Get Mystery Box with random crypto!

​​2021-yilda ishga tushgan xalqaro imtihon tizimlari kompensat | Alisher Sadullaev

​​2021-yilda ishga tushgan xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi. Yoshlar yilida yoshlar uchun qanday imkoniyatlar joriy etildi? (1-qism)

Hukumat qarori bilan 2021-yil 1-maydan boshlab 5 ta turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan (IELTS – 7 va undan yuqori; TOEFL – 95 va undan yuqori; GMAT – imtihon natijalari (Verbal/Quantative) bo‘yicha 75 percentile va undan yuqori; GRE – imtihon natijalari (Verbal/Quantative) bo‘yicha 75 percentile va undan yuqori; SAT – 1200 va undan yuqori) natijani qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to'liq kompensatsiya qilib berish boshlandi (tizimdan foydalanish boʻyicha videoqoʻllanma).

Ushbu tizim bilan bog'liq tahlillarimizni mana bu yerda o'qishingiz mumkin. Bugungacha bu imkoniyatdan foydalanish uchun 3488 nafar yoshlardan ariza kelib tushgan. Shundan 2833 nafariga imtihon xarjatlari kompensatsiya qilib berilgan, 2 ta ariza ko'rib chiqish jarayonida, 169 ta yangi ariza kelib tushgan. 469 ta ariza esa rad etilgan. Buning sababi ushbu arizachilar mazkur tizim yo'lga qo'yilishidan avval sertifikatni qo'lga kiritishgan yoki yuqori natija (maksimal ballning 75 foizdan yuqorisini) qayd etmay murojaat qilishgan.

Istasangiz plastik kartaga, istasangiz, naqd shaklda pulingizni qaytarib olishingiz mumkin. Albatta, avvalo, yuqori natija qayd etish talab etiladi. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun qayergadir borib murojaat qilish shart emas. Tizim raqamlashgan, my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish mumkin. my.gov.uz portalida ma'lumotlar doim yangilanib boradi. Shuningdek, siz ham buni doimiy ravishda ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Xo'sh, yoshlar, 2021-yilda siz qaysi xalqaro imtihondan yuqori natija qayd etdingiz va imtihon pulini qaytarib oldingiz? Agar bu imkoniyatdan hali foydalanmagan bo'lsangiz, 2022-yilga rejalaringiz qanday?

@alisher_sadullaev