Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 163.83K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 118

2021-12-24 17:00:18
«O‘zbekiston yoshlari forumi–2021» doirasida Birlashgan Millatlar Taraqqiyot dasturi, Yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh ijodkorlar kengashi hamkorligida chop etilgan «Cheksiz ijod — cheksiz imkon» kitobining taqdimotida ishtirok etdim.

Rasmdagi do‘stimiz Furqatbek Quranboyev 2002-yilda Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida tug‘ilgan. Xorazm kulolchilik markazida faoliyat olib boradi. “Cheksiz ijod — cheksiz imkon” kitobiga autizmga chalingan bolalar hayoti haqida yozilgan “Jannat gullari” hikoyasi kiritilgan.

Furqatbek 5 yildan buyon kulolchilik va paypoq to‘qish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Furqatbek badiiy ijodning nazm va nasr yo‘nalishlarida ijod qiladi. Otasi – usta. Onasi — uy bekasi.

Ochig‘i Furqatbek bilan gaplashib, mazza qilasiz. Uning izlanuvchanligi, salohiyatini ko‘rib judayam sevindim. Yosh bo‘lishiga qaramasdan qo‘lida hunari bor, oddiy oilada katta bo‘lgan haqiqiy iste’dod egasi u. Aslida Furqatbekning imkoniyatlari cheklanmagan, aksincha, chegarasizdir!

@alisher_sadullaev
9.2K viewsedited  14:00
Ochish/sharhlash
2021-12-23 21:50:12
Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Farruh Farhodjonovich Omonov Prezident administratsiyasida shoʻba mudiri etib tayinlandi

Farruh aka yoshlar bilan ishlash tizimida yoshlarning manfaatlariga xizmat qiladigan juda ko‘plab loyihalarni, tizimlarni yo‘lga qo‘yishda samarali faoliyat yuritgan. Yoshlarforumi.uz, yoshlarportali.uz, yoshlardaftari.uz kabi platformalar va 1093 qisqa raqami shular jumlasidandir. Jamoamizda va yoshlar uchun bugungacha qilingan ishlarda Farruh akaning alohida o‘rni bor.

Ayniqsa, karantin davrida volontyorlar tizimining shakllantirilishida, qiyin davrda odamlarga yordam berishda Farruh aka juda faol boʻlganlar.

Ushbu tayinlov Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan ishonchini yana bir karra ko‘rsatib beradi. Prezident administratsiyasida mas’ul lavozimiga aynan biz yoshlarning ichidan tayinlov amalga oshirilishi — juda katta ishonch.

Mas’uliyatli lavozimda Farruh aka Omonovga kuch-quvvat, omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

@alisher_sadullaev
9.6K viewsedited  18:50
Ochish/sharhlash
2021-12-19 19:10:56
«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 21-dekabr kuni soat 12:00dan 13:00gacha Toshkent shahridagi «Congress hall»ning “Shosh” zalida yoshlar bilan ochiq muloqotimiz bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun toshkent21.uz orqali ro‘yxatdan o‘tish va maxsus QR kodni olish lozim.

@alisher_sadullaev
26.4K viewsedited  16:10
Ochish/sharhlash
2021-12-17 19:03:54 «O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» yuzasidan ovozli suhbatimiz boshlandi. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/yoshlarforumi?livestream

@alisher_sadullaev
10.6K viewsedited  16:03
Ochish/sharhlash
2021-12-17 18:30:12 «O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» yuzasidan bugun, 17-dekabr kuni soat 21:00da ovozli suhbat o‘tkazamiz. Ushbu suhbat davomida forumda ishtirok etish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Savollaringizni izohlarda yozib qoldiring. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/yoshlarforumi?livestream

@alisher_sadullaev
12.4K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-12-16 14:16:35
15.1K viewsedited  11:16
Ochish/sharhlash
2021-12-13 19:00:23
Hududlardagi xizmat safarlarimizda asosan «Yoshlar daftari»dagi yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarning ijrosi, yoshlarning muammolari, xato-kamchiliklar va daftardan chiqarishdagi ayrim koʻzboʻyamachiliklarni oʻrganamiz. Bugun xizmat safariga chiqishimizni e’lon qilganimda qiziq holatga duch keldim, aslida bu men uchun takrorlanuvchi holat, tez-tez shunaqasi ham bo‘lib turadi.

Telegramda Jahongir Xushboqov ismli do‘stimizning yozganlarini o‘qib qoldim. Biz doim tanqidlarga, takliflarga ochiqmiz. Jahongirning yozganlarini o‘qib, uning oldiga borishga qaror qildik.

Haqiqatan ham talabchan va tashabbuskor tadbirkor ekan. Koʻp qavatli uylarning yertoʻlasida namunaviy qilib oʻzining startapini boshlagan. Bunaqa yigitlarni qo‘llab-quvvatlash — bizning asosiy vazifamiz. Jahongir moddiy qiyinchiliklarga duch kelgan yoshlarni o‘qitib beradigan, biz esa ularning xarajatlarini qoplab beradigan boʻldik. Kichik kutubxona tashkil qilib, shahar miqyosida olimpiada tashkil etishga ham kelishib oldik.

@alisher_sadullaev
42.4K views16:00
Ochish/sharhlash
2021-12-13 08:43:15 Bu hafta to’rtta viloyatga xizmat safari bilan yo’l olamiz. Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlari. Tuman va mahallarda yoshlar bilan muloqot hamda uchrashuvlar tashkil etamiz.

P.S. Bugun Surxondaryo viloyatida bo’lamiz.

@alisher_sadullaev
16.0K viewsedited  05:43
Ochish/sharhlash
2021-12-12 21:12:21
Bugun, 12-dekabr, soat 22:50 holatiga ko‘ra, yoshlarforumi.uz platformasi orqali 7019 ta taklif kelib tushdi. Ayni vaqtda yoshlardan takliflar kelishi davom etmoqda. Eslatib o‘taman, takliflar qabuli bugun soat 00:00da yakunlanadi.

O‘z takliflaringizni platformadan toping, taklifingizni qo‘llab-quvvatlashlari uchun harakat qiling. Takliflari eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan yoshlarga tez orada Respublikadagi «O‘zbekiston yoshlari forumi»ga taklif etilgani to‘g‘risida elektron tarzda xabarnoma yuborishni boshlaymiz.

Bundan tashqari, har bir viloyatda ham yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi. Hududlarda ham sizda ishtirok etish imkoni bo‘ladi.

@alisher_sadullaev
20.7K views18:12
Ochish/sharhlash
2021-12-12 20:43:20 Live stream finished (1 hour)
17:43
Ochish/sharhlash