga ega bo'lishligi kerakligi ham yozib o'tilgan.

Ps. Onlayn darslar endi har doim bo'ladiganga o'xshaydi.

@allimtv
2.2K views12:47
Ochish/sharhlash