Get Mystery Box with random crypto!

Tushmi, o'ngmi tushunmay qoldim:) Kecha Prezidentimiz bilan k | MehrNoz

Tushmi, o'ngmi tushunmay qoldim:)

Kecha Prezidentimiz bilan ko'rishdik, yangi loyihalarimiz taqdimotini qildik. "WikiStipendiya" marafoni va atigi 1 oydagi natijalarimiz haqida eshitib, juda xursand bo'ldilar.

Internetda o'zbek tilidagi matnli va video kontentlarni ko'paytirish uchun 10 mlrd so'm mablag' ajratildi.

Do'stlar, oldinda bu borada juda katta rejalarimiz bor. 10 mlrdning har bir tiyinini hisobini beramiz, faqat foydali loyihalar uchun sarflaymiz, Xudo xohlasa.

Maslahat, ko'mak va duolaringiz kerak bizga.

P/s: Prezident katta minbardan turib millionlab yoshlar ichida sening ismingni e'tirof qilsa va rahmat aytsa, boshlagan ishing uchun katta mablag' ajratib, ishonch bildirsa, ham boshing ko'kka yetarkan, ham xijolat bo'larkansan. Chunki, bu ishda katta jamoaning harakati, ko'plab fidoyilarning mehnati bor. Nasib qilsa, ulkan maqsadlarimizga birgalikda erishamiz.

Har biringizga rahmat aytgim kelyapti, shunchaki borligingiz uchun.

#Alloh_xayrli_qilsin
#Allohga_shukr

@abbosova_mehrinoz