Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 163.83K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 116

2022-01-08 18:02:30
Bugun, 8-yanvar — O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!

Yurtimizda qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi bu tizimning barcha jonkuyar va fidoyi xodimlarini bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaymiz! Qonun ustuvorligini ta'minlash, yoshlarimizning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishda hamisha jonkuyarlik bilan xizmat qilib, mashaqqatli kasbingizda doim kuch-quvvat tilaymiz!

@alisher_sadullaev
17.5K viewsedited  15:02
Ochish/sharhlash
2022-01-08 13:43:15
Yaqin kunlarda zakovat, chet tillari bilimdonlari, ijtimoiy tarmoqlarda bilim olishga rag’batlantiruvchi blog yuritadigan yoshlar va ijtimoiy loyihalarga qiziquvchilar uchun qishki oromgohlarimiz boshlanadi!

Yoshlar oromgohi sizlarni har doimgidan ham ko’proq kutmoqda!

@alisher_sadullaev
72.0K viewsedited  10:43
Ochish/sharhlash
2022-01-07 16:03:25 Yoshlar uchun imkoniyat: “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2022-yilgi 1-stipendiya tanlovini e’lon qildi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi yoshlarga xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida ta’lim olish uchun 2022-2023-o‘quv yilida 420 o‘ringa mo‘ljallangan (bakalavriat 120 nafar; magistratura 180 nafar; doktorantura 120 nafar) ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi. Batafsil ma’lumot.

Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan yoshlarni ham qo‘llab-quvvatlash va ularga e’tibor qaratish maqsadida barcha ta’lim dasturlari bo‘yicha ularga ham kamida 20 ta o‘rin ajratiladi. Hujjat topshirish 10-yanvardan 10-fevralga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi. Hujjat topshirish.

Chet elda o‘qishga, buning ustiga nufuzli oliy ta’lim muassasasida o‘qishga hamma bilimli va salohiyatli yoshlarda ham mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. Bu esa mana shunday yoshlarning orzusini amalga oshirish uchun, ularning ham sifatli shaklda xorijda ta’lim olishlari uchun juda katta imkoniyat, nazarimda.

P.S. Obunachilarimiz orasida ham shunday yoshlar bormi?

@alisher_sadullaev
22.7K views13:03
Ochish/sharhlash
2022-01-05 18:06:18
Poliglot yoshlar uchun yangi imkoniyatlar! (1-qism)

2022-yil, 1-yanvardan arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari
bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushdi.

Avvalroq (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilishi haqida ma’lumot bergandim.

2022-yil, 1-yanvardan boshlab yoshlar uchun mana shunday imkoniyatlarning yana 13 tasi ishga tushib, ularning soni jami 18 taga yetdi. Endilikda ushbu xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi. Batafsil ma’lumot.

Читать на русском

@alisher_sadullaev
41.4K viewsedited  15:06
Ochish/sharhlash
2022-01-04 19:10:09 ​​2021-yilda ishga tushgan xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi. Yoshlar yilida yoshlar uchun qanday imkoniyatlar joriy etildi? (1-qism)

Hukumat qarori bilan 2021-yil 1-maydan boshlab 5 ta turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan (IELTS – 7 va undan yuqori; TOEFL – 95 va undan yuqori; GMAT – imtihon natijalari (Verbal/Quantative) bo‘yicha 75 percentile va undan yuqori; GRE – imtihon natijalari (Verbal/Quantative) bo‘yicha 75 percentile va undan yuqori; SAT – 1200 va undan yuqori) natijani qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to'liq kompensatsiya qilib berish boshlandi (tizimdan foydalanish boʻyicha videoqoʻllanma).

Ushbu tizim bilan bog'liq tahlillarimizni mana bu yerda o'qishingiz mumkin. Bugungacha bu imkoniyatdan foydalanish uchun 3488 nafar yoshlardan ariza kelib tushgan. Shundan 2833 nafariga imtihon xarjatlari kompensatsiya qilib berilgan, 2 ta ariza ko'rib chiqish jarayonida, 169 ta yangi ariza kelib tushgan. 469 ta ariza esa rad etilgan. Buning sababi ushbu arizachilar mazkur tizim yo'lga qo'yilishidan avval sertifikatni qo'lga kiritishgan yoki yuqori natija (maksimal ballning 75 foizdan yuqorisini) qayd etmay murojaat qilishgan.

Istasangiz plastik kartaga, istasangiz, naqd shaklda pulingizni qaytarib olishingiz mumkin. Albatta, avvalo, yuqori natija qayd etish talab etiladi. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun qayergadir borib murojaat qilish shart emas. Tizim raqamlashgan, my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish mumkin. my.gov.uz portalida ma'lumotlar doim yangilanib boradi. Shuningdek, siz ham buni doimiy ravishda ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Xo'sh, yoshlar, 2021-yilda siz qaysi xalqaro imtihondan yuqori natija qayd etdingiz va imtihon pulini qaytarib oldingiz? Agar bu imkoniyatdan hali foydalanmagan bo'lsangiz, 2022-yilga rejalaringiz qanday?

@alisher_sadullaev
18.0K views16:10
Ochish/sharhlash
2022-01-04 13:00:28 #repost

Kanalimizda “2022-yilda yoshlar uchun qanday yangi imkoniyat va tizimlar ishga tushishidan xabaringiz bormi?” deb nomlangan so’rovnoma tashkil qilgan edik. Natijalarga ko’ra, so’rovnomada jami 21495 nafar foydalanuvchilar ishtirok etishgan. Respondentlarning 62%, ya’ni 13361 nafari afsuski, hozircha bilmayman” variantini tanlashgan, qolgan 8135 (38%) nafar respondentlar mos ravishda “qisman xabarim bor” va “barchasidan xabardorman!” variantlarini tanlashgan.

Tahlillardan so’ng yangi imkoniyatlarni kengroq targ’ibot qilish va OAV bilan hamkorlikni kuchaytirishga ehtiyoj borligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, bugundan boshlab (kechroq) agentlik va shaxsiy sahifalarimda yangi imkoniyatlarni kengroq targ’ib qilishni reja qilib oldim. Yoshlardan esa, albatta, ushbu imkoniyatlardan foydalanib ko’rishlarini undan foydalanishdagi noqulayliklar va tajribalarini bo’lishishlarini so’rab qolaman!

@alisher_sadullaev
16.1K viewsedited  10:00
Ochish/sharhlash
2022-01-03 14:58:20
“Mard o’g’lon” davlat mukofoti, 2 xonali uy va o’ziga 250 million so‘m; 2 nafar ustoziga 100 million so’mdan – Nodirbek Abdusattorov munosib taqdirlandi.

P.S.
Xushnudbek aka bilan havasdamiz)

@alisher_sadullaev
128.4K viewsedited  11:58
Ochish/sharhlash
2022-01-03 11:21:08
Davlat mukofoti, 2 xonali uy va 250 million so‘m — Nodirbek Abdusattorov munosib taqdirlandi

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abduvaxitov Abdujabar Abdusattarovich topshirdi.

Toshkent shahridan 2 xonali uy kalitini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov topshirdi.

Bundan tashqari, Nodirbek Abdusattorovga 250 million so‘m, ustozlari — Jahongir Vohidovga va marhum Dmitriy Qayumovning oilasiga 100 million so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.

@alisher_sadullaev
39.4K views08:21
Ochish/sharhlash
2022-01-03 10:50:53
Shaxmatning rapid yoʻnalishi boʻyicha Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abduvaxitov Abdujabar Abdusattarovich topshirdilar.

@alisher_sadullaev
15.6K viewsedited  07:50
Ochish/sharhlash