Get Mystery Box with random crypto!

Start-up'ingizni rivojlantiruvchi 8 ta asosiy omil! 1. Mahsul | Abdusattor

Start-up'ingizni rivojlantiruvchi 8 ta asosiy omil!

1. Mahsulot (product)ingizni targ'ib qilish uchun birlashma-marketing (affiliate-marketing)dan foydalaning.

– Birlashma marketingda siz influenserlarni ishga solib, mahsulotingizni ko'lamini oshirishingiz mumkin.

2. Priseyl (presale) ni yo'lga qo'ying.

– Priseyl bu mahsulot tayyor bo'lmasligidan avvaldanoq unga ma'lum miqdorda yoki butunlay to'lov qilinishidir. Ayni hozirgi ko'payayotgan uy qurib beruvchi kompaniyalar bunga yorqin misoldir.

3. Kam bo'lsa ham, maqsadli va yo'naltirilgan auditoriya bilan boshlang.

– Katta auditoriyaga kirmoqchi bo'lsangiz-u, auditoriyani datasi sizga ma'lum bo'lmasa, unda kirmasdan turib, avval kam sonli ammo datasi ma'lum auditoriya kashf qilib, so'ng boshlang.

4. Bozorga kirishdan avval "shovqin-suron" soling!

– Albatta bu yerda shovqin-suron bir o'xshatma edi xolos. Shovqin solish deganda, masalan, "Apple"ni olsak, uni yangi mahsuloti chiqishidan avval hamma yerda gap tarqab ketadi. Yangi model ko'rinishi haqida taxminlar, fikrlar va hokazo... O'zimizdan ham bir qancha shunday start-up'larning produktlarini misol qilishim mumkin edi, ammo reklama bo'lib qolishi mumkin :)

5. Ijtimoiy faol tizim tashkil qiling!

– Uch oylik kursni bitirib chiqqan "targetolog, marketolog, palonolog, pistonolog"larni emas, haqiqiy mutaxassis targetologlarni ishga yollang. Aynan ular ijtimoiy tarmoqlarda mahsulotingizni "promotion"ini ko'tarib berishadi.

6. Bozorga kirib kelishdan avval ham undan keyin ham muntazam bozor tahlilini o'tkazing.

– "Market research" qilayotganda raqobatchilaringizni mahsulotlarini, modellarini o'rganish, kerak bo'lgan paytda boshqa muvaffaqiyatli start-up'lardan prototip ko'chrishingizga to'g'ri kelishi mumkin.

7. Kerak bo'lsa yordam ham so'rang.

– Kirib kelayotgan yo'nalishingizdagi eng mutaxassis insonni "bitta choyxona" qilib berib bo'lsa ham savollaringizni va produktingiz haqida fikrlarini bilib boring. Aslida "bitta choyxona" bu eng kami edi :)

8. Servisni to'g'ri yo'lga qo'ying!

– Mahsulotingiz qanchalik zo'r bo'lmasin, ammo servis 0 bo'lsa ishingiz 0 degani. Servis mahsulot sifatidan ustun turadi. Masalan hayotda o'zingiz guvohi bo'lganingizdek, bir oshxonada yaxshi taom tayorlansa-yu, ammo girgitton tushmagur qo'rsroq bo'lsa, yoki stol usti yog', qoshiqlar yuvilmagan bo'lsa..

Buni aksi o'laroq, do'konlarda undanda yaxshiroq yoki arzonroq muzqaymoqlar bo'lsada, haligacha "Andijon muzqaymoqlari"ni olib qo'yayotganingizni sababi ham ularni servisidadir. Muzqaymog'i tushmagur bolalar uyingizni tagigacha olib kelib turadida..

@abdusattor