Get Mystery Box with random crypto!

​​Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha o‘qish xarajat | Alisher Sadullaev

​​Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari qoplab beriladi — yoshlar uchun #12imkoniyat

Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi (bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha miqdori) hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari qoplab beriladi.

Sodda qilib tushuntirsam, «Yoshlar daftari»ga kirgan yoshlar nodavlat ta’lim muassasalarida (o‘quv markazlar, repetitorlarda) kamida 3 oy o‘qigandan so‘ng, o‘qigan yo‘nalishi bo‘yicha imtihon topshirib, milliy sertifikatni qo‘lga kiritsa, uning o‘qish xarajatlarining 50 foizi, shuningdek, milliy sertifikat imtihoni uchun to‘lagan puli ham to‘liq qaytarib beriladi. Batafsil ma'lumot.

Hisoblaymiz. Milliy sertifikat imtihonini topshirish xarajati BHMning 1,5 baravari (hozirda 405 ming so‘m). O‘qish xarajatining 50 foizini (BHMning 5 baravarigacha) to‘lab berish mumkinligi belgilangan. Maksimal to‘lab berilsa, 1 350 000 so‘m bo‘ladi. 405 000 so‘m + 1 350 000 so‘m = 1 755 000 so‘m. Demak, yoshlarimiz 1 755 000 so‘mgacha mablag‘ini qaytarib olishi mumkin.

Nazarimda, mazkur imkoniyat milliy sertifikat uchun imtihon topshiradigan yoshlarga ham, ularning ota-onalariga ham yaxshi qo‘llab-quvvatlov bo‘ladi. Foydalaning, imkoniyat haqida maktabni bitirayotgan yaqinlaringizga, abituriyent tanishlaringizga, ularning ota-onalariga xabar bering. Yoshlar uchun yaratilayotgan bu imkoniyatlar qancha ko‘p yoshlarga yetib borsa, biz shuncha ko‘p xursand bo‘lamiz!

@alisher_sadullaev