Get Mystery Box with random crypto!

«O‘zbekiston yoshlari forumi–2021» doirasida Birlashgan Millat | Alisher Sadullaev

«O‘zbekiston yoshlari forumi–2021» doirasida Birlashgan Millatlar Taraqqiyot dasturi, Yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh ijodkorlar kengashi hamkorligida chop etilgan «Cheksiz ijod — cheksiz imkon» kitobining taqdimotida ishtirok etdim.

Rasmdagi do‘stimiz Furqatbek Quranboyev 2002-yilda Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida tug‘ilgan. Xorazm kulolchilik markazida faoliyat olib boradi. “Cheksiz ijod — cheksiz imkon” kitobiga autizmga chalingan bolalar hayoti haqida yozilgan “Jannat gullari” hikoyasi kiritilgan.

Furqatbek 5 yildan buyon kulolchilik va paypoq to‘qish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Furqatbek badiiy ijodning nazm va nasr yo‘nalishlarida ijod qiladi. Otasi – usta. Onasi — uy bekasi.

Ochig‘i Furqatbek bilan gaplashib, mazza qilasiz. Uning izlanuvchanligi, salohiyatini ko‘rib judayam sevindim. Yosh bo‘lishiga qaramasdan qo‘lida hunari bor, oddiy oilada katta bo‘lgan haqiqiy iste’dod egasi u. Aslida Furqatbekning imkoniyatlari cheklanmagan, aksincha, chegarasizdir!

@alisher_sadullaev