Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 163.83K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 110

2022-03-01 15:57:04 Yangi o‘quv yilidan boshlab oliygoh, texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun, ilk marotaba, 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi — Prezident

@alisher_sadullaev
38.9K views12:57
Ochish/sharhlash
2022-02-28 18:58:11
1093

Yoshlar daftari”ga kirish uchun qayergadir borib murojaat qilish shart emas. Bu tizim raqamlashgan. https://yoshlardaftari.uz orqali murojaat yuborishingiz yoki 1093 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

Xoʻsh, 1093 tizimi qanday ishlaydi? Bu savolga mazkur video orqali javob olishingiz mumkin!

@alisher_sadullaev
45.2K views15:58
Ochish/sharhlash
2022-02-26 18:00:11 ​​Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari qoplab beriladi — yoshlar uchun #12imkoniyat

Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha miqdori) hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladi.

Sodda qilib tushuntirsam, «Yoshlar daftari»ga kirgan yoshlar nodavlat ta’lim muassasalarida (o‘quv markazlar, repetitorlarda) kamida 3 oy o‘qigandan so‘ng, o‘qigan yo‘nalishi bo‘yicha imtihon topshirib, milliy sertifikatni qo‘lga kiritsa, uning o‘qish xarajatlarining 50 foizi, shuningdek, milliy sertifikat imtihoni uchun to‘lagan puli ham to‘liq qaytarib beriladi. Batafsil ma'lumot.

Hisoblaymiz. Milliy sertifikat imtihonini topshirish xarajati BHMning 1,5 baravari (hozirda 405 ming so‘m). O‘qish xarajatining 50 foizini (BHMning 5 baravarigacha) to‘lab berish mumkinligi belgilangan. Maksimal to‘lab berilsa, 1 350 000 so‘m bo‘ladi. 405 000 so‘m + 1 350 000 so‘m = 1 755 000 so‘m. Demak, yoshlarimiz 1 755 000 so‘mgacha mablag‘ini qaytarib olishi mumkin.

Nazarimda, mazkur imkoniyat milliy sertifikat uchun imtihon topshiradigan yoshlarga ham, ularning ota-onalariga ham yaxshi qo‘llab-quvvatlov bo‘ladi. Foydalaning, imkoniyat haqida maktabni bitirayotgan yaqinlaringizga, abituriyent tanishlaringizga, ularning ota-onalariga xabar bering. Yoshlar uchun yaratilayotgan bu imkoniyatlar qancha ko‘p yoshlarga yetib borsa, biz shuncha ko‘p xursand bo‘lamiz!

@alisher_sadullaev
42.5K viewsedited  15:00
Ochish/sharhlash
2022-02-25 18:14:54 Live stream finished (1 hour)
15:14
Ochish/sharhlash
2022-02-25 17:06:55 Mahalladagi yangi tizim — yoshlar yetakchilarining faoliyati va vakolatlari haqida ovozli suhbatimiz boshlandi. Ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
26.3K viewsedited  14:06
Ochish/sharhlash
2022-02-25 17:00:02 Live stream started
14:00
Ochish/sharhlash
2022-02-25 16:28:32 Bugun soat 19:00 da mahalladagi yangi tizim — yoshlar yetakchilarining faoliyati va vakolatlari haqida ovozli suhbat oʻtkazamiz. Muloqotda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

Savollaringizni izohlarda yozib qoldiring.

@alisher_sadullaev
46.9K views13:28
Ochish/sharhlash
2022-02-25 16:27:07 Live stream scheduled for Feb 25 at 14:00
13:27
Ochish/sharhlash
2022-02-23 18:54:52 Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 1-martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilindi

Shuningdek, epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda fuqorolarning ijtimoiy masofasini ta’minlash qiyin bo‘lgan joylarda:

jamoat transportida;
yirik savdo do‘konlarida;
ta’lim muassasalarida;
davlat va nodavlat idoralarida;
masjidlar, teatr, kinoteatr, muzey, san’at saroylari, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va boshqa odamlar gavjum joylarda niqob taqish tavsiya etildi.

@alisher_sadullaev
21.0K views15:54
Ochish/sharhlash
2022-02-23 18:40:41Vaqt — yaxshi odatlar sabab do’stingizga, yomon odatlar sabab dushmaningizga aylanadi”.

“Atom odatlar” kitobidan


@alisher_sadullaev
17.3K viewsedited  15:40
Ochish/sharhlash