Get Mystery Box with random crypto!

Abdusattor

Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor A
Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor
Kanal manzili: @abdusattor
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47.80K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 62

2023-06-06 14:41:02 Hayotga turlicha qarash va yechimlarni ko’rolmaslik.

@abdusattor
85.6K views11:41
Ochish/sharhlash
2023-06-04 18:41:06
Men boshqalarni ayblashning foydasi yo'qligini va hayotingiz uchun shaxsiy javobgarlikni qabul qilishingiz kerakligini aytganimdan keyin. Menga nisbatan nafratga to'la ba'zi xabarlarni qabul qila boshladim. Men ularning his-tuyg'ulariga shunchalik tegib ketdimki, ular chidab turolmadi. Chunki so'zlarim bilan ulardan boshqa hamma aybdor bo'lgan qulay dunyosini xavf ostiga qo'ydim. Ular hech qachon o'z xatolarini tan olish uchun kuch topa olmaydilar, ular biror narsani o'zgartirishga ojizdirlar. Ularning qo'lidan yangiliklarni o'qish va atrofdagi hamma narsa yomonligini muhokama qilish keladi. Ularda biror narsani o'zgartirish uchun na bilim va na xohish bor. Men ular yashayotgan botqoqda yashashdan bosh tortaman. Ular iflos barmoqlari bilan xohlagan narsalarini yozishlari mumkin ammo oxir-oqibat natija hamma narsani ko’rsatadi.

@abdusattor
85.2K views15:41
Ochish/sharhlash
2023-05-30 14:37:53
Nimadirni o'zgartirish uchun yangicha fikrlashni kashf etish kerak.

Uzoq vaqtdan beri tanish bo'lgan fikrlar va his-tuyg'ular bizni o'zgarmas holatda ushlab turadi va ular eski hayotingizda hech narsa o’zgarmasligiga kafolat beradi.

Shunday qilib, agar siz haqiqatdan biror narsani o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, siz eski narsalarga yangi tarafdan qarashingiz, his qilishingiz va harakat qilishingiz kerak bo'ladi. Voqealarga odatiy reaksiya bildirishdan voz keching.
Yangi natija uchun siz boshqa odamga aylanishga majbursiz.

Sizga yangi ruhiy holat va yangi natijalar haqida yangicha fikrlash qobiliyati kerak.

@abdusattor
76.4K views11:37
Ochish/sharhlash
2023-05-25 12:45:57
Hayotda shu daraxtga o’xshash odamlar bor. Ular hayot adolatli emas deb nolimaydi, boshqalarni ayblamaydi va tashqaridan yordam kutmaydi.

Ular nima bo'lishidan qat'iy nazar o’sishda davom etishadi.

@abdusattor
104.9K views09:45
Ochish/sharhlash
2023-05-19 18:08:57
Bugun “Maqsad” nomli loyihamizni sizlarga taqdim etamiz. 

Maqsad — bir maqsad yo‘lida yig‘ilganlar hamjamiyati. Bu loyiha maqsadlarga agressiv erishadigan, intizom sevuvchi va shaxsiy masʼuliyat bilan yashashni xohlaydigan erkaklar uchun. Va bugungi mavzumiz aynan erkaklarga bag‘ishlanadi.

Atrofidagi imkoniyatlarni ko‘rolmasdan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan avlod qaror qabul qilolmay, ikkilanib qatʼiyatsizlik bilan yashamoqda.

Nega hozirgi kunning erkaklari kuchsiz bo‘lib qolgan? 

Qiziq, bu avval ham shundaymidi? Agar bizning davrimizga kelib shunday bo‘lgan bo‘lsa, buning sababi nimada?

Yuqoridagi savollarga javob YouTube kanalimizda:

160.5K viewsedited  15:08
Ochish/sharhlash
2023-05-15 16:10:06 Noliydigan jamiyat va uning dunyoqarashi.

@abdusattor
240.3K viewsedited  13:10
Ochish/sharhlash
2023-05-09 20:36:03
Sizning hayotingizga nima ta'sir qiladi?

Har bir insonning o'ziga xos dunyo qarashi bor.

Shunday qilib, odam o'zini biron bir narsaga loyiq emas deb hisoblasa, u rostdan ham shunday bo'ladi.

Agar siz muammolaringizni diqqat bilan tahlil qilsangiz, ularning asl ildizi sizning fikrlaringiz va dunyo qarashingizda ekanligini ko’rishingiz mumkin.

@abdusattor
80.5K views17:36
Ochish/sharhlash
2023-04-30 18:10:25
Oxirgi gaplarim ba'zi odamlarni ranjitganga o'xshaydi. Siz xohlaganingizcha o'ylashingiz mumkin, lekin bir narsani unutmang, dunyo sizning orzu-umidlaringizni qondirish uchun yaratilmagan.

@abdusattor
67.2K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2023-04-27 15:41:06
Qullar qaror qabul qilmaydi!

Ozod insonning asosiy belgisi bu mustaqil qaror qabul qila olish va u qaror ortidan keladigan barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishdir. Qaror qabul qila olmaydigan insonlarni qullardan hech qanday farqi yo'q, chunki ularning hayotini boshqalar hal qiladi. Kuchsiz odamlarga esa qullikning o'ziga yarasha foydali taraflari bor va bu mas'uliyat yo'qligi. Unday odamlar mas’uliyat olmaslik uchun qullikka ham tayyor bo'lishadi. Siz qul emasmisiz? Demak mustaqil qaror qabul qilishingiz va mas'uliyatni o’z yelkangizga olishingiz kerak. Yelkangiz juda kichik bo'lsa ham.

Tarixdan xalqlar o'z mustaqilligi uchun qon to'kishgan va bilingki sizning ozodligingiz ham o'zidan-o’zi kelib qolmagan. Ozodligingizni yengil xarakter bilan yo’qotib qo'ymang.

@abdusattor
107.0K views12:41
Ochish/sharhlash
2022-11-28 17:20:27 Erkaklikka qarshi urush

Dard propagandasi, yetishilmagan sevgi va erkaklar maqsadi.

@abdusattor
294.1K viewsedited  14:20
Ochish/sharhlash