Get Mystery Box with random crypto!

Abdusattor

Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor A
Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor
Kanal manzili: @abdusattor
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47.79K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2022-06-01 17:33:09 «Cambride» YouTube sahifasi obunachilari soni 100K bo’lishiga oz qolmoqda.

Cambridge YouTube sahifasiga obuna bo’lib, 100 minglik marraga erishishida o’z xissangizni qo’shishingiz mumkin!

Obuna bo’lish:
https://youtube.com/c/CambridgeLearningCentre
4.9K views14:33
Ochish/sharhlash
2022-06-01 10:27:20 Start-up'ingizni rivojlantiruvchi 8 ta asosiy omil!

1. Mahsulot (product)ingizni targ'ib qilish uchun birlashma-marketing (affiliate-marketing)dan foydalaning.

– Birlashma marketingda siz influenserlarni ishga solib, mahsulotingizni ko'lamini oshirishingiz mumkin.

2. Priseyl (presale) ni yo'lga qo'ying.

– Priseyl bu mahsulot tayyor bo'lmasligidan avvaldanoq unga ma'lum miqdorda yoki butunlay to'lov qilinishidir. Ayni hozirgi ko'payayotgan uy qurib beruvchi kompaniyalar bunga yorqin misoldir.

3. Kam bo'lsa ham, maqsadli va yo'naltirilgan auditoriya bilan boshlang.

– Katta auditoriyaga kirmoqchi bo'lsangiz-u, auditoriyani datasi sizga ma'lum bo'lmasa, unda kirmasdan turib, avval kam sonli ammo datasi ma'lum auditoriya kashf qilib, so'ng boshlang.

4. Bozorga kirishdan avval "shovqin-suron" soling!

– Albatta bu yerda shovqin-suron bir o'xshatma edi xolos. Shovqin solish deganda, masalan, "Apple"ni olsak, uni yangi mahsuloti chiqishidan avval hamma yerda gap tarqab ketadi. Yangi model ko'rinishi haqida taxminlar, fikrlar va hokazo... O'zimizdan ham bir qancha shunday start-up'larning produktlarini misol qilishim mumkin edi, ammo reklama bo'lib qolishi mumkin :)

5. Ijtimoiy faol tizim tashkil qiling!

– Uch oylik kursni bitirib chiqqan "targetolog, marketolog, palonolog, pistonolog"larni emas, haqiqiy mutaxassis targetologlarni ishga yollang. Aynan ular ijtimoiy tarmoqlarda mahsulotingizni "promotion"ini ko'tarib berishadi.

6. Bozorga kirib kelishdan avval ham undan keyin ham muntazam bozor tahlilini o'tkazing.

– "Market research" qilayotganda raqobatchilaringizni mahsulotlarini, modellarini o'rganish, kerak bo'lgan paytda boshqa muvaffaqiyatli start-up'lardan prototip ko'chrishingizga to'g'ri kelishi mumkin.

7. Kerak bo'lsa yordam ham so'rang.

– Kirib kelayotgan yo'nalishingizdagi eng mutaxassis insonni "bitta choyxona" qilib berib bo'lsa ham savollaringizni va produktingiz haqida fikrlarini bilib boring. Aslida "bitta choyxona" bu eng kami edi :)

8. Servisni to'g'ri yo'lga qo'ying!

– Mahsulotingiz qanchalik zo'r bo'lmasin, ammo servis 0 bo'lsa ishingiz 0 degani. Servis mahsulot sifatidan ustun turadi. Masalan hayotda o'zingiz guvohi bo'lganingizdek, bir oshxonada yaxshi taom tayorlansa-yu, ammo girgitton tushmagur qo'rsroq bo'lsa, yoki stol usti yog', qoshiqlar yuvilmagan bo'lsa..

Buni aksi o'laroq, do'konlarda undanda yaxshiroq yoki arzonroq muzqaymoqlar bo'lsada, haligacha "Andijon muzqaymoqlari"ni olib qo'yayotganingizni sababi ham ularni servisidadir. Muzqaymog'i tushmagur bolalar uyingizni tagigacha olib kelib turadida..

@abdusattor
7.1K views07:27
Ochish/sharhlash
2022-05-31 15:42:37
Men jamoamdan faxrlanaman! O’z ishini professionallari!

@dizipro
5.5K viewsedited  12:42
Ochish/sharhlash
2022-05-30 21:45:57
Birga bir yasalgan va render qilingan 3D model. Shogirdlarga va renderchi jamoamizga Respect!

@dizipro
4.1K views18:45
Ochish/sharhlash
2022-05-30 09:03:26
SubhanAlloh! Dengizni mavjlanishini qarang. Go‘yo robbisiga chiroyli zikr aytayotgandek! Inson Robbisini tafakkur qilganchalik lazzat bo‘lmasa kerak dunyoda

@abdusattor
7.9K viewsedited  06:03
Ochish/sharhlash
2022-05-29 06:22:53
Qanday qilib Abdusattor Abdurahimov jamoasi va loyihalariga qoʻshilish mumkin?

Javob oddiy, siz 3D sohalaridan birini bilishingiz va jamoaga mos kadr bo'lishingiz kerak. Jamoga mos kadrlarni yetishtirib chiqarish uchun Abdusattor Abdurahimov tomonidan Diziproda eksklyuziv "3D modeling va rendering" kursi tashkil etildi.

Kurs haqida batafsil maʼlumot telegra.ph/3Ds-Max-kursi-08-02

Bitiruvchilar mustaqil tarzda proektlar tayyorlay olishadi va eng yaxshi bitiruvchilarni o'z jamoamizga ishga olamiz.

Qabul 1-iyunga qadar davom etadi. Oʻz joyingizni band qilishga shoshilib qoling!

Murojaat uchun:
Tel.
+998994008800
Tg. @dizipro_edu

@abdusattor
6.6K views03:22
Ochish/sharhlash
2022-05-28 18:41:57
Dunyodagi barcha narsaning narxini bilishni xohlaysizmi?

– Ukrainaga katta yordam berayotgan Bayrakdar dronining narxi qancha?
– Dunyodagi eng qimmat mashinaning narxi qancha?
– Eng mashhur NFT'ning narxi qancha?

Ushbu va boshqa qiziqarli savollarga javob topmoqchimisiz? Bu imkonsiz emas! Telegramdagi oʻsha mashhur "Narxi Qancha?" kanalini tavsiya qilamiz.

Obuna boʻling @NarxiQancha
3.9K views15:41
Ochish/sharhlash
2022-05-28 17:51:43
#seminar
#matonat

Bugun "Matonat" oromgohida seminar-trening, mahorat darslari hamda motivatsion uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningni Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Barnogul Sanoqulova, Najot ta'lim" o‘quv markazi asoschisi Temurbek Adhamov, "Cambridge" o‘quv markazi asoschisi Jahongir Po‘latov, "Dizipro" o‘quv markazi rahbari Abdusattor Abduraximovlar o‘tib berishdi.

Seminar davomida olingan bilimlar loyiha ishtirokchilarining kelgusi ishlarida albatda yordam berishiga ishonch bildiramiz.

Bizni kuzatishda davom eting...

@tuychiyev_uz
5.0K views14:51
Ochish/sharhlash
2022-05-28 07:39:13
10.000$ ga sotilgan CryptoPunk NFT esingizdami?

Ushbu NFT to'plamda "airdrop" ketmoqda, siz oddiy shartlar bajarganingiz evaziga siz kamida 1000$ yoki 20,000$ lik NFT yutib olishingiz mumkin.

Shartlar juda ham oddiy, siz shunchaki bot bergan kanalga obuna bo'lasiz va 1ta odamni botga taklif qilasiz.

Obuna bo’ling va tanlovda qatnashing KANAL
8.2K views04:39
Ochish/sharhlash
2022-05-26 15:59:50 Бу ҳужжатдаги маълумотни мен биламан, кўпчилик билади. Балки билмайдиганлар ҳам бордир. Уларга билдириб қўйиш керак деб ўйладим
4.8K views12:59
Ochish/sharhlash