Get Mystery Box with random crypto!

Yo rosdanam-da. Mindeyeye ruchkani qoppog‘ini tishlab, javobla | Abutirriq

Yo rosdanam-da. Mindeyeye ruchkani qoppog‘ini tishlab, javoblarni tavakkaldan belgilab tashasayam 70-80 ballni urippo‘ysa bo‘ladi-yu kerego‘sa...

Sizlarchi, nima deb o‘ylaysizlar? Yarim milliondan ortiq abituriyent xatto 56 ball ham to‘plolmaganining asl sababi nimada?

Ayb maoshi kamligi sabab ta’limga yengilroq qarashga majbur bo‘layotgan o‘qituvchilardami?

Yoki yetishmovchilik sabab farzandlariga yetarlicha vaqt ajratolmayotgan, erta-yu kech tirikchilik dardida 2-3ta joyda va yoki xorijda ishlab yurgan ota-onalardami?

O‘qituvchilardan avvalo ta’lim sifatini talab qilish o‘rniga, o‘quvchi davomati, formasi, yoki uning soch-soqolini o‘lchab yurishga majburlayotgan, (bular yetmagandek) ularni tobora keraksiz qog‘ozbozlikka ko‘mib tashlayotgan vazirlikdami ayb?

Yoki ayb oliygohni bitirgan millionlab yoshlarni baribir ish bilan taminlayolmayotgan hukumatdadir?

Yo bo‘lmasa past ball olishida o‘zidan boshqa barchani ayblayotgan abituriyentning o‘zidami ayb?

Balki yaramas massonlar aybdordir?
...yo Allamjonov aybdormi?

Rais Buva

@Abutirriq endi talaba