Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 163.83K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 109

2022-04-16 18:15:15
#yashilmakon

Shunday ulugʻ kunlarda «Yashil makon» loyihasi Sergeli tumanida amalga oshirildi. Bu xayrli ishda yosh olimlar, sportchilar, prokuratura organlari xodimlari, zakovatchilar, nogironligi bor shaxslar, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitalari xodimlari — barcha birlashib, loyihada ishtirok etishdi.

Daraxtlarni ekarkanmiz, birinchi oʻrinda shu yerda istiqomat qiladigan insonlarning, mahalla ahlining kayfiyati bilan ham qiziqdik. Albatta, ular bu yerga “dom” yoki qandaydir binoning qurilishi emas, daraxtlar ekilganidan va mahalla koʻkalamzorlashtirilganidan xursandliklarini bildirishdi.

Yillar oʻtib farzandlarimni shu yerga aylantirishga olib kelishni niyat qildim. “Yashil makon” loyihasidan ham maqsad shu: farzandlarimiz bilan aylanishga salqin va koʻrkam maskan yaratish. Hozir va kelajak uchun, yurtimiz salqin va ozoda boʻlishi uchun ham bugun mana shu daraxtlarni ekdik. Sergeli tumani mutasaddilariga minnatdorchilik bildiramiz!

@alisher_sadullaev
112.4K views15:15
Ochish/sharhlash
2022-04-16 15:02:29
#yashilmakon

Vatanimizni #YashilMakonga aylantirishda hissa qo’shganlarning barchalariga tashakkur bildiraman.

@alisher_sadullaev
76.3K viewsedited  12:02
Ochish/sharhlash
2022-03-02 21:00:51 Bugun yoshlar yetakchilari o‘z mahallasida «Zakovat» intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etishi yuzasidan ovozli muloqot oʻtkazdik. Unda 3500 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etishdi.

Yoshlarimizdan koʻplab savol va takliflar oldik. Shu oʻrinda aytib oʻtmoqchiman, “Zakovat” intellektual turniri mahallalar, maktablar, oliy ta’lim muassasalari, zavod-fabrikalar, vazirlik-idoralar kesimida ham tashkil qilinadi, albatta.

Ertaga, 3-mart kuni ta’lim muassasalarida, xususan, oliy ta’lim muassasalari kesimida “Zakovat” intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etilishi yuzasidan ovozli suhbatimizni davom ettiramiz.

@alisher_sadullaev
13.3K views18:00
Ochish/sharhlash
2022-03-02 20:11:25 Live stream finished (1 hour)
17:11
Ochish/sharhlash
2022-03-02 19:03:09 Yoshlar yetakchilari o‘z mahallasida «Zakovat» intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etishi yuzasidan ovozli muloqotimiz boshlandi.

Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
25.7K views16:03
Ochish/sharhlash
2022-03-02 18:58:24 Live stream started
15:58
Ochish/sharhlash
2022-03-02 15:27:35 Tez orada mahallalar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining Respublika turniriga start beriladi. Yoshlar yetakchilari mahallada «Zakovat» turnirini o‘tkazib, mahallaning jamoasini shakllantiradilar. 30-iyun — yoshlar kuni arafasida final o‘yinlari o‘tkaziladi.

Bugun, 2-mart kuni soat 21:00 da yoshlar yetakchilari o‘z mahallasida «Zakovat» intellektual o‘yinini qanday tartibda tashkil etishi bo‘yicha ovozli muloqot o‘tkazamiz. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
92.5K views12:27
Ochish/sharhlash
2022-03-02 14:54:38 Live stream scheduled for Mar 2 at 16:00
11:54
Ochish/sharhlash
2022-03-01 16:03:23 Ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:

har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;

yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi;

doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

@alisher_sadullaev
36.6K views13:03
Ochish/sharhlash
2022-03-01 16:01:11 Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘liq budjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m).

@alisher_sadullaev
35.5K viewsedited  13:01
Ochish/sharhlash