Get Mystery Box with random crypto!

Abutirriq

Telegram kanalining logotibi abutirriq — Abutirriq A
Telegram kanalining logotibi abutirriq — Abutirriq
Kanal manzili: @abutirriq
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 100
Kanalning ta’rifi

@abituriyent_EDU

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-09-06 13:20:44
Oliy ta‘lim — har yili minglab bilimsiz talabalarni yetishtirib, formani bilimdan ustun qoʻygan tizim.

Kelajakda rivojlangan davlat boʻlish-boʻlmasligimiz faqat va faqat ta‘limga bogʻliq.

Toʻliq koʻrsatuvni koʻrish!


791 views10:20
Ochish/sharhlash
2022-09-06 05:01:55
1-kurs talabasi bilan 4-kurs talabasining qanaqa farqi bor?

Talabalarga videoni yuboramiz

@Abutirriq endi talaba
2.6K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-09-05 17:00:13 #Anaxolos

Maktab darsliklari ijarasi bepul bo‘ladi

Maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara to‘lovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar yuzasidan Prezidentga axborot berildi.

Prezidentimiz Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdilar.

@Abutirriq endi talaba
1.6K viewsedited  14:00
Ochish/sharhlash
2022-09-05 10:07:14
O‘zbekistonda 2022-2023-o‘quv yiliga maktab darsliklari to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori e’lon qilindi

2022-2023 oʻquv yilida taʼlim tili Oʻzbek sinflar uchun darsliklar toʻplamlarining ijara narxlari quyidagicha belgilandi:

2-sinf
: 102 ming 700 soʻm
3-sinf: 102 ming 700 soʻm
4-sinf: 68 ming 500 soʻm
5-sinf: 85 ming 600 soʻm
6-sinf: 74 ming 200 soʻm
7-sinf: 102 ming 700 soʻm
8-sinf: 108 ming 400 soʻm
9-sinf: 108 ming 400 soʻm
10-sinf: 102 ming 700 soʻm
11-sinf: 119 ming 800 soʻm

Boshqa tillardagi darsliklarning ijara narxini yuqoridagi rasmdan bilishingiz mumkin.

@Abutirriq endi talaba
2.3K viewsedited  07:07
Ochish/sharhlash
2022-09-04 14:05:46
Yo rosdanam-da. Mindeyeye ruchkani qoppog‘ini tishlab, javoblarni tavakkaldan belgilab tashasayam 70-80 ballni urippo‘ysa bo‘ladi-yu kerego‘sa...

Sizlarchi, nima deb o‘ylaysizlar? Yarim milliondan ortiq abituriyent xatto 56 ball ham to‘plolmaganining asl sababi nimada?

Ayb maoshi kamligi sabab ta’limga yengilroq qarashga majbur bo‘layotgan o‘qituvchilardami?

Yoki yetishmovchilik sabab farzandlariga yetarlicha vaqt ajratolmayotgan, erta-yu kech tirikchilik dardida 2-3ta joyda va yoki xorijda ishlab yurgan ota-onalardami?

O‘qituvchilardan avvalo ta’lim sifatini talab qilish o‘rniga, o‘quvchi davomati, formasi, yoki uning soch-soqolini o‘lchab yurishga majburlayotgan, (bular yetmagandek) ularni tobora keraksiz qog‘ozbozlikka ko‘mib tashlayotgan vazirlikdami ayb?

Yoki ayb oliygohni bitirgan millionlab yoshlarni baribir ish bilan taminlayolmayotgan hukumatdadir?

Yo bo‘lmasa past ball olishida o‘zidan boshqa barchani ayblayotgan abituriyentning o‘zidami ayb?

Balki yaramas massonlar aybdordir?
...yo Allamjonov aybdormi?

Rais Buva

@Abutirriq endi talaba
1.2K viewsedited  11:05
Ochish/sharhlash
2022-09-04 11:43:10
Ertadan hamma o'qishga

Talabalikni orziqib kutganlarga yuboramiz.

Ha aytgancha formada borish unutmang 1-kurslar

@Abutirriq endi talaba
2.0K viewsedited  08:43
Ochish/sharhlash
2022-09-03 11:48:45
OTMda o‘qiyotgan ayrim talabalarga kontraktining bir qismi qoplab beriladi!

Texnikumlarda yoki OTM (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali)da o‘qiyotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi-talabalarga kontrakti bir qismi qoplab beriladi.

Bunda yoshlar yetakchisi ijobiy tavsiyasi bilan kontrakt 50 foizigacha, biroq BHM 50 baravaridan oshmagan qismi to‘lab beriladi.

@Abutirriq endi talaba
429 views08:48
Ochish/sharhlash
2022-09-03 10:02:28 Rasman: Super kontrakt narxi eʼlon qilindi va 10% arzonlashdi

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari 10 foizga kamaytirildi.

Hususiy OTM lar bundan mustasno.

@Abutirriq endi talaba
1.1K views07:02
Ochish/sharhlash
2022-09-03 08:30:00
Hoziroq O’zbekistondagi nufuzli universitetlarga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo’ling!

Faqatgina bugun, dastlabki 10 nafar abituriyentga talaba bo'lish uchun 50% chegirma e'lon qilinadi

Barcha yo’nalishlar mavjud:

Iqtisodiyot
Pedagogika va psixologiya
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Filologiya va tillarni o’qitish
Tarix
IT
Sport
Turizm
Matematika va informatika

Qulayliklari:

Diplomi O'zbekistonga o'tadi!
Qulay to'lov-kontrakt narxlar;
O'qishni ko'chirish imkoni bor;
Xizmatlar 100% kafolatlanadi!

Qiziqdingizmi? Batafsil ma'lumot:

Toshkent
90-017-02-91 | Onlayn murojaat
90-011-15-26 | Onlayn murojaat
90-046-29-89 | Onlayn murojaat
90-033-17-31 | Onlayn murojaat

Navoiy
94-682-23-22 | Onlayn murojaat
93-170-71-32 |

Qashqadaryo
90-440-88-85 | Onlayn murojaat

Samarqand
99-584-69-95 | Onlayn murojaat

Manzil: Toshkent, Uchtepa-11, 48-uy
Lokatsiya
Mo‘ljal: Al-Xorazmiy chorrahasi, Turkiston bank
1.4K views05:30
Ochish/sharhlash
2022-09-02 19:01:54
Qaysi banklardan taʼlim krediti olish mumkin?

Moliya vazirligi o'tgan yilda talabalar uchun taʼlim krediti ajratadigan tijorat banklari roʻyxatini eʼlon qilgan edi. (Joriy yilda ham berish ehtimoli bor)

Unga koʻra, hozircha talabalar yuqoridagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kredit olish mumkin.

Taʼlim kreditini olish uchun ushbu banklarning markaziy ofisiga kelish shart emas, oʻzingizga qulay boʻlgan istalgan filiallariga borishingiz ham mumkin.

@Abutirriq endi talaba
2.5K views16:01
Ochish/sharhlash