Get Mystery Box with random crypto!

Bezovtalik ( o'tgan kun va kelajak tashvishi) Angliyalik prof | Abdug'ani Abdurahimov

Bezovtalik ( o'tgan kun va kelajak tashvishi)

Angliyalik professor Uilyam Osler eʼtirof etishicha, oʻtgan va kelajakdagi kunlar tashvishi bilan emas, bugungi kunning imkoniyatlari bilan yashash uning yutuqlarini taʼminlagan.

Buni qanday tushunish kerak?

Kitobda yozilishicha, Uilyam Osler Atlantika okeanini ulkan suv laynerida kesib oʻtgan. U kemada borar ekan, kema kapitani (dargʻa)ning ishini kuzatdi. Va kemaga suv kirib ketmasligi uchun dargʻa kerakli tugmalarni bosganda, kema atrofidagi qurilmalar zich boʻlib yopildi.

Chunki suv kirib ketishi mexanizmlar va kema xarakatika jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Xulosa qilib shuni aytadiki, siz hayot kemasida olis manzillarga suzish uchun yoʻl olasiz. Mexanizmlarning yaxshi ishlashi uchun kerakli qurilmalarni kerakli vaqtda yoping. Yaʼni oʻtgan va kelajak muammolaringizni bugungi ish, maqsad bilan aralashtirmang, deydi

Endi, siz, Osler ertangi kunga hozirlik koʻrmaslik kerak demoqchi desangiz yanglishasiz. Bugunning imkoniyatlarini boy bermasdan toʻla foydalanish evaziga ertangi kunga eltuvchi kuch-quvvatlarimizni saqlab qolishni nazarda tutmoqda.

"Qalb xalovat topmasa" Deyl Karnegi

@abdurakhimov_37