Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 166.95K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-05-22 16:39:29


Shamsiddin Vohidov juda kuchli formada, ayni vaqtda juda qizg'in bahsda BAAning birinchi raqamli grosmeysteri ustidan g'alaba qozonish va nufuzli turnir g'olibi bo'lishga juda yaqin. Shu jumladan, Muhiddin Madaminov ham grosmeysterlik unvonini qo'lga kiritishga juda yaqin.

Hamyurtlarimizni jonli efirda qo'llab-quvvatlang: https://www.youtube.com/live/vdhh32wJ-4g?si=x2NhB9sDsnS-wB7H

@alisher_sadullaev
187.3K viewsedited  13:39
Ochish/sharhlash
2024-05-21 17:38:02
Shamsiddin Vohidov juda kuchli formada, ayni vaqtda juda qizg'in bahsda amerikalik raqibi ustidan g'alaba qozonishga juda yaqin. Shu jumladan, Muhiddin Madaminov ham grosmeysterlik unvoniga katta qadam tashladi.

Hamyurtimizni jonli efirda qo'llab-quvvatlang: https://www.youtube.com/live/oNjhEz6xPhg?si=KKyp_lpuPS1Aw2ZB

@alisher_sadullaev
136.8K views14:38
Ochish/sharhlash
2024-05-21 13:26:47 Kitob o‘qing va 100 million so'm egasiga aylaning!

“Yosh kitobxon oila” tanloviga ro’yxatdan o’tish uchun atigi 10 kun qoldi.

Hoziroq @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

@alisher_sadullaev
59.0K viewsedited  10:26
Ochish/sharhlash
2024-05-19 17:46:17 Hozirgina Javohir Sindarov rossiyalik top shaxmatchi Vladimir Fedoseev ustidan g'alaba qozondi, endi navbat Shamsiddin Vohidovga. Shamsiddin g'alabaga yaqin, o'yin yonayapti!

Jonli efirda Shamsiddinni qo'llab-quvvatlaymiz: https://www.youtube.com/live/4O2F9pWBgGk?si=5M3VJLfbthMhfJdr
208.4K views14:46
Ochish/sharhlash
2024-05-17 19:46:38
Sizlarni butun dunyo eshitib tan bersin!

“Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov Fest tanlovining 2024-yilgi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan qaynoq video.

@alisher_sadullaev
88.9K viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2024-05-15 18:38:39
Kecha “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovida “Yoshlar ovozi” gazetasi jamoasi “Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Gazeta 10 mingdan ziyod nusxada chop etilyapti. You tube (https://youtube.com/@yoshlarovozigazetasi?si=xChmqAdF11j7adCO) , instagram (Yoshlar ovozi) va telegram kanallaridagi (https://t.me/yoshlarovozi) obunachilari soni tezkorlik bilan o‘sib bormoqda. Yangicha yondashuvdagi videolavha, so‘rovnoma, podkastlari You tubeda qariyb 19 million marta ko‘rilgan.

Menimcha, hozirgi matbuot zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishi kerak. Shunda ular axborot maydonida o‘z o‘rnini topa oladi. “Yoshlar ovozi” gazetasining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilayman.

@alisher_sadullaev
280.2K views15:38
Ochish/sharhlash
2024-05-15 14:16:55
Muhim so’rovnoma!

Sun’iy intellekt sabab kasblar krizisi, ishsizlik muammosi jiddiylashayotgan davrda yashayapmiz. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, AI keyingi yillarda 20%dan ko’proq ishchi o’rinlarini egallashi mumkin.

Aynan shu mavzuga doir qanday savollaringiz bor? Izohlarda yozib qoldiring! Soha mutaxassislaridan sizni qiziqtirgan savollarga birgalikda javob olamiz!

@undovpodkast
181.5K views11:16
Ochish/sharhlash
2024-05-11 20:19:36
Magnus Carlsen

@uzchesss
140.3K viewsedited  17:19
Ochish/sharhlash
2024-05-11 15:30:17
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi!

Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin:

- Ta’lim
- Imkon
- Madaniyat va san’at
- Ekologiya
- Media
- Sport
- Liderlik va jamoani shakllantirish
- IT


Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA

Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
51.5K viewsedited  12:30
Ochish/sharhlash
2024-05-10 18:39:19
“Sen nima uchun o’qiyapsan?”

— Bu aslo oddiy savol emas!

“Qoʻrqma” filmni albatta tomosha qiling, balki bu filmdan keyin javobingiz boshqacha boʻlishi mumkin.

Film havolasi:



- Talaba do’stlaringizga ulashib qo’ying.

@alisher_sadullaev
384.1K viewsedited  15:39
Ochish/sharhlash