Get Mystery Box with random crypto!

Abdug'ani Abdurahimov

Telegram kanalining logotibi abdurakhimov_37 — Abdug'ani Abdurahimov A
Telegram kanalining logotibi abdurakhimov_37 — Abdug'ani Abdurahimov
Kanal manzili: @abdurakhimov_37
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-04-28 13:51:54 Dunyo istagan dinga suyansin. Oxiratni istagan dinga suyansin. Ham dunyoni ham oxiratni istagan esa yana dinga suyansin

Badiuzzamon Said-ul Nursiy hazratlari

@abdurakhimov_37
5 views10:51
Ochish/sharhlash
2023-04-21 12:03:06 ​Hayit bayrami - bu albatta bir boshqacha kun.

Hamma qarindoshlar bilan ko'rishasiz, suhbatlashasiz xullas bir qaytarilmas kunni tarixga muxrlaysiz.

Tengdoshlar bilan yoshlikni eslaysiz (albatta ko'p hayitlik oladigan davringizni  )

Kap katta bo'lishimga qaramay bugun ham (ota-onam) hayitlik berishdi
Baribir buni zavqi boshqada, yoshlikga bir zumga bo'lsa ham qaytasiz.

@abdurakhimov_37
4 views09:03
Ochish/sharhlash
2023-04-16 06:47:40
Sovchilar dekanat qolib endi tyutorlarga hujumga o’tishibdi.

@abdurakhimov_37
8 views03:47
Ochish/sharhlash
2023-04-08 10:22:14 Bezovtalik ( o'tgan kun va kelajak tashvishi)

Angliyalik professor Uilyam Osler eʼtirof etishicha, oʻtgan va kelajakdagi kunlar tashvishi bilan emas, bugungi kunning imkoniyatlari bilan yashash uning yutuqlarini taʼminlagan.

Buni qanday tushunish kerak?

Kitobda yozilishicha, Uilyam Osler Atlantika okeanini ulkan suv laynerida kesib oʻtgan. U kemada borar ekan, kema kapitani (dargʻa)ning ishini kuzatdi. Va kemaga suv kirib ketmasligi uchun dargʻa kerakli tugmalarni bosganda, kema atrofidagi qurilmalar zich boʻlib yopildi.

Chunki suv kirib ketishi mexanizmlar va kema xarakatika jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Xulosa qilib shuni aytadiki, siz hayot kemasida olis manzillarga suzish uchun yoʻl olasiz. Mexanizmlarning yaxshi ishlashi uchun kerakli qurilmalarni kerakli vaqtda yoping. Yaʼni oʻtgan va kelajak muammolaringizni bugungi ish, maqsad bilan aralashtirmang, deydi

Endi, siz, Osler ertangi kunga hozirlik koʻrmaslik kerak demoqchi desangiz yanglishasiz. Bugunning imkoniyatlarini boy bermasdan toʻla foydalanish evaziga ertangi kunga eltuvchi kuch-quvvatlarimizni saqlab qolishni nazarda tutmoqda.

"Qalb xalovat topmasa" Deyl Karnegi

@abdurakhimov_37
9 views07:22
Ochish/sharhlash
2023-04-08 10:21:36
8 views07:21
Ochish/sharhlash
2023-03-30 14:18:50 Bir ma'lumotni ulashmoqchiman.

Iogan Gutenberg 1445 yilda kitob bosib chiqarish dastgohini yaratdi. Va albatta bu narsa Yevropada kitoblarni keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Bilasiz, ungacha kitoblar maxsus xattotlar yordamida yozilgan, bitta kitob yozish uchun ko'p vaqt va katta mablag' talab qilingan. Shuning uchun ham keng ommaga (asosan o'quvchilarga) kitob sotib olish juda qimmat va qiyin ish bo'lgan. Bu ixtiro buni osonlashtirdi. Yevropaning turli shaharlarida bosmaxonalar ochila boshladi.

Bir ma'lumotda o'qishimcha, O'sha davrlarda musulmon dunyosining ustuni bo'lgan Usmoniylar imperiyasining xoqoni Boyazid II arab tilidagi kitoblarni bosmadan chiqarishni taqiqlab qo'ygan ekan. Ammo, oradan 300 yil o'tib, 1727 yilda sulton Axmad III farmoni bilan kitob bosib chiqarishga ruxsat bergan.

Ushbu o'rtadagi 300 yil albatta o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Statistikaga qiziqib, google ga murojaat qildim. Va 1800 yilga kelib Usmoniylar imperiyasining atigi 2-3 foizigina, Yevropa davlatlaridan Angliya, Germaniya va Gollandiya kabi davlatlar aholising 50 foizidan oshig'i savodli bo'lgan ekan.

Natijada esa barchaga ma'lum, Usmoniylar imperiyasi bundan 100 yildan keyin tarix qariga yo'q bo'lib ketgan. Bir zamonlar musulmonlar qilichidan zir titragan Yevropa esa taraqqiyot cho'qqisiga dadil qadam tashlagan.

Xulosa: Bizni faqat ilm qutqaradi do'stlarim. Buni unutmang
.

@abdurakhimov_37
15 views11:18
Ochish/sharhlash
2023-03-25 08:50:28 Yozganlarimning ba'zilari hayotim, ba'zilari xayolim.

Fikrlar, qarashlar, munosabatlar

Biroz bo'lsada foydasi tegsa, xursandman!
16 viewsedited  05:50
Ochish/sharhlash
2023-03-25 08:48:21 Assalomu alaykum
16 views05:48
Ochish/sharhlash