Get Mystery Box with random crypto!

Kecha “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov | Alisher Sadullaev

Kecha “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovida “Yoshlar ovozi” gazetasi jamoasi “Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Gazeta 10 mingdan ziyod nusxada chop etilyapti. You tube (https://youtube.com/@yoshlarovozigazetasi?si=xChmqAdF11j7adCO) , instagram (Yoshlar ovozi) va telegram kanallaridagi (https://t.me/yoshlarovozi) obunachilari soni tezkorlik bilan o‘sib bormoqda. Yangicha yondashuvdagi videolavha, so‘rovnoma, podkastlari You tubeda qariyb 19 million marta ko‘rilgan.

Menimcha, hozirgi matbuot zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishi kerak. Shunda ular axborot maydonida o‘z o‘rnini topa oladi. “Yoshlar ovozi” gazetasining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilayman.

@alisher_sadullaev