Get Mystery Box with random crypto!

Bir ma'lumotni ulashmoqchiman. Iogan Gutenberg 1445 yilda ki | Abdug'ani Abdurahimov

Bir ma'lumotni ulashmoqchiman.

Iogan Gutenberg 1445 yilda kitob bosib chiqarish dastgohini yaratdi. Va albatta bu narsa Yevropada kitoblarni keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Bilasiz, ungacha kitoblar maxsus xattotlar yordamida yozilgan, bitta kitob yozish uchun ko'p vaqt va katta mablag' talab qilingan. Shuning uchun ham keng ommaga (asosan o'quvchilarga) kitob sotib olish juda qimmat va qiyin ish bo'lgan. Bu ixtiro buni osonlashtirdi. Yevropaning turli shaharlarida bosmaxonalar ochila boshladi.

Bir ma'lumotda o'qishimcha, O'sha davrlarda musulmon dunyosining ustuni bo'lgan Usmoniylar imperiyasining xoqoni Boyazid II arab tilidagi kitoblarni bosmadan chiqarishni taqiqlab qo'ygan ekan. Ammo, oradan 300 yil o'tib, 1727 yilda sulton Axmad III farmoni bilan kitob bosib chiqarishga ruxsat bergan.

Ushbu o'rtadagi 300 yil albatta o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Statistikaga qiziqib, google ga murojaat qildim. Va 1800 yilga kelib Usmoniylar imperiyasining atigi 2-3 foizigina, Yevropa davlatlaridan Angliya, Germaniya va Gollandiya kabi davlatlar aholising 50 foizidan oshig'i savodli bo'lgan ekan.

Natijada esa barchaga ma'lum, Usmoniylar imperiyasi bundan 100 yildan keyin tarix qariga yo'q bo'lib ketgan. Bir zamonlar musulmonlar qilichidan zir titragan Yevropa esa taraqqiyot cho'qqisiga dadil qadam tashlagan.

Xulosa: Bizni faqat ilm qutqaradi do'stlarim. Buni unutmang
.

@abdurakhimov_37