Get Mystery Box with random crypto!

MehrNoz

Telegram kanalining logotibi abbosova_mehrinoz — MehrNoz M
Telegram kanalining logotibi abbosova_mehrinoz — MehrNoz
Kanal manzili: @abbosova_mehrinoz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.73K
Kanalning ta’rifi

Mehrinoz Abbosovaning telegram kanali
http://t.me/M_maktublar_bot
Facebookda: https://www.facebook.com/abbasova.mehrinoz
Instagramda:
Instagram.com/mehrinoz_abbosova

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-09 08:36:48
Hayitlar muborak!

Kushoyish topaylikki, imonimiz yangilansin, ruhimiz tozarsin.

@abbosova_mehrinoz
3.3K viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2022-07-06 10:27:56
"Bobomiz Alisher Navoiy bizdan xafa bo'lsalar kerak" Sh. Mirziyoyev.

Hali qilinajak ishlar ko'p. Zimmmamizdagi yuk og'ir.
Menimcha, mas'uliyatni eslatib turish uchun ham bu lavha shu yerda tursa, ziyon qilmaydi

@abbosova_mehrinoz
4.2K viewsedited  07:27
Ochish/sharhlash
2022-07-01 18:31:50
"Siz axir osmonni olmoq bo'lsangiz,
Ne uchun yelkamni tutib bermayin
"

@abbosova_mehrinoz
4.8K viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash
2022-07-01 06:21:45
Tushmi, o'ngmi tushunmay qoldim:)

Kecha Prezidentimiz bilan ko'rishdik, yangi loyihalarimiz taqdimotini qildik. "WikiStipendiya" marafoni va atigi 1 oydagi natijalarimiz haqida eshitib, juda xursand bo'ldilar.

Internetda o'zbek tilidagi matnli va video kontentlarni ko'paytirish uchun 10 mlrd so'm mablag' ajratildi.

Do'stlar, oldinda bu borada juda katta rejalarimiz bor. 10 mlrdning har bir tiyinini hisobini beramiz, faqat foydali loyihalar uchun sarflaymiz, Xudo xohlasa.

Maslahat, ko'mak va duolaringiz kerak bizga.

P/s: Prezident katta minbardan turib millionlab yoshlar ichida sening ismingni e'tirof qilsa va rahmat aytsa, boshlagan ishing uchun katta mablag' ajratib, ishonch bildirsa, ham boshing ko'kka yetarkan, ham xijolat bo'larkansan. Chunki, bu ishda katta jamoaning harakati, ko'plab fidoyilarning mehnati bor. Nasib qilsa, ulkan maqsadlarimizga birgalikda erishamiz.

Har biringizga rahmat aytgim kelyapti, shunchaki borligingiz uchun.

#Alloh_xayrli_qilsin
#Allohga_shukr

@abbosova_mehrinoz
4.5K viewsedited  03:21
Ochish/sharhlash
2022-06-30 23:52:26
Шавкат Мирзиёев: Бугунги ёшлар ўзига керакли маълумотларни аввало, Интернетдан олмоқда.
Шундай экан, Интернетнинг миллий сегме́нтида ёшларни ўзига жалб қиладиган, тарихимиз, маданиятимиз, қадриятларимиз ҳақида ишонарли ва қизиқарли маълумот берадиган контентлар етарлими?

Афсуски, бу саволга ижобий жавоб беролмаймиз. Ҳали бу борада олдимизда жуда катта вазифалар турганини барчангиз яхши ҳис қиласиз, албатта. Мен ҳозиргина учрашган Меҳриноз Аббосова бошчилигидаги бир гуруҳ ташаббускор ёшлар томонидан дунёнинг энг оммабоп электрон энциклопедияси – Википе́дияга 10 мингдан ортиқ ўзбек тилидаги мақолалар жойланганини эшитиб хурсанд бўлдим. Ҳаммангизнинг номингиздан бу жамоага миннатдорлик билдирмоқчиман.

Википедияда ўзбек тилидаги мақолалар сонини 100 мингтага етказиш ва хорижий тилларда ҳам Ўзбекистон ҳақидаги маълумотларни жойлаштириш яхши самара бериши шубҳасиз. Ушбу мақсадлар учун 10 миллиард сўм маблағ йўналтирилади.

@qurbonova_a
2.9K views20:52
Ochish/sharhlash