Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Kanaldagi mavzular:
Узбекистан
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanaldagi mavzular:
Узбекистан
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 175.41K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-05-03 19:28:01
Nodirbek Abdusattorov yana chempion

Nodirbek "Tepe Sigeman 2024" turniri g'olibligini qo'lga kiritmoqda.

U taybrekda Peter Svidler hamda Arjun Erigaisini mag'lubiyatga uchratib, turnir chempioniga aylandi.

"Uzchess" Nodirbekni bu katta muvaffaqqiyat bilan tabriklaydi va keyingi ishlarida omad tilab qoladi

@alisher_sadullaev
27.8K views16:28
Ochish/sharhlash
2024-05-02 14:27:51
STEM fanlari bilimdonlari uchun "IQtidorli" yoshlar oromgohi

Ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari bosh hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda.

STEM fanlariga qiziqadigan va tahsil olayotgan yoshlar oromgohda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilmoqchi boʻlganlarni loyihaga taklif qilamiz.

Loyiha haqida batafsil ma’lumot va oromgoh uchun ariza topshirish

Hoziroq roʻyxatdan oʻting va loyihada oʻz iqtidoringizni namoyon qiling. Sizni oromgohimizda koʻrishdan mamnunmiz.

Batafsil: @iqtidorly
216.3K views11:27
Ochish/sharhlash
2024-05-02 08:23:55 Davlatimiz rahbarining uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forum yalpi majlisidagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Facebook va YouTube dagi rasmiy sahifalarida jonli efirda tomosha qiling.

@alisher_sadullaev
174.4K viewsedited  05:23
Ochish/sharhlash
2024-04-30 15:04:42
"WikiStipendiya"ning uchinchi mavsumi boshlandi.
Mukofot jamg'armasi 375 million!

O'zbekcha vikipediyadagi ma'lumotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan "WikiStipendiya" marafonining ikki mavsumi davomida maqolalar soni 140 mingdan 260 mingtaga yetdi, jahon vikireytingida esa 62-o'rindan 42 o'ringa yuqoriladi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O'zbek tilida so'zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda boshlangan uchinchi mavsum shu yilning 1-mayidan 1-dekabriga qadar davom etadi.

G'oliblar:
- o'rin 150 mln. so'm;
- o'rin 125 mln. so'm;
- o'rin 100 mln. so'm.

Marafonda ishtirok etish uchun ushbu link orqali so'rovnomani to'ldiring.

Batafsil ma'lumotlar:
Rasmiy kanal
Rasmiy bot
+998330007133
169.5K views12:04
Ochish/sharhlash
2024-04-30 08:23:50 Obunachilarimizga savol!

Futbol boʻyicha Olimpiya terma jamoamizning qaysi futbolchisi dastxati tushirilgan koptokni yutib olishni istar edingiz?

Keyingi post javoblaringizga bogʻliq...

@alisher_sadullaev
37.0K viewsedited  05:23
Ochish/sharhlash
2024-04-30 07:48:21
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini tabrikladi

Shu kunlarda Qatar davlatida futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, biryo‘la final yo‘llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Osiyo qit’asidagi eng kuchli jamoalar bilan qizg‘in kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan 5 ta o‘yinda ham jamoamiz darvozasini daxlsiz saqlab, raqiblar darvozasiga 14 ta javobsiz to‘p kiritganingiz ham futbolimiz tarixida misli ko‘rilmagan natijadir.

Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida “Osiyo chempioni” degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz.

Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman.

Butun O‘zbekiston xalqi sizlarga hamisha baxt va omadlar, porloq g‘alabalar tilaydi, aziz bolalarim!


@alisher_sadullaev
172.0K views04:48
Ochish/sharhlash
2024-04-29 18:52:05 "Bugun hakam judayam bir odilona boshqarayapti o'yinni"

Davron Fayziyev
290.2K viewsedited  15:52
Ochish/sharhlash
2024-04-29 18:36:48 Goooool!

Respect Indoneziya va O'zbekiston oldinda!

Yigitlar vaqtida uyg'onishdi. Bizga turtki kerak edi. Uyg'onish turtkisi)
78.0K viewsedited  15:36
Ochish/sharhlash
2024-04-29 18:32:19 Omad kelsa shuncha kelar-da!
162.2K views15:32
Ochish/sharhlash
2024-04-28 14:26:24 "Qo‘rqma" – Mutolaa'dan premyera

Ilmni yoyish uchun jadidlardan qanday namuna olsak bo‘ladi? Shu haqda ko‘p o‘yladik, izlandik. 1908-yilda Behbudiy Samarqandda mutolaaxona tashkil qilganiga e'tibor berdik.

Keyin shu yo‘lda bir zamonaviy yoshlarga mos loyihani ishga tushirdik. Uni yuritish uchun xuddi jadidlar kabi xorijda o‘qib, Vatanga hissa qo‘shishchun qaytgan, nufuzli Edinburg universiteti magistri Sirojiddin Olimovni taklif qildik.

Kecha, 27-aprel kuni, ushbu loyiha – audio, video, sun'iy idrok texnologiyalari orqali kitoblar o‘qishni, yangi bilim va g‘oyalarga ega bo‘lishni ommalashtirishni niyat qilgan Mutolaa taqdim etildi.

Mutolaa'ga, xususan, shu debyutning ilhom manbasi Javlon Jovliyev, bolalar yozuvchisi Sa'dullo Quronov, rejissor va aktyor Erkin Bozorov kabilarni jalb qilganimiz loyiha uchun katta yutuq. Bizga yana yosh rejissor va aktyorlar, dyublaj ustalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ham bergani uchun kitoblar asosida filmlar yaratishga qaror qildik.

Mana, shu turkumdan birinchi film:




Katta salohiyatga ega jamoa shunday ijodiy namunalarni yaratishda davom etadi.
160.0K views11:26
Ochish/sharhlash